Javob: duksimon hujayralar Elektron mikrofotografiyada ikki ХIL hujayra berilgan. Birinchi hujayraning apikal yuzasida ko‟plab sitoplazmaning barmiqsimon o‟simtalari bor. Ikkinchi hujayraning qaysi birida endositoz jarayoni aktiv kechadi



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/60
tarix08.11.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#68056
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   60
Vaziyatli-masalalar

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Javob
Javob: nativ surkash, cho‟ktirish, qalqib chiqarish usuli 
727. Shifokorlar nativ surkash usulidan foydalanganda qanday eritmani qo‟llaydilar?
Javob: glitserinning 50% suvdagi eritmasidan foydalanishadi 
728. Shifokorlar ovogelmintoskopiyaning cho‟ktirish usulida qanday eritmalar 
qo‟llaydilar? 
Javob: xlorid kislotaning kuchli eritmasi unga teng miqdorda efir eritmalaridan 
729. Ovogelmintoskopiya cho‟ktirish usuli boshqa usullardan nima bilan farq qiladi?
Javob: boshqa usullarga qaraganda samarali usul hisoblanib deyarli barcha gelmint 
tuxumlarini aniqlashga imkon beradi, kamchiligi yengil, mayda tuxumlarni aniqlash 
qiyin 
730. Ovogelmintoskopiya qalqib chiqish-kalantaryan usuli qanday amalga oshiriladi? 
Javob: natriy nitratning to‟yingan eritmasiga tekshiruv materiali aralashtirilib 15-20 
minutga tindiriladi, qalqib chiqqan tuxumlardan preparat tayyorlanib, mikroskopda 
tekshiriladi 
731. Ovogelmintoskopiyaning mikroskopik usullarida gijjalarning tuxumlari qanday 
aniq tashxis qilinadi?
Javob: barcha usulda topilgan gijja tuxumlari maxsus jadvallarda keltirilgan gijja 
tuxumlariga solishtirib ko‟riladi 
732. Shifokor ovogelmintoskopiya usuli bilan aniqlangan tuxumni jigar qurti tuxumi 
ekanligiga shubha qildi, bu gijjaning tuxumi qanday shaklda va rangda bo‟ladi?
Javob: oval shaklda, sariq-jigarrang rangda 
733. Laboratoriya tekshiruvida preparatda lansetsimon so‟rg‟ich tuxumiga shubha 
qilindi, u qanday rangda bo‟ladi?
Javob: rangi-to‟q jigarrang, pardasi qalinroq bo‟ladi 
734. Mikroskopda topilgan gelmint tuxumlari jigar qurti va lansetsimon so‟rg‟ich 
tuxumiga o‟xshash ko‟rindi, ularning rangidagi farqlarini ko‟rsating?
Javob: jigar qurti rangi- sariq jigarrang shakli oval, lansetsimon so‟rg‟ich- to‟q 
jigarrang pardasi qalinroq bo‟ladi 
735. Mikroskopda topilgan gelmint tuxumi mushuk so‟rg‟ichli tuxumiga tahmin 
qilindi, uning rangi va shakli qanday bo‟lishini ko‟rsating?
Javob: pardasi yupqa, tekis, rangi och sariq 


736. Mikroskopik tekshiruvida aniqlangan gelmint tuxumi o‟pka so‟rg‟ichlisi 
tuxumiga taxmin qilindi, uning rangi qanday bo‟lishini ko‟rsating?
Javob: tuxumlari yirik, sariq rangli 
737. Shifokorga murojat qilgan odamda o‟pka so‟rg‟ichlisi paraziti borligi taxmin 
qilindi, parazitning lotincha nomini ko‟rsating?
Javob: paragonimos ringeri 
738. Osiyoning janubiy mamlakatlarida dam olib qaytgan kishida shistasoma 
hematobium yoki urogemital shistasomos kasalligiga taxmin qilindi, bu kasallikda 
tekshiruv materali nima va qaysi materialdan tuxumlar topilmaydi?
Javob: tekshiruv materiali bo‟lib kundungi siydik hisoblanadi, ertalabki siydikdan 
tuxumlari topilmaydi 
739. Tropik va subtopik mamalakatlarda dam olib qaytgan kishida shistasoma 
manzoni kasalligiga taxmin qilindi, ovogelminoskopiya tekshirish usuli uchun 
tekshirish materiali nima? 
Javob: tekshiruv materiali najas bo‟lib, unda tuxumi topiladi 
740. Tropik va subtopik mamalakatlarda dam olib qaytgan kishida shistasoma 
yaponicum kasalligiga taxmin qilindi, parazit tuxumlarining o‟lchami boshqa 
shistosomalar tuxumlaridan farq qiladimi?
Javob: ha farq qiladi, bu parazit tuxumlarining o‟lchami boshqa shistasoma 
tuxumlaridan kichik 
741. Shifokorga murojat qilgan odamda yaxshi pishirilmagan mol go‟shti iste‟mol 
qilingandan keyin bezovtalik kuzatildi, bunda qaysi parazit bilan kasallanganligiga 
shubha qilinadi va parazitning lotincha nomi?
Javob: qoramol solityori, teniarinhus saginatus 
742. Bemorda qoramol solitori borligi aniqlandi, ovolgelmentoskopiya tekshiruvida 
tuxumlari qanday ko‟rinishda bo‟ladi?
Javob: tuxumi yumaloq shaklda bo‟lib, yonida o‟simtalari bo‟ladi 
743. Qoramol solitorining diagnostikasida topilgan onkosferasini qanday aniqlasa 
bo‟ladi? 
Javob: onkosferani o‟rab turgan parda radial chiziqli bo‟ladi 
744. Bemorda tenioz kasalligiga shubha qilindi, bunda tekshiruv materiali yetilgan 
bo‟g‟im bo‟lib xizmat qilganda nima ko‟riladi?
Javob: yetilgan bo‟g‟imida bachadoni 7-12 tagacha shoxlangan bo‟ladi 


745. Tenioz bilan kasallangan odamning najasidan topilgan tuxumlarning ichida nima 
ko‟rinadi?
Javob: tuxumining ichida sharsimon onkosfera ko‟rinib turadi
746. Shifokorga murojat qilgan odamda difiliobotrios deb tashxis qo‟yilgan, 
laboratoriya tekshiruvida topilgan tuxumlarning o‟lchami qancha?
Javob: uzunligi 68-71 mkm, eni 45mkm 
747. Shifokorga murojat qilgan odamda difiliobotrioz deb tashxis qo‟yilgan, 
mikroskopda tuxumlarining ichida nima ko‟rinadi?
Javob: mikroskopda ko‟rilganda tuxumlar ichida bir qancha blastomerlar ko‟rinadi 
748. Bolalar bog‟chasida tekshiruv o‟tkazilganda najasdan pakana gijja tuxumlari 
topildi, gijja tuxumlarining rangi qanday bo‟ladi?
Javob: rangi yaltiroq rangsiz bo‟ladi 
749. Shifokorga murojat qilgan odamda exinokokkoz kasalligiga shubxa qilindi, 
bunda laboratoriya diagnostikasi qanday amalga oshiriladi?
Javob: bemorda rentgenologik va seralogik tekshiruvlar o‟tkaziladi 
750. Shifokorga murojat qilgan odamda askaridoz kasalligi borligiga taxmin qilindi, 
ovogelmentoskopiya bilan topilgan tuxumlarning bo‟yi va enining uzunligi qanday 
bo‟ladi? 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin