1-ma’ruza. Respublikada non mahsulotlarini ishlab chiqarishning rivojlanishi,non mahsulotlarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan asosiy va qo’shimcha xom ashyo



Yüklə 449,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix31.10.2022
ölçüsü449,24 Kb.
#66994
1   2   3   4   5   6   7   8
1-Ma\'uza (4)

Un zarrachalarining o’lchami_Un zarrachalarining o’lchami xamirda boradigan 
biokimyoviy va kolloid jarayonlarning tezligiga, shundan kelib chiqib, xamirning 
xossalariga, nonning sifatiga va chiqishiga ta’sir qiluvchi omildir. 
Oliy va birinchi navli un zarrachalarining o’lchami bir necha mikrometrdan (mkm) 
180...190 mkm gacha o’zgarib turadi. 
Odatdagi novvoylik unida zarrachalarning taxminin yarmisining o’lchamlari 
40...50 mkm dan kichik, qolganlari esa 40...50 dan 190 mkm oralig’ida bo’ladi. 
Yumshoq bug’doydan olingan un zarrachalari qattiq bug’doydan olingan un 
zarrachalariga qaraganda kichik o’lchamli bo’ladi. 
Unning keragidan kam yoki ortiqcha maydalanishi uning novvoylik xususiyatlarini 
yomonlashtiradi. Juda katta zarrachali undan tayyorlangan nonning hajmi kichik
g’ovaklarining pardalari qalin, qobig’i oq rangda bo’ladi. Keragidan ortiqcha 
maydalangan undan tayyorlangan nonning hajmi kichik, qobig’i qoraygan, mag’zi qora 
bo’ladi. Bunday undan tayyorlangan tagdonli non yoyilgan bo’ladi. 
Optimal o’lchamdagi undan sifati yaxshi non olinadi. Un zarrachalarining
optimal o’lchami dondagi kleykovinaning miqdorli va sifatiga ko’ra belgilanadi. 
Kleykovina qanchalik kuchli bo’lsa un shunchalik ko’p maydalanishi kerak. Novvoylik 
nuqtai nazaridan o’lchamlari bir xil bo’lgan undan foydalangan ma’qul. 
Pnevmoseparatorlash yordamida un zarrachalarini o’lchamlariga qarab ajratish 
shuni ko’rsatdiki, kichik o’lchamli frakstiyalar oqsilga boy, yuqori kullikga, qand va
gaz hosil qilish qobiliyatiga ega ekan. Bunday unda kleykovinaning miqdori ko’p va 
cho’ziluvchanligi past bo’ladi. 
Unning katta zarrachali frakstiyasi tarkibida oqsil miqdori ancha kam bo’ladi. 
Shunday qilib un zarrachalarini pnevmoseparastiyalab, birgina bug’doy donining 
o’zidan unli qandolat mahsulotlari, kekslar va pechenelar uchun oqsili kam un ham,
oddiy un kuchini oshirish uchun ishlatiladigan oqsilga boy un ham, olish mumkin ekan. 

Yüklə 449,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin