Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/184
tarix31.10.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#66902
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   184
Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf [uzsmart.uz]

www.ziyouz.com кутубхонаси 
109
FOROBIY 
(Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Tarxon ibn O’zlug‘ al Forobiy at-Turkiy) 
(870-950)
Buyuk ajdodimiz Forobiy Aris daryosi suvining Sirdaryoga quyilish yeriga joylashgan 
Forob qishlog‘ida tug‘ilib o‘sdi. 
Forobiyning yoshligi arab xalifaligi poytaxti Bag‘dod shahrida kechdi. U bu yerdagi 
madaniy muhitdan nafas olib, olimlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, falsafa 
ilmidan saboq oldi. Forobiy Arastuning hamma asarlarini bitta ham qoldirmay o‘qib 
chiqdi. Natijada Forobiyda Arastuning g‘oyalarini yengillik bilan tushunib, uning o‘z 
oldiga qo‘ygan vazifalari va o‘ylantirgan muammolari ko‘lamini his etish ko‘nikmalari 
paydo bo‘ldi. Aytishlaricha, Forobiy Arastuning «Jon haqida» deb nomlangan asariga o‘z 
qo‘li bilan: «Men bu asarni 200 marta o‘qidim», — deb yozib qo‘ygan ekan. 
Manbalarda yozilishicha, Forobiy dastlab qozilik qilgan. Lekin keyinchalik haqiqatni 
izlab topish umidida davlat ishlari va qisman mudarrislik bilan mashg‘ul bo‘ladi. Bir kuni 
yaqin kishilaridan biri Forobiyga bir qancha kitobni omonatga topshirib ketadi. Bu 
kitoblarning ichida Arastuning bir qancha asarlari ham bor edi. Forobiy bo‘sh vaqtlarida 
ana shu asarlarni bir chekkadan o‘qishga kirishadi. Aynan ana shu mutolaa uning 
qozilikni tashlashiga sabab bo‘ladi. Bu tasodif Forobiyning taqdirida muhim o‘rin tutadi 
va u buyuk olimlik maqomiga yetishadi. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, Forobiy 
Arastuning «Tabiiy uyg‘unlik» asarini 40 marta, «Ritorika» asarini 200 marta o‘qib 
chiqqan. 
Forobiyga Arastudan keyingi «Ikkinchi ustoz» deb nom berilgan. Chunki u xuddi 
Arastu kabi ilm olamining deyarli barcha jabhalariga oid qarashlarini muntazam ravishda 
bayon etib borgan. U buyuk shoir ham edi. 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin