www.ziyouz.com кутубхонаси
107
BOESIY (480 (taxminan) -524 yillar)
Rimlik faylasuf, davlat arbobi Boetsiy go‘dakligidayoq otasidan yetim qoldi. Uni Rim shahrining hokimi Kvint Avreliy Memmiy Simmax o‘z tarbiyasiga oldi. Simmax o‘sha davrdagi eng ma’rifatli va olijanob mansabdorlardan biri bo‘lgan. Boetsiy Arastuning mantiqiy asarlari va Porfiriyning «Arastu toifasiga kirish» deb atalgan qo‘lyozmasini tarjima qildi hamda sharhlab berdi. Boetsiy VI asrning boshidayoq Aflotun va Arastu asarlarini lotin tilida to‘liq nashr etishni niyat qilgandi. U Arastuning bir nechta asarini tarjima qilib ulgurdi. Ammo Aflotunning ijodiga qo‘l urishiga bevaqt ajal xalaqit berdi... Boetsiy qirq yoshga yaqinlashib qolganda hukmdor Teodorix saltanatidagi eng oliy martabalardan birini egallab, qaynotasi Simmax bilan birgalikda senatdagi eng nufuzli shaxsga aylandi. Uning falsafaga bo‘lgan qiziqishi, yuksak so‘zlash va eshitish qobiliyati hamda keng ko‘lamli madaniy va siyosiy bilimlari ko‘pchilikda havas uyg‘otardi. Boetsiy «falsafa do‘stlari»ning to‘garagini ochdi. Bu to‘garakka Simmax va papa Ioann I ham a’zo bo‘lib kirishdi. Ularni falsafaga bo‘lgan qiziqishlaridan tashqari, Vizantiyaga ko‘hna madaniy qadriyatlar o‘chog‘i va Rim turmush tarzining yuksak namunasi deb qarashdek mushtarak fikrlar birlashtirib turardi. Hukmdor Teodorix saltanatida shuhrat cho‘qqisiga erishgan Boetsiyning saodatli kunlari uzoqqa cho‘zilmadi. Saroy a’yonlaridan biri Kiprian Teodorixga senator Albin go‘yoki Vizantiya imperatoriga yashirincha maktub jo‘natib turishi haqida xabar yetkazdi. Senat majlisiga zudlik bilan yetib kelgan Boetsiy bu chaquvni qat’iy rad etib, nutq so‘zladi. Pirovardida aybdorlik soyasi senator Albinga tushgudek bo‘lsa, uning do‘sti