Shaxmat tarixi
Shaxmat
tarixi bir yarim ming yillik tarixga ega. Farazlarga ko'ra shaxmat hindlarning
Chaturanga
o'yini bo'lib bu forslar tomonidan o'zlashtirilib o'zgartirishlar kiritilib
shatranj
deb
atalgan! 7-asrda arablar Eronni egallagandan so'ng,shatranj Arab xalifaligiga tarqaldi.Arablar esa
shatranjni Yevropaga tarqatishdi. XV-asr oxirlarigacha shaxmatdagi
Farzin
va
Filning
o'yindagi
xarakatlari cheklangan edi,shu paytdan boshlab esa zamonaviy ko'rinishga ega bo'ldi. O'yin
sezilarli darajada o'zgardi,tezlashdi,oqlar o'yinni boshlab bergani uchun o'yinning ilk
bosqichidayoq hujumda va joylarni egallashda ustunlikka ega bo'lishdi.
XIX-asr o'rtalarida dastlab turli shahar va davlatlarning eng kuchli shaxmatchilari o'rtasida
o'yinlar shaklida asrning ikkinchi yarmidan esa xalqaro turnirlar ko'rinishida xalqaro musobaqalar
tizimi paydo bo'ldi.1886-yil Vilgelm Steynis Iogann Sukertortni mag'lub etdi va shaxmat
bo'yicha 1-jahon chempioni deb e'lon qilindi.Shu musobaqadan keyin shaxmat bo'yicha jahon
chempionatlari tarixi boshlandi. 1924-yil
Xalqaro shaxmat federatsiyasi
(
FIDE
) tashkil etildi.
1984-1990-yillarda shaxmat bo'yicha o'n ikkinchi va o'n uchinchi jahon chempionlari
Anatoliy Karpov
va
Garri Kasparov
jahon chempioni unvoni uchun 5 ta o'yin o'tkazishdi.
1946-yili to'rtinchi jahon chempioni Aleksandr Alyoxin vafotidan keyin keyingi unvon egalari
FIDE tomonidan tasdiqlangan qoidalar asosida sportcha tanlov tizimi tomonidan
tasdiqlanardi.XX-asr oxirida shaxmatda bo'linish yuz berdi: Jahon chempioni Garri Kasparov va
raqibi Naydjel Short
FIDE
homiyligida bo'lmagan yana bir o'yin o'tkazdilar va 1993-2006-yillarda
bir vaqtning o'zida FIDE bo'yicha jahon chempionlari va "Klassik" yo'nalish bo'yicha musobaqalar
o'tkazildi. 2006-yildan jahon chempionati qur'a tashlash marosimi birlashtirildi va 2013-yildan
beri uni norvegiyalik Magnus Karlsen o'tkazmoqda.
XX-asrning ikkinchi yarmida dunyoda
kompyuter
shaxmati rivojlana boshladi.
1979
-yillarda
dasturlar juda zaif darajada o'ynagan bo'lsa,
1997
-yilda
IBM
tomonidan ishlab chiqilgan "Deep
Blue" kompyuteri o'sha vaqtda amaldagi jahon chempioni
Garri Kasparovni
3,5:2,5 hisobda
mag'lub etdi.20-asrning ikkinchi yarmida dunyoda kompyuter shaxmati rivojlana boshladi.XXI-asr
boshlariga kelib shaxmat dasturlarini kuchliligi insoniyat tomonidan tan olina boshlandi.
Hindiston
shaxmatning vatani hisoblanadi,chunki miloddan avvalgi VI-asr oxirlarida paydo
bo'lgan
Chaturanga
o'yini (санскр.
चतुर ) shaxmatning to'g'ridan-to'g'ri qadimiy
o'xshashidir.
Chaturanga
8x8 o'lchadagi taxtada shaxmat donalariga o'xshash donalarda o'ynaladi
va o'yindan maqsad raqib shoxini mot qilish edi. Arxeologik va yozma ma'lumotlarga ko'ra
shaxmatning kelib chiqishini qadimgi
Xitoy
va Sosoniy hukmdorligidagi fors davlatiga bog'lovchi
ayrim dalillar bor lekin bu dalillar yetarli emas.
[1][2][3]
Chaturanga xaqidagi ilk yozma ma'lumotlar qirol Xarshi Bano (VII asr)
[4][1]
davrida sanskrit tilida
yozilgan "Xarchasharita" tarixiy solnomasida yozilgan.Eski fors tilida yozilgan "Chatrang-Namak"
("Shaxmat haqidagi") risolasida shaxmat Hindiston hukmdori shaxanshox Xisrav 1 (531-579)
tomonidan sovg'a qilingani hikoya qilinadi.Bu afsona tarixiy asosga ega va Xisrav 1 hukmdorligi
vaqtida forslaning chaturanga bilan tanishishi aniqlanadi.Arab tarixchilari shaxmat Hindistonda
paydo bo'lgani u yerdan forslarga berilgani haqida tarixiy ma'lumotlar kam berilgan.
[4]
Bir qator
arab tarixchilari shaxmatning paydo bo'lishi haqida har xil afsonalarni yozib
qoldirishgan.Afsonaga ko'ra podshox shaxmatni yaratgan odamdan tilagini so'rganda u
hukmdordan mukofot o'rniga shaxmat taxtasining har bir keyingi katagida donalarni ikki
barobarga ko'paytirganda olinadigan don miqdorini talab qilgan.Ko'p o'tmay podshox bu
so'ralgan miqdordagi bug'doy sayyorada yo'qligini tushunadi.(u 2
64
- 1 =
18 446 744 073 709 551 615 ≈ 1,845 × 10
19
ga teng).Bir vaqtning o'zida bir nechta tarixchilar
shaxmat kashfiyotchisining ismini Sassa yoki Sissa deb aytishadi.Bu afsona al-Adli,al-Yakubi,al-
Beruniy
va boshqalarning asarlarida uchraydi.
Shaxmatning kelib chiqishi.Chaturanga
Chaturangada donalarning ba'zi harakatlari IX-asrda shoir Rudratining "Kavyalankara" dostonida
keltiriladi. Asarda yozilishicha butun taxta bo'ylab otning yurishi,farzinning xarakatlari zamonaviy
shaxmatda xam bor.Biroq Chaturanganing to'liq qoidalari aniq ma'lum emas.
[4][5]
Beruniyning
"
Hindiston
" asarida (taxminan 1030-yil) 8x8 o'lchamdagi taxtada quyidagi donalar
bo'lgan ekan: shox,fil,farzin va to'rtta piyodadan iborat to'rtta to'plam bo'lgan.
[6]
XVIII-asrda
ingliz tadqiqotchisi Xayrem Koks 4 kishilik chaturanga 2 kishilik zamonaviy shaxmatning paydo
bo'lishiga zamin yaratgan degan.
Dunkan Forbes
"Shaxmat tarixi" (1860) asarida keltirilgan
farazda jon borday.Farazga ko'ra zamonaviy shaxmatning kelib chiqishiga zar o'ynashning din
tomonidan taqiqlanishi tufayli kelib chiqqan deyiladi.Garold Myurrey o'zining "Shaxmat tarixi"
(1913) asarida keltirishicha Koks-Forbes farazi bir necha ming yillik hind matnlarining noto'g'ri
tarjimasi tufayli chaturanga 4 kishidan iborat o'yin deya atalishiga sabab bo'lgan deydi.
[4]
Lekin
chaturanga 4 kishi tomonidan o'ynalgani xali xam mashxur adabiyotlarda uchraydi.
[1][2]
Ma'lumotlarga ko'ra VI-asr oxirida Chaturanga forslarga ma'lum bo'lgan va uni chatrang (пехл.
چtrnḥ) deyishgan. O'yin haqida o'rta fors tilidagi "Papakning o'g'li Ardashir amallari kitobi"
(tax.600-yil) asarida keltiriladi.
[4]
Forslarni arablar mag'lub etgandan so'ng (VII-asr) chatrang
bilan tanishishgan va arab tilida o'yinni shatranj deb nomlashgan (
arabcha
:
ﺞْﻧَﺮ ْﻄ َﺷ)
Arab adabiyotlarida shatranj qoidalari batafsil ma'lum qilingan: g'alabaga mot,turg'unlik yoki
raqibning barcha donalarini qirib tashlash orqali erishilgan.Donalarning zamonaviy shaxmat
xarakatlaridan farqli joylari farzinning (faqat bitta kvadrat va har qanday diagonal yo'nalishda
harakatlanadigan dona) va fil (har qanday diagonal yo'nalishda harakatlanadi) va hech qanday
almashtirish yo'q! Piyodalar esa faqat to'g'riga harakatlanib,qanotlardan hujumga o'tishda asosiy
rolni o'ylagan.Oxirgi qatorga yetib borganda esa farzinga aylangan. Shatranj uzoq muddatli turli
taktikalar,manevrlarni o'z ichiga olgan sekin o'yin edi.Farzin va filning vazifasi o'z maydonlarini
Shatranj
Dostları ilə paylaş: |