13 -LABORATORIYA ISHI
BD-330 pnevmomexaniq yigirish mashinasi
Laboratoriya ishining maqsadi: Pnevmomexaniq yigirish mashinasi va uning
asosiy mexanizmlarining tuzilishi va ishlashini o’rganish.
Laboratoriya darsi uchun kerak anjomlar va materiallar: BD-330
pnevmomexaniq yigirish mashinasi, mexanizmlar sxemasi, animatsion modellar,
kompyuter, proektor.
Topshiriq
1. Pnevmomexaniq yigirish mashinasining vazifasi, tuzilishi va ishlashini
o’rganing. Texnologik sxemasini tasvirlang.
2. Pnevmomexaniq yigirish mashinasi asosiy ishchi organlariga harakat uzatilishini
o’rganing
3. Pnevmomexaniq yigirish mashinasi asosiy mexanizmlarining vazifasi va ishini
izohlang.
Uyda: Laboratoriya ishi bo’yicha hisobot tayyorlang.
Asosiy ma`lumotlar
Pnevmomexaniq yigirish mashinasini o’rganishda texnologik jarayonlar
ketma-ketligi aniqlanadi: ta`minlash, mahsulotni diskretlash - alohida tolalarga
ajratish, diskret tolalar oqimini pishitish kamerasiga transportirovka qilish, diskret
tolalar oqimini tsiklik qo’shish, tolali piltachaga buram berish orqali ipni pishitish-
shakllantirish, ipni chiqarish va uni g’altakka o’rash. So’ngra mashinaning asosiy
mexanizmlari va qurilmalarining joylashganligi va vazifalari aniqlanadi: ta`minlash
qurilmasi, diskretlash qurilmasi, pishitish qurilmasi, ipni chiqarish moslamasi, ipni
o’rash mexanizmi, ip tozalash qurilmasining havo oqimini yo’naltirish tizimi,
parafinlovchi qurilma, ipni nazorat qilish qurilmasi (uzilish datchigi),to’la
bobinalarni almashtiruvchi «uchinchi qo’l» mexanizmi, harakat uzatmasi.
Pilta va ip pakovkalarining massalariga e`tibor qaratilib, mashinaning ishchi
holatida ularni almashtirish imkoniyatlari o’rganiladi. Tayyor bobinani bo’sh g’altak
bilan almashtirish operatsiyasining turli usullari (qo’lda, avtomatlashtirilgan) tahlil
etiladi. Yigirish bloklaridan birini ochib, havo yo’llari, yo’naltiruvchi blokchalar,
yigirish kamerasi va diskretlash barabani uzatmalarining yo’naltiruvchi blokchalari,
qo’shni sektsiya vallarining biriktirish joylari ko’rib chiqiladi. O’qituvchi virtual
stenddan foydalangan holda talabalarni yigirish bloki detallarining (ta`minlovchi
stolcha, zichlagich, ta`minlovchi silindr, yigirish kamerasi, separator, chiqaruvchi
voronka, chiqaruvchi trubka, ip uzilganda ta`minlashni avtomatik to’xtatish
qurilmasi) joylashganligi va o’zaro harakatlanishi bilan tanishtiradi.
Animatsion modelni kuzatish orqali yigirish qurilmasiga, ya`ni diskretlovchi
barabanga piltani uzatish, diskret tolalar oqimini transportirovka qilish, yigirish
kamerasining yig’uvchi sirtida ulardan piltacha shakllantirish vazifalari o’rganiladi.
Diskretlash jarayoni bilan bir vaqtning o’zida iflosliklarning ajralichiga alohida
e`tibor qaratiladi. Pishitish jarayoni – ip shakllanishi va uni yigirish blokidan
chiqarish holati o’rganiladi. Talabalar ip uzilishini nazorat qiluvchi datchikning ishi
bilan, parafinlovchi qurilmaning funktsiyasi bilan va krestsimon o’rashning hosil
qilinishi bilan tanishadi.
1-ta`minlash piltasi;
2-zichlagich;
3-ta`minlovchi stolcha;
4- ta`minlovchi silindr;
5-diskretlash barabanchasi;
6-konfuzor(transportirovka kanali);
7- yigirish kamerasi;
8- ip sifatini nazorat qiluvchi datchik;
9-tortuvchi vallar;
10-ip uzilishini nazorat qiluvchi datchik;
11- iptahlagich;
12- o’rovchi val;
13-bobina
2.75-rasm. “BD-330”
pnevmomexaniq yigirish
mashinasining texnologik sxemasi
Talabalar mashinaning ishlashini kuzatib, uni to’xtatishadi va
servodvigatellar, almashinuvchi elementlar, tasma taranglovchi bloklarning
joylashganligini ko’zdan kechirishadi. Mashinani yurgaziсh va to’xtatish tartibi
bilan tanishib, kompyuter boshqaruvining afzalliklarini va mashinaning ish
parametrlarini o’zgartirish imkoniyatlarini o’rganishadi. To’xtatilgan mashinada
alohida uzellar uzatmalari (yigirish kamerasi, ta`minlovchi silindrlar, diskretlash
barabanchasi, parafinlovchi qurilma) o’rganiladi.
Mashina ishchi organlariga harakat uzatilishini o’rganishda, o’rash zichligini
rostlash, tishli tasmalar tarangligini o’zgartirish, Shuningdek, gorizontal, tangentsial
va transportirovkalovchi tasmalarning konstruktsiyasi bilan tanishiladi.
Talabalar ta`minlash qurilmasini o’rganishda BD-330 mashinasining ikkita
yigirish blokini ishlatishadi, ulardan birinchisi alohida detallarga, ikkinchisi esa uch
qismga (diskretlovchi qurilma, yigirish kamerasi, diskretlovchi qurilmaning
ta`minlashni avtomatik to’xtatish elementlari montaj qilingan korpus) ajratilgan
bo’ladi. Ta`minlash qurilmasini to’liq o’rganish uchun diskretlovchi
barabanchaning podshipniklarini o’rnatish, ta`minlovchi silindrni joylashtirish,
ta`minlovchi stolcha tebranishini rostlash, ta`minlovchi stolchani yuklash usuli va
havo kanallarining ishlatilishi ham stenddan foydalangan holda tahlil etiladi.
2.
7
6
-ra
sm
. “
BD
-3
30
” пн
евм
оме
ха
ни
к й
иг
ир
иш м
аш
ин
аси
ни
нг кинемат
ик с
хемас
и.
R
-
yigi
rish
ka
mer
asi
;
VV
-
diskre
tl
ash
ba
ra
ba
n
ch
as
i;
SR
-
pa
stki
tahla
gich
;
VO
-
tortuvc
hi
va
ll
ar
;
TR
-u
chinchi
qo
’l
;
HR
-
ustki
tahla
gich
;
VN
-
o
’rovc
hi
va
l;
RG
1
-
uc
hin
chi
qo
’lni
nig
rostlanuvc
hi
klapa
n
;
MS
1
-
ta
’mi
nlash
dvigate
li
;
PZ
1
-pa
ra
finl
ovc
hi
qurilm
a;
S
HR
-
ustki
tahla
gich
quti
si
;
R
TR
-
bobinala
r
uc
hun
tr
anspor
tyer
tasma
si
.
1- ta`minlovchi silindr;
2- zichlagich;
3- ta`minlovchi stolcha;
4-prujina;
5- havfsizlik richagi;
6-diskretlash barabanchasi;
7- diskretlash barabanchasining
garniturasi
2.77-rasm. ”BD-330” pnevmomexaniq yigirish mashinasining ta`minlash
qurilmasi
Diskretlash barabanchasini o’rganishda uning o’lchamlariga, garnituraning
o’rash kanavkasi qadamiga va sirtidagi tishlar soniga e`tibor beriladi. Paxta, shtapel
va sintetik tolalar uchun ishlatiladigan garnituralarning afzallik va kamchiliklari
aniqlanadi.
1- barabancha;
2- podshipnik;
3- blokcha;
4-arra tishli garnitura
2.78-rasm. Diskretlash barabanchasi
O’qituvchi talabalarga diskret tolalar oqimining bosqichma-bosqich
transportirovka qilinishini tuchuntiradi:
1. Diskret tolalarning konfuzor orqali o’tishi.
2. Diskret tolalarning konfuzordan yigirish kamerasi yig’uvchi sirtigacha
harakatlanishi.
3. Diskret tolalarning yigirish kamerasi yig’uvchi sirtidan jelobgacha siljishi.
Yigirish kamerasining yig’uvchi sirtida diskret tolalar oqimining tsiklik
qo’shilishi natijasida tolali halqachaning hosil bo’lishi tahlil etiladi.
Yigirish kamerasining tuzilishini o’rganishda chiqaruvchi trubkali
separatorning kameraga nisbatan joylashganligi aniqlanadi, kamera parametrlariga,
diskret tolalar oqimining harakatlanichiga, tortib chiqarilayotgan ip balloniga
alohida e`tibor qaratiladi.
2.79-rasm. Ipning pishitilish sxemasi
2.80-rasm. Yigirish kamerasi qurilmasi
1 – diskret tolalar oqimi;
2 – konfuzor; 3 – tolali tutamcha;
1- ip; 5-ballon; 6 –tortuvchi vallar;
7 – o’rovchi val; 8 - bobina
1-pilta; 2-ta`minlash silindri; 3-diskretlash
barabanchasi; 4-diskret tolalar oqimi;
5-yigirish kamerasi; 6-ustki valik;
7-tortuvchi val; 8-so’ruvchi patrubka;
9-bobina
Talabalar yigirish qurilmasi detallarini o’rganib, konstruktiv jihatlari va
ularga qo’yilgan talablarni aniqlashadi.
Dostları ilə paylaş: |