Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/184
tarix31.10.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#66902
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   184
Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf [uzsmart.uz]

www.ziyouz.com кутубхонаси 
101
MARK AVRELIY ANTONIN 
(121-180)
Qadimgi yunon faylasufi Mark Avreliy Antonin Rimda dunyoga keldi. 17 yoshga 
to‘lganda qarindoshi va mamlakat imperatori Antoniy Piy uni o‘g‘il qilib oladi. Mark 
Avreliy saroyda mamlakatni idora etish, notiqlik san’atiga doir bilimlarni o‘rganadi. 161-
180 yillarda u Rimni idora etadi. Faylasuf sifatida Seneka ta’limotini davom ettiradi. 
Mark Avreliy o‘zini o‘zi boshqarishning hadisini olgandi. Qayg‘uli va shodiyona 
kunlarda uning chehrasida biron o‘zgarish sezilmasdi. 
* * * 
Hamma narsa o‘zgarishga mahkum. Jumladan, sen o‘zing ham doimiy o‘zgarish va qisman o‘lim 
jarayonini boshingdan kechirasan. Butun olam ham shunga mahkum. 
* * * 
Uzluksiz vaqt oqimi doimo mangulikning hadsiz navqironligidan xabar beradi. 
* * * 
Hamma narsa bir-biriga chatishib ketgan. Hamma yerda ilohiy uzviylik mavjud. Barcha narsalar 
umumiy tartib-qoidalar asosida birlashib, aynan bir olamni bezashga xizmat qiladi. 
* * * 
Inson umrini belgilovchi vaqt lahzaga teng. Uning mohiyati mangu harakatdir. Sezgi noaniqlik, qalb 
beqarorlik, taqdir sirlilik demakdir. Shon-shuhrat esa ishonchsiz narsa. Hayot kurash va sargardonlik 
demakdir. 
* * * 
Hozir ro‘y berayotgan narsalar avval ham bo‘lib o‘tganini doimo yodingda tut. Xuddi shu narsalar 
kelajakda ham qaytarilishi esingdan chiqmasin. Ular mangu qaytarilaveradi, faqat ijrochilar — 
odamlar o‘zgaradi, xolos. 
* * * 
Hamma narsaning o‘tkinchiligini va butun moddiyat mangu harakatlanuvchi oqim ekanligini, 
shuningdek, yuz bergan va kelgusida ro‘y berajak barcha narsalar — minginchi almashinuv, mangu 
o‘zgarishlar zanjiri ekanligini unutmang! 
* * * 
Hech bir narsa mustahkam emas. Oldinda ham, ortda ham jamiki narsani domiga tortuvchi 
cheksizlik hukmron. Shu bois manmanlikka berilish yoki o‘zini o‘tga-cho‘qqa urib, ko‘zyosh to‘kish 
ahmoqlikdir. 
* * * 
O’zgalarning qalbida nimalar ro‘y berayotganiga beparvolik bilan qaragani tufayli baxtsiz bo‘lgan 
odamlarni ko‘rsatish qiyin. Ammo o‘z qalbiga quloq tutmagan, uni nazorat qilolmaganlarning 
baxtsizlikka uchrashi muqarrardir. 
* * * 
Boshingga qanday ish tushmasin — hammasi avvaldan taqdiringga yozib qo‘yilgan. Zero, chigal 
sabablar ibtidodanoq sening mavjudligingni shu ishlarga bog‘lab turadi. 


Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
102
* * * 
Har bir narsaga yuzaki nazar tashlab quvonishdan saqlaning. 
* * * 
Biror narsa haqida so‘zlashayotganingizda, fikr yuritayotganingizda va biror ishni bajarish 
chog‘ingizda o‘zingizni har bir lahza hayotingizning so‘nggi oni bo‘lishi mumkindek tuting. 
* * * 
Eng uzoq umrning eng qisqa umrdan sira farqi yo‘q. Hech kim o‘tmishdan ham, kelajakdan ham 
ajrala olmaydi. 
* * * 
Sharoit sendan nimani talab qilsa, shuni bajar. Aflotun respublikasini tuzaman deb behuda urinma. 
Olg‘a bosgan birgina qadamingdan ham shod bo‘l. Kim insonlarning fikrlash tarzini o‘zgartirishga 
qodir? Bunday o‘zgarishlarsiz qullik, ohu nola va munofiqlik bilan bo‘yin egishdan o‘zga narsaga 
erishib bo‘lmaydi. 
* * * 
Mark Avreliy hayotining so‘nggi kunlarida: «Tez orada sen hamma narsani unutasan va o‘z 
navbatida seni ham hamma yodidan chiqaradi», — deb yozib qoldirgan. 


Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin