Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/184
tarix31.10.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#66902
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   184
Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf [uzsmart.uz]

www.ziyouz.com кутубхонаси 
115
IBN SINO 
Abu Ali Husayn ibn Abdulla ibn Hasan ibn Ali ibn Sino 
(980-1037) 
Buyuk hakim, olim va faylasuf ibn Sino Buxoro shahri yaqinidagi Afshona qishlog‘ida 
tug‘ildi. U 19 yoshga to‘lganda ona shahri Buxoroni qoraxoniylar bosib oldilar. 
Bosqinchilar shaharni butkul vayron qilib, ko‘plab madaniy boyliklarni yo‘qotib 
yuborishdi. Bu vaqtga kelib, ibn Sino iste’dodli hakim va faylasuf sifatida tanilib 
ulgurgandi. Ko‘p o‘tmay Sharqda uni «Shayx ar-rais», ya’ni «Donishmandlar yetakchisi» 
deb atay boshladilar. 
Ibn Sino juda ko‘p mutolaa qilardi. U ilm cho‘qqilariga mustaqil o‘qib-o‘rganish yo‘li 
bilan yetib bordi. Bu haqda allomaning o‘zi shunday yozadi: «O’n yoshimda Qur’onni 
o‘rgandim, badiiy adabiyotlarni o‘qib chiqdim. Keyin mantiq ilmiga oid kitoblarni mutolaa 
qilib, mustaqil ravishda bu ilmning nozik qirralarini o‘zlashtira bildim. Shundan so‘ng 
tibbiyot ilmiga murojaat qilib, ko‘plab kitoblarni o‘qishga tutindim. Qisqa vaqt ichida 
mening tibbiyot sohasidagi bilimlarim va davolash san’atim shunday sarhadlarga yetdiki, 
o‘sha davrning eng hurmatli hakimlari mening huzurimga maslahat so‘rab kela 
boshladilar. Men hakimlik amaliyoti bilan ham tinmay shug‘ullandim va nihoyat menga 
insonlarni davolash ilmining darvozalari keng ochildi. Bu vaqtda endigina 16 yoshga 
to‘lgandim. Ana shu yoshimda tunlari uyqu, kunduzlari halovat neligini bilmay faqat ilm 
bilan mashg‘ul bo‘ldim, inson tabiati o‘z bilimlarini mustahkamlash va ilm yo‘lida olg‘a 
borishga qay darajada qodir bo‘lsa, men ham shu darajada harakat qilib, ter to‘kdim». 
* * * 
Ibn Sinoning falsafiy jihatdan shakllanishi oson kechmadi. U bir tasodif tufayli falsafa olamiga kirib 
bordi. Bu haqda o‘zi shunday yozadi: «Arastuning «Metafizika» asarini o‘qib chiqdim. Ammo 
muallifning maqsadi men uchun jumboqligicha qolaverdi. Asarni to yod bo‘lguncha qayta-qayta 
o‘qidim. Lekin baribir hech narsaga tushunmadim. Shundan so‘ng bu tushunarsiz asar ekan degan 
xulosaga kelib, uni tashlab qo‘ydim. Bir kuni muqovasozlar bozoridan o‘tayotib, bir savdogarning o‘z 
kitoblarini maqtayotganini eshitib qoldim. Do‘konga yaqin bordim. Savdogar menga kitoblardan birini 
ko‘rsatdi. Bu Abu Nasr Forobiyning «Metafizikaning asosiy qoidalari» deb nomlangan asari edi. Men 
jahl aralash bu tushunarsiz ilmdan hech qanday foyda yo‘qligini aytib, kitobni rad etdim. Sotuvchi esa 
qo‘yarda-qo‘ymay kitobni arzon bahoda sotib olishga undardi. Axiyri kitobni bor-yo‘g‘i uch dirhamga 
sotib oldim. Uyga qaytib, kitobni mutolaa qilishga kirishdim: u menga o‘z sirlarini ochdi va men 
falsafaga oid barcha savollarimga javob topdim». 
* * * 
Donishmandlik bizga hayot so‘qmoqlarida ulug‘ saodatni hozirlab in’om etuvchi vositadir. 
* * * 
Barcha fanlarning asosiy qonun-qoidalari metafizikaga asoslanadi (metafizika tabiatdan 
tashqaridagi hodisalar haqidagi fan). Garchi uni eng keyin o‘rgansalar-da, aslida u birinchi o‘rinda 
turadi. 
* * * 
Ruh — abadiy. U jism bo‘lgandan keyin ham mavjud bo‘lib qolaveradi. 
* * * 
Ruh — jismga bog‘liq bo‘lmagan ravishda mustaqil fikrlaydi. 


Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin