Page 270 jurnallarning mushtariylari soni oshib bordi, ulardagi islohotchilik harakatiga
bag‘ishlangan maqolalar o‘lka pedagoglarini o‘z faoliyatlariga tanqidiy qarashga majbur
etdi. Ilk usuli jadid maktablari vujudga keldi, ona tili va adabiyot, tabiiy fanlarni o‘qitish
masalasiga ehtiyoj va e’tibor kuchaydi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Jadidlar, birinchi navbatda, maorifni, maktab va madrasalarni, ularda o‘qitish
usullarini tubdan isloh qilish, ta’lim-tarbiya tizimini o‘zgartirish, millatni ma’nan
uyg‘otish uchun kurash olib bordilar. Ular o‘zbek xalqining ming yildan ortiq taraqqiyot
tarixiga ega bo‘lgan tafakkur gulshanidan bahra oldilar, umuminsoniy qadriyatlarga
asoslandilar, shu bilan birga, turk dunyosi xalqlarining ma’naviy rahbari Ismoilbey
Gasprali o‘qish-o‘qitish, maktab va madrasa islohotiga oid fikrlari ta’sirida bo‘ldilar.
Mazkur holat Rossiya ichki ishlar vazirligining 1900 yil 31 dekabrda Turkiston
o‘lkasiga yuborgan 13444-raqamli “mutlaqo maxfiy” farmoyishida yaqqol ko‘zga
tashlanadi. Unda hukumat gubernatorlarni ogoh bo‘lishga da’vat qiladi: keyingi
vaqtlarda tatar adabiyoti va matbuotida 14 millionli rus musulmonlarining ko‘p asrli
turmush tarzini izdan chiqarish xavfiga sabab bo‘luvchi ruh paydo bo‘lganligi
sezilmoqda. Bu ruh tatarlar hayotida katta burilishga tayyorgarlik jarayoni kechayotgani
haqida taxmin qilish imkonini beradi. Vazirlik e’tiborni Gasprali faoliyatiga, yangi
usuldagi maktablarga, uning darsligi asosida ona tilini o‘qitish masalasiga qaratadi.
Tatarlar, deyiladi farmoyishda, islomiylik va turkiylik zaminida taraqqiyot uchun
intilmoqda. Shuning uchun politsiya departamenti bu harakatni har tomonlama o‘rganib,
shu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan mualliflar, ularning maqolalari, “yosh turklar” bilan
aloqasi, chet el markazlarida, ayniqsa, Turkiyada ularni kimlar rag‘batlantirayotgani,
kimlar tomonidan va qayerda yangi usul maktablari ochilgani, kimlar bunday
maktablarda dars berayotgani, kimlar bu maktablarga rahbarlik qilayotgani kabi
masalalar haqida keng ma’lumot so‘ragan.
Gubernatorlik ma’murlari Turkiston o‘lkasidagi mahalliy ziyolilar faoliyatini,
o‘lkada kechayotgan madaniy, ma’rifiy, siyosiy ahvolni o’rganishni Nikolay Ostroumov
zimmasiga yuklaydi.Chunki u o’lkada 1879-yildan buyon faoliyat yuritayotgan edi va
Turkiston haqida juda ko’p ma’lumotlarni to’plashga ham ulgurgan edi. Ushbu
farmoyishga binoan u “siyosiy jihatdan ishonchsiz” deb hisoblagan, jadid maktablarini
targ‘ib-tashviq qiluvchi maqolalar yozgan, yangi maktablar ochgan va ularda
muallimlik, mudirlik qilgan Is’hoqxon Ibrat, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Siddiqiy-Ajziy,
Abduqodir Shakuriy, Munavvarqori, Abdulla Avloniy va boshqalar haqida ichki ishlar
vazirligiga ma’lumotlar yuborib turgan.
Vazirlikning yuqoridagi farmoyishi munosabati bilan Olmaota (Verniy) shahrida
o‘lka rus va rus-tuzem maktablari muallimlarining katta yig‘ini bo‘lib o‘tdi. Bu haqda
Mo‘minjon Muhammadjonov quyidagilarni yozadi: “Shul chog‘da Tatariston,