294.Qaysi metod orqali fenilketonuriyaga aniq tashxis qo‟yish mumkin.
Javob:Siydikni bioximik tekshirish orqali
295.Ota va ona sog‟lom.Amniosentez orqali homilaning
jinsiy xromatini va
kariotipi aniqlandi:n=45, XO.Tug‟ilajak bolaga qanday tashxis qo‟yish mumkin.
Javob:Shershevskiy-Terner sindromi
296.Oilada ota bir vaqtning o‟zida ham gemofiliya ham daltonizm bilan kasal.
Siz tibbiy genetik maslahat beruvchi vrachsiz.Kasallikni nasldan-naslga o‟tishi
bo‟yicha maslahat bering.
Javob:ikkala gen qizlarga o‟tadi
297.Geneologik metod orqali ma'lumotlar yig‟iladi , shajara tuziladi va analiz
qilinadi.
Shajarasi tuzilayotgan inson qanday nomlanadi?
Javob:Proband
298. Kasallik ayollarga xos bo‟lib , oylik sikl kuzatilmaydi, past bo‟yli,
toz suyagi va oyoqlari kalta. Ko‟krak bezi va ikkilamchi jinsiy belgilar
rivojlanmaydi, 44 X0 genotipli ko‟rinishga ega.Bu qaysi kasallik?
Javob:Shershevskiy-Tener
299.Fenotipik jihatdan sog‟lom,
aqliy va jismoniy zaiflik, yuz tuzilishi
yumaloq, kalla suyagi kichik bo‟lib ko‟zlari antimongoloid tipda. Kasallarning
50% hiqildoq noto‟g‟ri tuzilishga ega, onasining 5-xromasomasida delesiya
kuzatilgan.Bu qaysi xromasoma kasalligi?
Javob:Mushuk-chinqirig‟i
300.Asosiy triradius kaftning distal tomoniga surilgan (
ko‟ndalang egiluvchan burmalari bor.Barmoqlari uchida yoysimon chiziqlar
ko‟proq.Bu dermatoglifik belgilar qaysi kasallikka xos?
Javob:Patau sindromi
301.Barmoqlar uchida yoysimon chiziqlar bo‟lib, to‟rt barmoqli ko‟ndalang
egiluvchan burma uchraydi.Asosiy triradius kaftning distal tomonida.Bu
dermatoglifik belgilar qaysi kasallikka xos?
Javob:Edvars sindromi
302.Barmoq uchida chiziqlar ilmoqchasimon bo‟lib, ulnar tomonga ochilgan
bo‟ladi.To‟rt barmoqli ko‟ndalang egiluvchan egatcha bor.Asosiy triradius
kaftning distal tomonida joylashgan ,
kasallikka xos?
Javob:Daun sindromi
303.Barmoq uchida aylanasimon va yoysimon chiziqlar ko‟p.Asosiy triradius
kaftning distal tomonida.Barmoq asosidagi s-triradiusi yo‟q.Barmoqlardagi
umumiy chiziqlar soni kamaygan. Bu dermatoglifik
belgilar qaysi kasallikka
xos?
Javob:Mushuk chinqiriqi sindromi
304.Barmoq uchlarida yoysimon chiziqlar ko‟proq.Barcha barmoqlardagi teridan
bo‟rtib chiqqan chiziqlar soni kamaygan.Asosiy triradius kaftning proksimal
tomonida. Bu dermatoglifik belgilar qaysi kasallikka xos?
Javob:Klaynfeltr sindromi
305.Barmoq uchlarida ilmoqsimon va aylanasimon chiziqlar ko‟p .Asosiy
triradius kaftning distal qismining ulnar tomonida joylashgan.Barmoqlarda
teridan bo‟rtib chiqqan chiziqlarning soni ko‟paygan.Barmoq
asosidagi s-triradius
yo‟q.
Javob:Shershevskiy-Terner sindromi
306.Amakivachalarning orasida qurilgan nikohdan 2 ta farzand tug‟ildi.Ularning
birida rovojlanish nuqsonlar mavjudligi, ikkinchisida esa og‟ir ruhiy zaiflik
aniqlangan.Buning sabablarini tushuntirib berishga harakat qiling.
Javob:Qarindoshlar o‟rtasidagi nikoh
307.Tog‟li qishloqlarning birida uzoq yillardan beri o‟lik tug‟ilish,
bola tushish
holatlari ko‟p kuzatilib kelinishining sabablarini tushuntirib bering.
Javob:Asosan nikoh qarindoshlar o‟rtasida
308.Tibbiy-genetik maslahatdan o‟tgan va kasal farzand tug‟ilishi kutilmagan
oilada irsiy kasal bolaning tug‟ilishi sababini qanday tushuntirish mumkin.
Javob:Mutatsiya
309.Kasalning kariotipi tekshirilganda ayrim xujayralarda kariotip 45, XO,
ayrimlarda esa 46, XX ekanligi aniqlandi.Buni qanday izohlash mumkin?
Javob:Mozaitsizm
310.Yomon sifatli o‟sma bilan kasallangan shaxslarning xujayralari sitogenetik
usulda tekshirilganda kariotipda halqasimon xromasomalar mavjudligi
aniqlandi.Bu natijalarga qarab qanday xulosalar chiqarish mumkin.
Javob:
311.Kariotipi 47,XXY 48, XXYY 47, XXX 48, XXX bo‟lganda jinsiy xromatin
qancha bo‟lishini aniqlang.Javobingizni isbotlang.
Javob:
312.Genetik vrach ?abuliga kelgan shaxsning bўyi
pastligi, ?ўl kaftlari, yapaloq
ekanligi aniqlandi.Shu aniqlangan belgilar asosida tekshirilayotgan shaxsda irsiy
o‟zgaruvchanlik haqida shubha tug‟ilishi mumkinmi?
Dostları ilə paylaş: