Disulfid bog’larning (-S-S-)hosil bo’lishi oqsil molekulasining strukturasini
mustahkamlab, uni qattiq va zich qiladi. Disulfid bog’larning uzilishi esa oqsil
molekulalarining strukturasini susaytiradi, bo’sh va harakatchan qilib qo’yadi.
Shunday qilib, bug’doy unining kuchini belgilovchi asosiy omil bo’lib, oqsil-
proteinaza kompleksi hisoblanadi.
Unda oqsil qanchalik ko’p, uning strukturasi ham shunchalik zich va mustahkam
bo’lsa, u proteinaza ta’siriga beriluvchan bo’lmaydi; unda proteinaza va proteolizning
faollantiruvchilari (qaytarilgan glyutation)ning harakatchanligi kam bo’lsa, un
shunchalik kuchli va bu undan tayyorlangan xamirning strukturaviy-mexanik xossalari
barqaror bo’ladi.
Unning kuchiga, uning tarkibida mavjud bo’lgan yog’lar, to’yinmagan moy
kislotalari, fosfatidlar, lipoproteidlarga boy bo’lgan lipidlar ham sezilarli ta’sir
ko’rsatadi.
Unning lipidlari xamir oqsilining va xamirning strukturasiga va strukturaviy-
mexanik xossalariga ta’sir qilish qobiliyatiga ega. Bundan tashqari to’yinmagan moy
kislotalari lipoksigenaza fermentining ta’siri ostida -S-S- ko’prikli bog’larni hosil
qiluvchi -SH guruhlarini oksidlovchi gidroperoksidlarni hosil qiladi.
Suvda eruvchi pentozanlar (elimlar), kraxmal donlarining o’lchami va holati ham
xamirning strukturaviy-mexanik xossalariga ta’sir qilishi mumkin.
Un va xamir oqsillarining holati va xossalari, unda mavjud bo’lgan oksidlovchi-
qaytaruvchi sistemalarning oksidlovchi-qaytaruvchi potenstialiga ham bog’liq. Bu
potenstialning qaytaruvchilik ta’siri kuchayishi tomoniga siljishi oqsil molekulasinining
strukturasini susaytiradi va un proteinazalarini faollashtiradi, ya’ni, unning kuchini
pasaytiradi.
Oksidlanish ta’siri tomoniga siljishi esa oqsil strukturasini mustahkamlaydi,
proteolizni to’xtatishini ta’minlaydi va natijada unning kuchini oshiradi.
Unning oqsil moddalari suv ishtirokida xamir qoriganda va keyingi bijg’ish va
tindirish jarayonlarida jadal ravishda bo’kishi kuzatiladi. Bunda unning suvda
erimaydigan frakstiyalari gliadin va glyutenin, k l e y k o v i n a deb nomlanuvchi
qayishqoqlik va cho’ziluvchan xususiyatlarga ega bog’lanuvchan massani hosil qiladi.
Kleykovinaning asosi oqsil moddalardan iborat bo’lsa ham, uning quruq
moddalari tarkibiga oqsilmas moddalar ham kiradi. Oddiy usul bilan yuvib olingan
kleykovina quruq moddalarining 75...90% ni oqsillar, qolgan 10...25 % ni esa kraxmal,
kletchatka, kul elementlari, qandlar va lipidlar tashkil qiladi.
Bug’doy unida strukturaviy-mexanik xossalari yaxshi ifodalangan kleykovina
miqdori qanchalik ko’p bo’lsa, un shunchalik kuchli bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: