Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
216
* * *
Ishoning, men o‘z Vatanimni har biringizdan ko‘ra ko‘proq yaxshi ko‘raman.
Unga shon-shuhrat
tilayman, xalqimning yuksak fazilatlarini qadrlayman… Biroq men Vatanni ko‘zni yumib sevishga
o‘rganmaganman.
* * *
Insoniyat an’analarining buyuk xazinasi bo‘lmish Sharqni o‘rganing.
* * *
Boshqalarning ortidan quvishimizga hojat yo‘q. Biz o‘zimizni oshkora baholab,
kimligimizni tushunib
olmog‘imiz, yolg‘ondan voz kechib, haqiqat yo‘lini mahkam tutmog‘imiz kerak. Shunda olg‘a bosamiz
va boshqalardan ko‘ra ildamroq qadam tashlaymiz. Chunki biz o‘zgalardan ortda qolish asnosida ilgari
o‘tganlarning butun tajribasi hamda asriy zahmatlaridan boxabar bo‘lamiz.
* * *
Qullikdan orlanmaydigan xalqning tolei pastdir. Bunday xalq qullik uchun yaratilgan.
* * *
Mukammallikka yaqinlashishni yagona maqsad qilib olganlargina unga erisha oladilar.
* * *
So‘z faqat shafqatli qalbdagina jaranglaydi.
* * *
Siz baxtli bo‘lishni
istaysiz-ku, axir. Bas, shunday ekan, shaxsiy farog‘atingizni imkon qadar ozroq
o‘ylang-da, o‘zgalar uchun qayg‘uring. Bittaga mingta qarshi chiqqan holda garov o‘ynab
aytishim
mumkinki, shunda siz bu olamda mavjud bo‘lgan eng yuksak darajadagi saodat lazzatidan
bahramand bo‘lasiz.
* * *
Tarix xalqni tushunish kalitidir.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Dostları ilə paylaş: