Barcha uchun ajoyib imkoniyatlar



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix02.11.2022
ölçüsü0,56 Mb.
#67150
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
5000 words haqida to`liq ma`lumot

Lug`at yodlash jarayoni
Lug`at jarayoni uch qismdan iborat:
500 ta so`z
1000 ta so`z
1500 ta so`z
3000 ta so`z


So`zlarni tanlab olish juda oson. Amaliyotdagi suhbatlarda tanlab 
olish – juda qiyin, vaqtni ko`p oladi. Mental cards uslubi bor, lekin u ham 
juda qiyin. Eng zo`ri – bu matn bilan ishlash. Hamma o`z sohasi bo`yicha 
kitob tanlaydi, o`sha kitobni qo`liga oladi. Matnni o`qimaydiyu, faqat 
ko`rib chiqadi, bilmaydigan so`zlari bo`lsa, ularni o`chiradi, shundoq 
o`chirib chiqadi. Avvalo, sizlar bilan ro`yxat yordamida boshlang`ich 
so`zlarni yodlaymiz. Lug`atni kengaytirish bo`lsa, matnlar bilan davom 
etadi. Matnlardan oldin, men sizga maxsus patternlarni beraman. Sizlar 
o`sha patternlardan so`zlarni tanlab olasiz.
Esda qoldirish stadiyasiga o`tamiz – bu juda qiyin jarayon. Ammo 
yengillashtirishga muvaffaq bo`ldik.
Chet tilidagi so`zlarni yodlash texnikasi bir necha qadamdan iborat, 
agar siz ushbu texnikani to`liq egallasangiz, sizda hech qachon chet 
tilidagi so`zlarni yodlash bilan muammo bo`lmaydi. Agar ushbu texnikani 
ko`nikmaga aylantirib oladigan bo`lsangiz, soatiga 150 – 320ta so`z 
yodlab olish imkoniyatiga ega bo`lasiz.
Demak, so`zlarni eslab qolish bilan shug`ullanamiz.
Ushbu texnika bir necha qadamlardan iborat:
3.
 
So`zlarni mustahkamlash
 
2
. So`zlarni eslab qolish
 
1.
 
So`zlarni tanlab olish
 


1) Avvalo, biz chet tilidagi so`zni o`zbek tilidagi biron so`zga o`xshatib 
olishimiz lozim. Misol uchun, Cat (ket) so`zi, bu Ingliz tilidan tarjimada 
mushuk degani. Endi “ket” so`zi qaysi o`zbekcha so`zga o`xshaydi, misol 
“kit” so`ziga o`xshatishimiz mumkin. Bu nima uchun kerak? Bizning 
miyamiz shunday tuzilganki, biron yangi ma`lumotni eslab qolish uchun, 
avvalo u eski ma`lumot bilan birikishi lozim. Agar sizda u haqidagi eski 
ma`lumot mavjud bo`lmasa, miyamiz buni tushunmaydi. Misol uchun, 
limon so`zini aytsam, siz tasavvur qila olasiz, shunday emasmi? Sababi, 
siz limonni ko`rgansiz, hatto-ki yeb ko`rgansiz, u haqida miyada ma`lum 
bir ma`lumotlar qolib ketgan. Ana endi Bengal yong`og`i desamchi? 
Sizda biron fantaziya paydo bo`ldimi? Siz oddiy yong`oqni tasavvur 
qilasiz yoki umuman tasavvur paydo bo`lmaydi. Sabab? Chunki, siz oldin 
bu so`zga duch kelmagansiz, sizda eski ma`lumot yo`q, shu sabab yangi 
ma`lumot qo`shila olmadi. Chet tilidagi so`zlar bilan ham xuddi shu holat. 
Ya`ni chet tilidagi so`zlar bizning miyamiz uchun yangilik va uni eslab 
qolishi uchun u eski ma`lumotga tayanishi kerak. Yaxshilab e`tibor 
bersangiz, standard uslubda yodlagan vaqtingizda, faqatgina oldin 
eshitgan, biron filmda ko`rib qolgan yoki ko`p takrorlangan so`zlaringiz 
yodingizda qoladi. Shunday ekan, bu miyamizning tabiiy jarayoni 
hisoblanadi. Biz esa bunga yordam berib yuboramiz. Demak, bizdagi eski 
ma`lumot – bu biz biladigan o`zbek yoki boshqa tildagi so`z hisoblanadi, 
shu bois biz chet tilidagi so`zni o`zimiz bilgan biron so`zga o`xshatib 
olamiz. Buni biz assosiasiya deb ataymiz;
2) Tayyor bo`lgan assosiasiyani tarjima bilan birlashtiramiz. Misol uchun, 
Catni “kit”ga o`xshatgandik. Endi tarjima ya`ni mushukni olamiz, 
mushuk kitga minib olgan va birgalikda okeanlarni suzib yurishganini 
tasavvur qilasiz;
3) Assosiasiya tayyor bo`lgan bo`lsa, 3 marta inglizchadan o`zbekchaga, 3 
marta o`zbekchadan inglizchaga tarjima qilib qaytarasiz;
4) Yana bir muhim qoida, bittada beshtadan ortiq so`z yodlamang. Ya`ni 10 
– 20talab so`z yodlamang. Bizning miyamiz bittada 5tadan ortiq 
ma`lumotni ushlab tura olmaydi. Avval, beshta so`zni assosiasiya qilib 
olamiz, so`ng ularni 3 martadan tarjima qilamiz, so`ng keyingi beshta 
so`zga o`tamiz, ana shunda zo`riqish ham, charchash ham bo`lmaydi;
5) 96 soat qoidasi. Har bir yodlagan so`zingizni 4 kundan so`ng bir marta 
qaytarib chiqing. Bu nega kerak? Bizning miyamiz yangi olingan 
ma`lumotni 4 kun davomida o`zida ushlab turadi, agar u qayta 


ishlatilmasa, uni chetga chiqarib yuboradi. Shu bois, 4chi kuni so`zlarni 
bir marta qaytarib chiqing, ana shunda so`zlar bir umrga yordingizda 
qoladi. Misol, bugun 200ta so`z yodladingiz va bugun dushanba, 
payshanba kuni shu 200tani qaytarib chiqasiz;
6) Shahar metodi. O`zingiz yaxshi bilgan bitta shaharni tanlab olasiz. U 
shaharni butunlay bo`shatib tashlaysiz, ya`ni odamlarni shahardan olib 
tashlaysiz, 
albatta 
tasavvuringizda! 
So`ng, 
har 
bir 
yasagan 
assosiasiyangizni shahar bo`ylab joylashtirib chiqasiz. Misol uchun, kitda 
suzib ketayotgan mushukni oshxonangizga qo`yib qo`yasiz. Avvalo o`z 
uyingizdan boshlang, so`ng sekin boshqa joylarga qo`yib chiqishni 
boshlang. Bu nega kerak? Bu uslub yordamida, siz yasagan assosiasiyalar 
havoda uchib yurmaydi, ularning aniq bir makoni bo`ladi, makon 
bo`lgach, siz hatto-ki turgan joyigacha aytib bera olishingiz mumkin.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin