Pedagogical sciences and teaching methods / 021 – part


PEDAGOGICAL SCIENCES AND TEACHING METHODS / 2022 – PART 14 /



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix12.11.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#68804
1   2   3
Tolipova Zaytunyam Toxtaxunovna

 PEDAGOGICAL SCIENCES AND TEACHING METHODS / 2022 – PART 14 / 
142 
2. Milliy xalq o„yinlari. 
Milliy harakatli o„yinlar sport turlari bilan hamda xalqimiz qadriyatlari bilan 
aloqador bo„lib, ular asrlar davomida davrlarga mos ravishda rivojlanib, takomillashib, 
e‟zozlanib kelingan. U bolalarning jismonan baquvvat, sog„lom, jasur, qat‟iyatli, chaqqon, 
uddaburon bo„lib o„sishlarida muhim omil bo„lib hisoblanadi. Xalq milliy o„yinlarida 
millatning o„tmish tarixi, ma‟naviy va madaniy rivojlanishining xarakter xususiyatlari, urf-
odatlari, an‟analari jamlangandir. 
Bolalar lug„atini boyitishda ta‟limiy o„yinlarni tanlash, o„tkazish va tahlil qilish ham 
katta ahamiyatga ega. Xalq milliy o„yinlarini maktabgacha ta‟lim muassasalarida tashkil 
etishda quyidagi vazifalar amalga oshirilishi lozim: 
- xalq milliy o„yinlarining turlari va ularni tashkil etish yo„llari, usullari hamda 
uslublarini ishlab chiqish; 
- milliy o„yinlarni tashkil etishda ma‟naviy qadriyatlar va urf- odatlarimizni kundalik 
hayot jarayoniga singdirib borish; 
- maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy istiqlol ruhida tarbiyalashda xalq milliy 
o„yinlaridan maqsadli foydalanish; 
- xalq ertaklari, xalq og„zaki ijodi durdonalaridan unumli foydalanish; 
- bolalarning o„ynashlari uchun shart-sharoit (o„yin uchun jihozlar, atributlar) 
yaratish; 
- maktabgacha ta‟lim muassasalari, oila va mahallalar o„rtasida milliy o„yinlar bo„yicha 
ko„rik tanlovlari va musobaqalar o„tkazish. Milliy harakatli o„yinlar bolalarning yosh 
xususiyatlariga, o„yindagi harakatlar rivojiga qarab takomillashib boradi. 
Shuni ham alohida ta‟kidlash kerakki, didaktik o„yinlar ta‟limiy o„yin sifatida 
bolalarning yosh xususiyatlariga mos keladigan o„yinlar sirasiga kiradi. Didaktik 
o„yinlarning muhim belgisi undagi qoidalarning mavjudligidir.O„yinda o„yin niyati, o„yin 
qoidalari, o„yin harakatlari o„rtasida uzviy aloqa mavjud.O„yin niyati o„yin harakatlarining 
tabiatini belgilaydi. O„yin qoidasi esa, o„yin harakatlarini, vazifasini hal etishga va o„yindagi 
harakatlarni amalga oshirishga yordam beradi. 
Didaktik o„yinlar orqali bolalarga yangi bilimlar, tushunchalar berib boriladi. Bu 
o„yinlarda bolaning har tomonlama rivojlanishi, bilim jarayoni, sensor madaniyati, nutq 
faoliyati, aqliy qobiliyatlari takomillashadi. O„yin qoidasiga rioya qilish, unga amal qilish 
o„yin mazmunini boyitadi. 
Didaktik o„yinlarda tabiiy narsa va buyumlardan keng foydalaniladi. Bolaning kun 
tartibida didaktik o„yin uchun vaqt va joy ajratilishi kerak. Bunday o„yinlar mashg„ulot 
jarayonida va o„yindan tashqari vaqtlarda guruh yoki yakka-yakka o„tkaziladi. Bunda o„yin 
mazmuni va natijasi puxta aniqlanadi.
Didaktik o„yinlarda bolalarning yosh, individual xususiyatlarini hisobga olish lozim. 
O„yinda o„yin tempi va ritmi katta rol o„ynaydi, juda sekin va bir tekisdagi temp bolani ko„p 
kuttiradi, juda tez temp esa bolalarni hayajonga soladi, turli bahs-munozaralarga olib 
keladi. Kattalar tomonidan o„yin ishtirokchilarini to„g„ri baholash muhim ahamiyatga ega. 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki, 1-2 yoshli bolalar bilan 
o„ynaladigan o„yin turlari: «Barmoqqa-», «G„oz-g„oz», «G„oz tursin», «Bup-bup», «Toy-



Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin