Haqiqat manzaralari 96
mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
219
* * *
Isyon – qul uchun shon-shavkat.
* * *
Sen uni o‘z tarafingga og‘dirmoqchimisan? U holda uning huzurida o‘zingni dovdirayotgandek tut.
* * *
Har qanday jiddiy mehnat axloqimizga ta’sir o‘tkazadi. Diqqatimizni topshirilgan ishni bajarish
uchun jamlashga bo‘lgan urinishimizni ruhiy olamimizga tashlangan toshga o‘xshatish mumkin. Tosh
kelib tushgach, birinchi doira kichik bo‘ladi, keyingilari esa o‘z-o‘zidan kattalashib boradi.
* * *
Iztirob haqiqatga erishishning eng tezkor usulidir.
* * *
Bu olamda faqat uch narsa menga yupanch bo‘la oladi:
mening Shopengauerim, Shuman va
yolg‘izlikdagi sayrlar.
* * *
Biz nimani izlaymiz? Xotirjamlik, baxtnimi? Biz qanchalar dahshatli va jirkanch bo‘lmasin,
haqiqatni
izlaymiz.
* * *
Qachonlardir hamma narsa o‘z nihoyasiga yetadi. Shunda – menga ko‘rish nasib etmaydigan olis
kunlarning birida — kitoblarimni qo‘lga olib ochishadi va o‘z o‘quvchilarim paydo bo‘ladi. Men ana shu
muxlislarim uchun yozishim, shular uchun asosiy g‘oyalarimni nihoyasiga yetkazishim kerak.
Hozir
kurasholmayman – mening hatto dushmanim ham yo‘q.
* * *
Meni yaxshi o‘qishni o‘rganing!
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Dostları ilə paylaş: