2022 Australia, Melbourne 108 O‘zbek tilida so‘z turkumlari tasnifi masalalari shodiyeva Gulrux Nazir qizi


PROBLEMS AND SCIENTIFIC SOLUTIONS



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix08.11.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#68004
1   2   3   4   5
108-113 (1)

PROBLEMS AND SCIENTIFIC SOLUTIONS
 

2022 Australia, Melbourne 
109 
umumiy, masalan, odam, xususiy – masalan, Sokrat»
2
8 ta so‘z turkumini qayd etish 
XVI-XVII asrlarda kuzatiladi (slavyan tillarida). Bu M.V.Lomonosovning mashhur 
«Rossiyskaya grammatika»siga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Keyinroq sifatdosh 
sifat turkumi bilan almashtirilgan (Vostokov), undan keyin esa R.P.Pavskiy hamda 
F.I.Buslaev bu qatorga son turkumini alohida kiritadilar, XX asrda rus 
tilshunosligida so‘z turkumlari qatorida yuklamalar ham mustahkam o‘rin egallab, 
bu tizim 10 ta turkumdan iborat tarzida qat’iylashdi
3
. L.L.Bulanin so‘z turkumlarini 
ajratish uchun me’zonlarni (kriteriya) belgilashda ma’lum tahlillardan so‘ng 
(morfologik va sintaktik birgalikda) semantik va grammatik asosni qayd etadi
4

Bunda so‘z turkumi ma’nosi turli xil olimlar tomonidan turlicha terminlar bilan 
belgilanganligi qayd etilib («asosiy ma’no» – A.M.Zemskiy; «umumiy, mavhum 
ma’no» – A.I.Smarniskiy; «umumlashtirilgan ma’no» – hozirgi zamon rus tili, 1964; 
«umumlashgan – mavhumlashgan ma’no» – A.V.Dudnikov; «leksik-grammatik 
ma’no» – N.S.Valgina; «kategorial ma’no» – grammatika – 1970; «tasniflovchi 
ma’no» – A.N.Tixonov; «grammatik ma’no» – A.N.Gvozdev, Steblin – Kamenskiy) 
kelinganligi, lekin bulardan hodisa mohiyatiga ko‘proq «leksik ma’no» termini 
tanlanishi o‘z isbotini topdi. Shuningdek, tasniflashda morfologik va sintaktik 
me’zonlar birlashtirilgani holda grammatik asos sifatida qayd etilishi ham 
to‘g‘ridir
5

Umuman olganda so‘z turkumlariga jahondagi barcha tillarda turlicha 
munosabatda bo‘lganligi hamda tilshunos olimlar o‘zlarning ilmiy qarashlarini 
bayon qilganligiga qisman guvoh bo‘ldik. Maqola davomida turkiy tillarda
jumladan, o‘zbek tilshunosligida ham so‘z turkumlariga bo‘lgan ilmiy xusosalardan 
bahramand bo‘lamiz. 
2
Соцэкгиз М. Античные теории языка и стиля // Цитата: Л.Л.Буланиннинг «Трудные вопросы морфологии», 
«Просвещение». – Москва, 1936. –С. 8. 
3
Буланин Л.Л. Трудные вопросы морфологии. – Москва: Просвещение, 1936. –С.8.
4
Буланин Л.Л. Трудные вопросы морфологии. – Москва: Просвещение, 1936. –С.8.
5
Galievich Fazliddin Sharipov “O‘zbek zamonaviy morfologiyasida so‘z turkumlari tasnifining takomillashishi” 
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact 
Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89 DOI: 10.24412/2181-
1385-2022-1-230-246 



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin