Ta’mirlash tarkibi va yо‘nalishi. Ta’mirlashning 2 kо‘rinishi bor: joriy va
kapital. Ular yо‘nalishiga kо‘ra, tarkibiga va hajmiga binoan, shuningdek,
takrorlash chastotasiga kо‘ra bir-biridan farq qiladi.
Joriy ta’mirlash deganda, kutilayotgan rejaviy ta’mirlashga belgilangan
ishchi parametrlar chegarasida uskunalarni normal ekspluatasiya qilishni
ta’minlash maqsadida ta’mirlash yoki buzilgan detalni almashtirish bо‘yicha olib
boriladigan rejalashtirilgan ishlar majmuasi tushuniladi.
Joriy ta’mirlash ishlarining muddati va ketma-ketligi tasdiqlangan jadvalga
qarab belgilanadi. Uzluksiz ishlaydigan uskunalarni ta’mirlash ishlarini olib
borish uchun tо‘xtatib qо‘yish kerak (odatda bu texnologik mashinani birgalikda
tо‘xtatish, masalan, uskuna yoki sexni). Vaqti-vaqti bilan ishlaydigan uskunalarni
ishlamaydigan smenada ta’mirlanadi, zahiradagi bilan almashtiriladi, yoki о‘rnini
almashtirish vaqtida ta’mirlanadi.
Joriy ta’mirlash kichik hajmga ega. Joriy ta’mirlash vaqtida uskunalarning
faqat ba’zi bir detallarigina ajratib olinadi. Diqqat bilan kо‘rik о‘tkazilganda
uskunalar holati aniqlanadi va kichik ta’mirlash ishlari о‘tkazish yо‘li bilan uning
ishga yaroqliligi qayta tiklanadi, bundan tashqari yedirilish jadalligi va xarakteri
baholanadi, bu esa kapital ta’mirlashni hajmi va vaqtini tо‘g‘ri belgilash uchun
juda muhimdir.
Kapital ta’mirlash – hajmi bо‘yicha katta rejalashtirilgan ta’mirlash bо‘lib,
unda uskunalarni detallari holatini aniqlash maqsadida hajmi bо‘yicha bо‘laklarga
bо‘linadi (shu bilan birgalikda butunlay qismlarga ham bо‘linadi) va ishga
yaroqsiz bо‘lib qolgan barcha qismlari almashtiriladi. Kapital ta’mirlash natijasida
uskunalar boshlang‘ich texnik xarakteristikalarigacha qayta tiklanishi kerak. Bu
ta’mirlash boshqalaridan ta’mirlash muddatining uzunligiga va qaytarilish
chastotasining kichikligi bilan farq qiladi.
Uskunalarni kapital ta’mirlash vaqtida, agar ularni qayta tiklash mumkin
bо‘lmay qolgan bо‘lsa, yoki katta sarf xarajatlarni qoplay olmaydigan bо‘lsa yoki
uskunalar ma’naviy eskirgan va uskuna ekspluatasiyasining yangi yuqori
parametrlarini ta’minlash holatida bо‘lmasa, ularni butunlay almashtirish
mumkin. Kapital ta’mirlash vaqtida, odatda uskunalarni ba’zi bir qismlarini
almashtirish yо‘li bilan modernizasiya qilinadi. Modernizasiya ishlab
chiqarishning texnik-iqtisodiy kо‘rsatkichlarining oshishiga yordam beradi,
shuning uchun uni har qanday yо‘l bilan keng ommalashtirish kerak.
Ba’zi bir korxonalar uchun о‘rtacha ta’mirlash toifasini kiritish maqsadga
muvofiq bо‘lishi mumkin. О‘rtacha ta’mirlash о‘tkaziladigan ishlar hajmi,
davomiyligi va takrorlanishi bо‘yicha joriy va kapital ta’mirlashlar orasidagi joyni
egallaydi.
Joriy ta’mirlash hajmini salgina oshirishda ikki kapital ta’mirlashlar
orasidagi jihozlar xizmat muddatini chо‘zish mumkin, ya’ni ta’mirlashning har
qanday kо‘rinishlariga sarflanadigan kuch va vositalarini iqtisod qilishning eng
qulay sharoitlari ta’minlanadi. Shu maqsadda «Kimyo sanoati korxonalari
uskunalarining ta’miri va texnik xizmat kо‘rsatish tizimi»da ba’zi bir
konstruksiyasi murakkab bо‘lgan uskunalar uchun normativda joriy ta’mirlashni
katta hajmda о‘tkazish yoki bо‘lmasa, kichik hajmdagi qо‘shimcha kapital
ta’mirlashni qо‘shish imkoni kо‘rib chiqiladi.
Nazorat savollari:
1. Uskunalarga qо‘yiladigan asosiy talablar?
2. Profilaktik ta’mirlashning maqsadi?
3. Ta’mirlash tarkibi va yо‘nalishi usulida qо‘llanilishini izohlang?
4. Kapital ta’mirlash usulida izohlang?
Dostları ilə paylaş: |