Magnus Karlsen
,amaldagi jahon chempioni (2013-yildan beri)
uyushmasi" tashkil etish niyatida ekanligini ma'lum qilishdi.
[28][48]
O'sha yili mart oyida FIDE
Kasparovni unvonidan mahrum qilishni e'lon qilishdi va eng yahshi reytingga ega bo'lgan
nomzodlar yarim finalchisi Karpov va finalchi Timman o'rtasidagi bo'lajak o'yin g'olibi jahon
chempioni deb tan olindi.1989-yili FIDE kongressi qarori bilan Jahon chempionati o'yinining
"zahira" ishtirokchilari aniqlandi.
[28][49]
PSHA va FIDE jahon chempionatlari uchun o'yinlar 1993-yil
kuzida Londonda va mos ravishda Gollandiya va Indoneziyada bo'lib o'tdi.Kasparov Shortni
12,5:7,5 hisobda,Karpov Timmanni 12,5:8,5nhisobda mag'lub etishgan edi.1994-yilda Karpov
Linaresdagi musobaqada faoliyatidagi eng yaxshi vaqtni o'tkazdi.13 ta imkoniyatdan 11 ball oldi
kamiga mag'lubiyatsiz o'ynadi.Kasparov esa Aleksey Shirovdan 2,5 ochkolik ustunlik qildi.Bu
natija Elo reytigidaning 3000 balini qo'lga kiritdi.
[50]
1994-yilda Moskvada bo'lib o'tgan FIDE kongressida Kompomanes yana bir muddatga
tashkilotga prezidenti etib saylandi.Bir yil o'tgach Parijda bo'lib o'tgan kongressda tashkilotning
markaziy qo'mitasi tomonidan chempionlik muddatlariga rioya qilmagani va PSHA bilan davom
etayotgan bo'linish uchun qattiq tanqid qildi va iste'foga chiqarildi.Kampomanes tavsiyasiga
ko'ra
Qalmog'iston
respublikasi prezidenti Kirsan Ilyumjanov nomzodi mutlaq ko'p ovoz bilan
saylandi.
[28]
1994-1996-yillarda bir hil shaxmatchilar ishtirok etishi mumkin bo'lgan PSHA va
FIDE yo'nalishlari bo'yicha jahon chempionligi uchun muntazam sikllar parallel o'tkazildi.
[51]
1995-yil kuzida Nyu-Yorkda Kasparov hindistonlik Vishvanatan Anand bilan 20 ta partiyadan
iborat o'yini bo'ldi.Kasparov 10,5:7,5 hisobda Anandni yutdi.
[52][53]
Karpov-Kamskiy baxsi 1996-yil
yozida Qalmog'iston poytaxti
Elista
shahrida bo'lib o'tdi va Karpov huddi shu 10,5:7,5 hisobida
g'alaba qozondi.PSHA bir qator supermusobaqalar va tezkor shaxmat bo'yicha Gran-prilar
o'tkazdi.Ammo 1996-yili unga homiylik qilgan Intel korporatsiyasi moliyalashtirishni davom
ettirishdan bosh tortgandan so'ng u o'z faoliyatini to'xtatdi.Bunga sabab deb ko'plab
ma'lumotlarga ko'ra Kasparov Intelning raqobatchisi IBM tomonidan ishlab chiqilgan "Deep
Blue" kompyuteri bilan o'ynadi.Garchi Kasparovning o'zi Intel bunday qarorni o'yin bo'yicha
muzokaralar boshlanishidan oldin qabul qilganini aytgan edi.
[51][54]
1997-yilda Ilyumjanovning qarori bilan FIDE jahon chempionati formatini o'zgartirdi.Musobaqani
yanada ajoyib qilish uchun chempionlik olimpiya tizimi bo'yicha o'ynaldi,unda yuzdan ortiq
shaxmatchi ishtirok etdi.1997-yili bunday turnir Groningenda bo'lib o'tdi.Kasparov olimpiya tizimi
bo'yicha shu musobaqa va boshqa musobaqalrda qatnashishdan bosh tortdi.FIDE jahon
chempioni Karpov to'g'ridan-to'g'ri finalga yo'l oldi.Unga olimpiya musobaqasi g'olibi Anand raqib
bo'ldi. 1998-yil yanvarda
Lozanna
shaxrida chempionlik o'yinida Karpov 5:3 hisobda g'alaba
qildi.
[55]
Keyingi musobaqalarda chempion hech qanday imtiyozga ega bo'lmadi.1999-yil Las-
Vegasdagi jahon chempionatida chempion bo'lgan Rossiyalik grossmeyster Aleksandr Xalifman
qatnashgan musobaqada qatnashmadi.Shu format bo'yicha Vishvanatan Anand (2000),ukrainalik
Ruslan Ponamaryov (2002) va o'zbekistonlik Rustam Qosimjonov (2004) olimpiya tizimi bo'yicha
jahon chempionatlarida g'olib bo'lishdi.2004-yilgi Liviyadagi musobaqa bu formatdagi oxirgi
musobaqa bo'ldi.2005-yil Argentinaning San-Luis shaxrida bo'lib o'tgan davra tizimi bo'yicha
jahon chempionatida bolgariyalik Vaselin Topalov 14 balldan 10 ball bilan g'alaba qozondi.
[56]
Shu bilan bir qatorda Garri Kasparov yangi jahon chempioni oldingi chempionni o'yinda mag'lub
etishi kerakligini ko'rsatgan "klassik" yo'nalishga ko'ra unvonga ega edi. Kasparov Ananddan
keyingi raqibi Shirov bo'lishi kerak edi.U 1998-yilda barcha hisob-kitoblarga ko'ra Kramnikka
qarshi so'nggi nomzodlik o'yinida g'alaba qozongan.Lekin moliyaviy qiyinchiliklar tufayli o'yin
bo'yicha muzokaralar uzilib qolgan va natijada 2000-yilda Kasparov-Kramnik o'yini "Braingames"
kompaniyasi homiyligida bo'lib o'tdi.Unda
Kramnik
+2-0=13 hisobda g'alaba qozondi.
[51]
2004-yili
Kramnik vengriyalik grossmeyster
Peter Lekoga
qarshi baxsda unvonini himoya qildi.2006-yil
Elistada
Kramnik-
Topalov
baxsi bo'lib o'tdi.O'yin hojatxona mojarosi soyasi ostida qoldi.Topalov
jamoasi tez-tez hokatxonaga qatnagan Kramnikni kompyuter yordamini olyapti deb
aybladi,lekin ayblov isbotlanmadi.Biroq sud jarayoni davomida Kramnik mag'lubiyatga uchragan
uchrashuvning 5-o'yinida qatnashishdan bosh tortdi.Uchrashuv Kramnikning tezkor shaxmat
bo'yicha tay-brekdagi g'alabasi bilan yakunlandi (6:6,2,5:1,5) ,shu tariqa rossiyalik shaxmatchi
birinchi "birlashgan" jahon chempioni bo'ldi.
[57]
XX-asrning so'nggi o'n yilligi shaxmat bo'yicha yana bir voqea bilan yodda qoldi.Kompyuter
shaxmati odamlardan o'zib ketish uchun yetarlicha yuqori darajaga chiqdi.Kompyuter shaxmati
bo'yicha mutaxassis Makgill universiteti professori M.Nyuborn hisob-kitoblariga ko'ra 1986-
yildan 2000-yilgacha eng yaxshi shaxmat dasturining reytingi yiliga o'rtacha 50 balldan o'sib
bordi.Protsessorlar tezligining o'sishi,ko'p yadroli protsessorlarni paydo
Yudit Polgar.Vengriyalik shaxmatchi.(2008-yil)
bo'lishi,takomillashtirilgan algoritmlar,xotira hajmining ortishi XXI-asr boshiga kelib real vaqtda
grossmeysterlar darajasida o'ynash mumkin bo'lgan ommaviy dasturlar paydo bo'lishiga sabab
bo'ldi. 1990-yillar boshlariga kelib kompyuterlardan uyga tayyorgarlik ko'rish uchun qo'shimcha
vosita sifatida foydalanish professional shaxmatchilar uchun odatiy holga aylandi.
[3]
1996-yilda
Garri Kasparov "Deep Blue"ni 4:2 hisobida mag'lub etdi,ammo 1997-yili 2,5:3,5 hisobda mag'lub
bo'ldi.Bu tarixiy voqea bo'ldi.
[58]
2005-yilda jahon chempionatining 8 ishtirokchisidan biri bo'lgan
britaniyalik grossmeyster Maykl Adams "Hydra" dasturiga qarshi o'ynadi va 0,5:5,5 hisobda
mag'lub bo'ldi.
[59]
2006-yilda Kramnik "birlashma" baxsida yutganidan ko'p o'tmay "Fritz"
dasturiga 2:4 hisobida yutqazdi va birorta ham g'alaba qozona olmadi.Nyuborn bu haqida jahon
chempioni kelajakda kompyuter dasturiga qarshi o'yini endi qiziq emas degan ruhda izohladi.
[60]
FIDE qaroriga ko'ra yangi jahon chempioni 2007-yilda Kramnik boshqa da'vogarlar bilan teng
ravishda ishtirok etgan davra musobaqasida Anand g'alaba qildi.
[61]
Keyingi yili Kramnikka qarshi
jahon chempionligi unvonini himoya qildi.2010-yil Topalovga,2012-yil Gelfandga qarshi ularni
mag'lub etib unvonini himoya qildi.Gelfandni tay-brekda yutdi.
[3][62]
2012-yilda FIDE uzoq
muddatli shartnoma tuzdi,unga ko'ra Jahon chempionati,Jahon kubogi va FIDE Gran-prisini
tashkil etish va sotish huquqi AQSHlik tadbirkor Endryu Polsenga tegishli "Agon Limited"
kompaniyasiga berildi.
[63]
2014-yil Polsen kompaniyasini Ilya Mernzonga nominal summaga
sotdi.
[64]
2013-yilda davra tizimida o'tkazilgan nomzodlar musobaqasida so'nggi o'n yilliklarda ilk
bor jahon chempionining raqibi aniqlandi.Londondagi nozmzodlar musobaqasida norvegiyalik
Magnus Karlsen g'olib bo'ldi.Karlsen 2011-yildan beri jahon reytingining doimiy 1-raqamli
shaxmatchisi edi.Qo'shimcha ko'rsatkichlar bo'yicha Karlsen Kramnikdan oldinda edi.O'sha yili
Karlsen chempionlik baxsida Anandni 6,5:3,5 hisobda mag'lub etdi.Keyin 2014-yil Anand,2016-yil
rossiyalik Sergey Karyakin,2018-yil AQSHlik Fabiano Karuana bilan o'yinlarda chempionligini
himoya qildi.Oxirgi ikki baxsda g'olib tezkor shaxmat bo'yicha tay-brekda klassik vaqt nazorati
bilan o'tkazilgan o'yinlar natijasiga ko'ra teng hisobdan so'ng aniqlandi.
[65]
1991-yilda xitoylik Se Szyun chempionlik baxsida Mya Chiburdanidzeni mag'lub etib ayollar
shaxmatida sovet shaxmat maktabi ustunligiga barxam berid.
[3]
1996-yil Se Szyun Juji Polgar
(Vengriya)ga yutqazdi,ammo 1999-yil FIDE Polgarni farzandi tug'ilgandan keyin chempionlikni
vaqtida himoya qilmagani uchun uni unvondan maxrum etdi.
[66]
2001-yildan boshlab FIDE ayollar
o'rtasidagi jahon chempionatini olimpiada tizimi bo'yicha o'tkaza boshladi.2001-yilda
Moskvadagi ilk musobqada Chju Chen (Xitoy) g'alaba qozondi. Jahon chempionatlarida 2004-yil
bolgariyalik Antoaneta Stefanova,2006-yil xitoylik Syuy Yuyxua,2008-yil rossiyalik Aleksandra
Kostenyuk,2010-yil xitoylik Xou Ifan g'alaba qildi.2011-yildan boshlab FIDE muqobil olimpiya
tizimli jahon chempionatlarini va amaldagi chempion ishtirokidagi chempionlik o'yinlarini o'tkazib
turdi.2012-yil va 2015-yillarda ukrainalik ayollar Anna Ushenina va Mariya Muzichuk olimpiya
tizimli jahon chempionatlarida chempion bo'lishdi.2013-yil va 2016-yillarda xitoylik Xou Ifan
jahon chempionini mag'lub etdi.
[3][67]
2018-yildagi jahon chempionatida xitoylik Szyuy Venszyun
|