Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/184
tarix31.10.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#66902
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   184
Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf [uzsmart.uz]

www.ziyouz.com кутубхонаси 
186
* * * 
Tabiat tahlili qiyin, ammo yoqimli, foydali va olijanob ish. 
* * * 
Jismlarning xususiy sifatlarini mexanika qonunlari bilan tushuntirish mumkin. 
* * * 
Jismlarning mohiyati tortishish va inertsiya kuchida mujassamdir. 
* * * 
Ko‘pchilikda atomlarga tayanuvchi falsafiy metod yo narsalarning kelib chiqishini tushuntirib 
berolmaydi, yoki Yaratuvchini inkor etadi, degan qat’iy ishonch mavjud. Bu xulosalarning har ikkisi 
ham xato. Zero, hech bir tabiiy asos materiya va umumiy harakatning mohiyatini aniq-ravshan 
hamda to‘liq izohlab berolmaydi, qolaversa, biror-bir tabiiy asos yo‘qki, u qudratli harakatlantiruvchi 
kuchning mavjudligini zo‘r berib taqozo etsa. 


Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
187
DENI DIDRO
(1713-1784) 
 
Frantsuz faylasufi Deni Didro Frantsiyaning shimoli-sharqiy qismidagi Langr shahrida 
hunarmand oilasida dunyoga keldi. Dastlabki ta’limni 8-9 yoshida Langrdagi diniy 
kollejda oldi. 
12 yoshida Parijdagi d‘ Arkur nomidagi diniy kollejga o‘qishga yuborildi. Kollejni 
tamomlagach, san’at magistri degan unvonga sazovor bo‘ldi. 
Otasi Didro ilohiyot ilmining shuhratli namoyandasi bo‘lishini orzu qilgan. Ammo Didro 
otasining bu orzusini amalga oshirolmadi. U hayotda o‘z o‘rnini topish uchun uzoq 
izlandi. Dastlab prokuror yordamchisi, keyin o‘qituvchi, tarjimon bo‘lib ishladi, och-yupun 
holda hayot kechirdi. Otasi esa «bekorchi» o‘g‘liga yordam berishdan butkul voz kechdi. 
Deni ko‘pincha tunlari Parij ko‘chalari va xiyobonlarining duch kelgan joyida tunab 
qolardi. 1743 yilda Didro savdogarning bevasi, Shamponning qiziga yashirincha uylanadi. 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin