Boshlang’ich sinflarda matematika fanida nomanfiy butun sonlar ustida arifmetik amallarni o’rgatish yo’lllari



Yüklə 172,56 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix06.11.2022
ölçüsü172,56 Kb.
#67617
boshlang-ich-sinflarda-matematika-fanida-nomanfiy-butun-sonlar-ustida-arifmetik-amallarni-o-rgatish-yo-lllari



Boshlang’ich sinflarda matematika fanida nomanfiy butun 
sonlar ustida arifmetik amallarni o’rgatish yo’lllari 
 
Zumrad Ashirbekovna Shokirova 
Dilfuza Ilhomjonovna G’oyipova 
Farg’ona viloyati, O’zbekiston tumani, 17-maktab 
 
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang’ich sinf matematika darslarida arifmetik 
amallar ustida ishlash metodikasi hamda nomanfiy butun sonlarni o’qitish usullari 
haqida batafsil ma’lumot berilgan. 
Kalit so’zlar: arifmetik amallar, birlashtirish, Ko'paytirishning komponentlari, 
arifmetik amal hadlari, kontsentr.
Ways of teaching arithmetic procedures on non-negative 
integrates in mathematics in primary schools 
Zumrad Ashirbekovna Shokirova 
Dilfuza Ilhomjonovna Goyipova 
Fergana region, Uzbekistan district, School №17 
 
Abstract: This article provides detailed information on the methods of working 
on arithmetic operations in elementary school mathematics lessons, as well as teaching 
non-negative integers. 
Keywords: arithmetic operations, merging, components of multiplication, terms 
of arithmetic operations, concentration. 
Matematikaga bo’lgan qiziqish insonlarda tobora ortib, ularning ehtiyojiga ham 
aylanib bormoqda. Chunki bu fan barcha jabhalarni qamrab olgan bo’lib, 
matematikadan foydalanmasligimizning iloji yo’q. Bugungi kun talabidan kelib chiqib 
maktab darsliklari xalqaro standartlarga moslashtirilmoqda. Mavzularga o’zgartirishlar 
kiritilmoqda. Chunki maktab o’quvchilari zamon bilan hamnafas bo’lmoqdalar, fan 
yangiliklarini osongina o’zlashtirmoqdalar. Endilikda fan olimpiadalarida ham o’z 
bilimlari bilan qatnashib Vatanimiz nufuzini oshirmoqdalar. Vaholangki, puxta 
bilimlar poydevori boshlang’ich sinfda olgan ta’lim hisoblanadi. Shunga ko’ra, 
o'quvchilarda og'zaki va yozma ko'nikmalarni tarkib toptirish matematika dasturining 
asosiy yo'nalishlardan biridir. Arifmetik amallarni o'rganishdan oldin bolalar ongiga 
uning ma'nosini, mazmunini yetkazish kerak. Bu vazifa turli xil amaliy ishlarni bajarish 
asosida o'tkaziladi. U: "o'nlik" mavzusini qo'shish va ayirish amallarning ma'nosi ikki 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
936


to'plam elementlarini birlashtirish va to'plamdan uning qismlarini ajratish kabi amallar 
yordamida olib boriladi. Ko'paytirishni uning komponentlari bilan natijasi orasidagi 
bog'lanishlarni o'rganish asos bo'lib hizmat qiladi. Demak, o'qitishning 1-bosqichida 
abstrakt bo'lgan narsa navbatdagi bosqichda yanada abstraktroq bilimlarni 
shakllantirish uchun aniq asos bo'lib xizmat qiladi. 
Turli hisoblash usullarining o'zlashtirilishi uchun dasturda arifmetik amallarning 
ba'zi muhim xossalari va ulardan kelib chiqadigan natijalar bilan tanishtirishninazarda 
tutadi. Dasturda arifmetik amallarning xossalarini o'rganishdan tashqari arifmetik amal 
hadlari va natijalari orasidagi bog'lanishlarni ham ko'zda tutadi. Bu ish amallarni, 
tenglamalarni tekshirishda muhim ahamiyatga ega. Masalan: 6x4=24 bo'lsa, uni 
bo'lishga bog'lab 24:6=4; 24:4=6 kabi zanjir hosil qilinadi. Muhim vazifalaridan biri 
hisoblash ko'nikmalarni shakllantirishdir. Og'zaki va yozma usulda hisoblashlar 
sinflarning har bir mavzusida o'z aksini topgan.
Masalan: yozma: 
276 + 432 = (200+400) + (70+30) + (6+2) = 600+100+8 =708 
Og'zaki hisoblashlarning asosiy ko'nikmalari Iva2- sinflarda shakllanadi. Og'zaki 
hisoblash usullari ham, yozma hisoblash usullari ham amallar xossalari va ulardan 
kelib chiqadigan natijalarni amallar kompanentlari bilan natijalari orasidagi 
bog'lanishlarni o’rganadi. Yangi boshlang‘ich matematika kursida, avvaldagiga 
o‘xshash, arifmetika asosiy o‘rinni egallaydi. 1-4- sinflarning yangi dasturida arifmetik 
material mazmuni unchalik ko‘p o‘zgarmagan: arifmetika nazariyasi (amallarning 
xossalari, natijalar va komponentlar orasidagi o‘zaro bog‘lanish, komponentlardan biri 
o‘zgarganda; amallar natijalarining o‘zgarishi) kamroq yoritilgan, nazariyaning amaliy 
masalalar (sanoq, o‘lchashlar, hisoblashlar, masalalar echish) bilan bog‘lanishi yanada 
mustahkamlangan: eng muhim tushunchalar (son, sanoq sistemasi, arifmetik 
amallar)ni shakllantirishning birmuncha mukammal sistemasi ko‘zda tutilgan. 
Shuningdek, arifme-tikani boshlang‘ich o‘rganish uslubi ham mukammallashtirilgan.
Kichik yoshdagi o‘quvchilarni o‘qitishning barcha bosqichlaridan ularning 
fikrlash faoliyatlarini aktivlashtirishga, tayin faktlar va kuzatishlarni o‘z vaqtida 
umumlashtirishga, ayrim masalalar orasidagi o‘zaro bog‘lanishni tayinlashga, 
bolalarda mustaqil ishlash o‘quvlarini paydo qilishga qaratilgan yangi ilmiy asoslangan 
usul va uslublari maktab dasturiga kiritilgan. O‘quv materialini o‘quv yillari bo‘yicha 
taqsimlanishida o‘rganilayotgan sonlar sohasining asta-sekin kengayib borishi ko‘zda 
tutiladi: I sinf «1 dan 20 gacha sonlar», II sinf «1 dan 100 gacha sonlar», III sinf «1 dan 
1000 gacha sonlar», IV sinf «1 dan 1 000000 gacha sonlar». Nomerlash va arifmetik 
amallarga doir material kontsentrlarga bo‘lib o‘rganiladi. Hammasi bo‘lib beshta 
kontsentr ko‘zda tutiladi: o‘nlik, ikkynchi o‘nlik, yuzlik, minglik, ko‘p xonali sonlar 
(boshlang‘ich maktabda -million ichida). Har gal yangi sonli material asosida 
nomerlash va amallar bajarishga qayta-qayta murojaat etish eng muhim arifmetik 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
937


tushunchalarning mazmunini chuqurlashtirish va kengaytirishga imkon beradi. Bundan 
tashqari, mustahkam o‘quv va malakalarning asta-sekin shakllanishi (sanoqda, 
o‘lchashlarda, og‘zaki va yozma nomerlashda, hisoblashlarda va h.k.) taxminlanadi, 
chunki bu amallarni bajarishning usullari, umumiylikni saqlagan holda, asta-sekin 
murakkablashib boradi. Shunday qilib, har bir oldingi kontsentrda nomerlash va 
arifmetik amallarni o‘rganish mos masalalarni kelgusida o‘rganish uchun tayyorgarlik 
ishi bo‘lib hisoblanadi, har bir keying konsentrda esa ilgari o‘rganilgan material 
umumlashtiriladi. Barcha kontsentrlar materialining mazmuni, ketma-ketliga va 
o‘rganish uslubida ko‘p umumiylik mavjud bo‘lib, bu o‘qitishning ma‘lum uslubida 
ishlashning umu-miy usullgarining shakllanishiga imkon beradi, o‘quvchilarning 
ziyrakligini va mustaqil fikrlashlarini rivojlantiradi. Boshlang‘ich arifmetika kursining 
kontsentrik tuzilishi kichik yoshdagi o‘quvchilarning psixologik xususiyatlariga 
mosdir: sanoq, o‘lchash, arifmetik amallar bilan dastlabki tanishtirishni narsalar 
to‘plamlari yordamida. ko‘rsatish mumkinbo‘lgan katta bo‘lmagan raqamlar misolida 
bajarish zarur. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. M. E. Jumayev, Z. K. Tadjieva ―Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish 
metodikasi‖ O‘qituvchi, Toshkent 2005 y. 
2. N. U. Bikbayeva ―Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi‖. 
O‘qituvchi, Toshkent 1996 y. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
938

Yüklə 172,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin