Haqiqat manzaralari 96
mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
178
dunyo namoyandalari
Epikur va Avgustin, Aflotun va Malbranshe bilan kengashdim. Ammo
izlaganimni topolmay, qashshoqligimcha qoldim.
* * *
Har qanday ijod namunasi ijodkor to‘g‘risida guvohlik beradi.
Hech narsa meni bu oddiy
aksiomadan qaytarolmaydi.
* * *
Tasodif yo‘q narsa. Biz sababini izohlashga chog‘imiz kelmagan harakatlarni tasodif deb ataymiz.
Sababsiz harakat va mohiyatsiz mavjudlik bo‘lmaydi.
Bu fikr barcha faylasuflarning bosh qoidasidir.
* * *
Ulkan binoning mitti kavaklarida yashaydigan sichqonlar bino yana qancha turishi va uni kim
qurganidan bexabar umr kechiradilar. Ular faqat uzoq yashash va inlarini buzg‘unchi jonivorlardan
omon saqlashga harakat qiladilar. Biz ham sichqonlar kabimiz va Koinotni bunyod etgan Oliy me’mor
hech birimizga o‘z sirini oshkor etmaydi.
* * *
Ijtimoiy adolat –
ham tabiiy, ham xayoliy g‘oya. Bizning sho‘rpeshona sayyoramizda jamoa-jamoa
bo‘lib yashovchi odamlar uchun buyruq beruvchi badavlatlar
va ularga xizmat qiluvchi
kambag‘allardan iborat ikkita sinfga bo‘linishdan o‘zga chora yo‘q.
* * *
Huzur-halovat bag‘ishlovchi ishni bajarish – ozodlik belgisi.
* * *
Halol odamni ta’qib qilish mumkin, ammo uni sharmanda qilib bo‘lmaydi.
* * *
O’lim eng katta jismoniy yovuzlik bo‘lsa, urush eng katta axloqiy yovuzlikdir.
* * *
Yovuzlik
imkoni kunda yuz bor, yaxshilik imkoni yilda bir bor namoyon bo‘ladi.
* * *
Biz bu yorug‘ jahonda ikki lahza yashaymiz va uning birini mulohazalarga bag‘ishlaymiz.
* * *
Asllik va go‘zallik mezonlari hamma zamonlarda va hamma xalqlarda bir xil bo‘lib kelgan.
* * *
Bugungi kundagi har qanday voqelik o‘tgan kunning hosilasi va kelajakning otasidir… Sababning
bechigal, mustahkam zanjiri mangudir. Taqdiri azal tabiatning yaxlit qonunidir.
* * *
Bid’at – insoniyatning eng mudhish g‘animi.
* * *
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Dostları ilə paylaş: