14. Jismoniy shaxsga to‘lov manbaida soliq chegirmasi taqdim etilmagan holda, soliq
chegirmasi ushbu Nizomning
III bobida
nazarda tutilgan tartibda jismoniy shaxsning jami yillik
daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyasi asosida taqdim etilishi mumkin.
Oldingi
tahrirga qarang.
15. Professional va oliy ta’lim tashkilotlari hamda tijorat banklari tomonidan mablag‘larni
qaytarib berish ushbu mablag‘lar olingan shaxslarning hisobvaraqlariga o‘tkazib berish orqali
amalga oshiriladi.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 3-martdagi 5-
son, Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 26-fevraldagi 2022-06-son
qarori
(ro‘yxat raqami 2107-1, 17.03.2022-y.)
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2022-y., 10/22/2107-1/0220-son)
Avval o‘tkazilgan pul mablag‘lari ish beruvchining hisob raqamiga qaytarib berilganda, to‘lov
manbaida imtiyozni qo‘llagan ish beruvchi qaytarib berilgan summani jismoniy shaxsning soliq
solinadigan jami daromadi tarkibiga kiritishi va O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida
belgilangan tartibda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini ushlab qolishi lozim.
Dostları ilə paylaş: