Preparatlar
katalogi
Antibakterial
preparatlar
Vitamin-mineral
komplekslar
Dezinfektantlar,
Rodentitsidlar,
Insektoakaritsidlar
Antiparazitar
preparatlar
Antiprotozoy
preparatlar
Gormonal
preparatlar
KORXONA HAQIDA
4
I. Parazitlarga qarshi preparatlar
1. Inyeksiya uchun eritmalar
IVERMEKTIN 10
6
KLOZANTEL 50
8
LEVAMIZOL 75
10
2. Kukunlar va granulyatlar
ALKLOZAN 10%; 20%
12
METSALBEN 10%; 20%
14
METSTRAMIZOL 20%
16
PANAFENB 22,2%
18
3. Tabletkalar
METSALBEN 360
20
PRAZIKVANTEL
22
4. Suspenziyalar
METSALBEN 2,5%; 10%
24
II. Antibakterial preparatlar
1. Inyeksiya uchun eritmalar
GENTAMITSIN 4%
26
GENTAMITSIN 10%
28
VETILOZIN 50; 200
30
OKSITETRATSIKLIN 100
32
OKSITETRATSIKLIN 200
34
ENROFLOKSATSIN 50
36
ENROFLOKSATSIN 100
38
2. Kukunlar va granulyatlar
ENROVIT 10%
40
VETILOZIN 50%
42
SULFAPRIM
44
MAKROPRIM KONSENTRAT
46
3. Tabletkalar
SULFAPRIM
48
4. Malhamlar, Suspenziyalar
MASTISAN - А
50
MASTISAN - Е
52
ENROVIT - О
54
FLONIKOL - О
56
OKSITETRATSIKLIN MALHAMI 1%
58
IXTIOL MALHAMI 10%; 20%
60
STREPTOTSID MALHAMI 10%
61
III. Antiprotozoy vositalar
IMISAN
62
BUPARVALEK
64
AMPROVET 25%
66
TOLTROKS 2,5%
68
IV. Insektoakaritsidlar, rodentitsidlar va dezinfektantlar
POLISULFON
70
SUPERKILLER Е
72
BROMOLON KONSENTRAT 0,25%
74
BROMOLON
76
VIRKOTSID
78
POLIMER YOD 10%
80
V. Moddalar almashinuviga ta’sir etuvchi va
vitamin-mineral preparatlar
GLYUKOZA 40%
82
KALSIY XLORID 10%
84
KALSIY BOROGLYUKONAT
86
SELEN+VITAMIN Е
88
TRIVITAMIKS
90
VI. Boshqa preparatlar
IXGLYUKOVIT
92
KOFEIN-BENZOAT NATRIY 20%
94
NOVOKAIN 0,5%; 1%
96
RINGER-LOKK ERITMASI
98
YAM MALHAMI
100
RUX MALHAMI
101
OKSITOTSIN 10 ЕD/ML
102
KETOPROFOL 1%; 10%
104
KLOPROSTIN
106
SURFAGON ERITMASI
108
MUNDARIJA
O’zbekiston-Buyuk Britaniya-Rossiya Qo’shma Korxonasi «O’ZBIOKOMBINAT» MChJ
Samarqand biokombinatining negizida tuzilgan. Samarqand biokombinatiga 1964 yilda asos
solingan, u veterinariya tibbiyoti uchun biologik preparatlarni ishlab chiqarar edi. Korxona
xususiylashtirilib O’zbekiston-Buyuk Britaniya-Rossiya qo’shma korxonasi tuzilganidan keyin,
korxonaning ishini tiklash dasturi ishlab chiqilgan. Kimyoviy-farmatsevtik va immunobiologik
preparatlarni ishlab chiqarishni tiklashda, bunday turdagi ishlab chiqarishlar uchun qo’llanadigan
barcha milliy va asosiy xalqaro standartlarga mos keladigan zamonaviy farmatsevtik va
immunobiologik ishlab chiqarishni barpo etish vazifasi qo’yilgan edi.
Hozirgi paytda korxonamiz O’zbekiston Respublikasi va Markaziy Osiyoning davlatlari
hududida alohida o’rin egallaydi, chunki xuddi shunday salohiyati va bunday yopiq infratuzilmasi
bo’lgan boshqa korxonalar mavjud emas.
Yer uchastkamizning maydoni 27 gektar bo’lib, u ishlab chiqarish va veterinariya-
sanitariya zonasiga bo’lingan. Zavodning hududida ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirishga
imkon beruvchi binolar va inshootlarning to’liq majmuasi bor. Ishlab chiqarish eng zamonaviy
uskunalar bilan jihozlangan.
ISHLAB CHIQARISH
Korxona faoliyatining asosiy turi veterinariya preparatlarini ishlab chiqarishdir.
Mahsulotlar yangi ishlab chiqarish maydonlarida amalga oshiriladi. Farmatsevtik preparatlar
sexining konseptual loyihasi sifatli farmatsevtika ishlab chiqarishining asosi bo’lgan GMP xalqaro
qoidalarining talablariga muvofiq ishlab chiqilgan.
I
shlab chiqarish korpusi uchta uchastkaga bo’lingan:
•
Nosteril qattiq dori vositalarini ishlab chiqarish uchastkasi (tabletkalar, kukunlar, granulyatlar);
•
Yumshoq dori vositalarining uchastkasi (malhamlar, suspenziyalar);
•
Suyuq dori vositalarini ishlab chiqarish uchastkasi (inyeksiya uchun eritmalar, og’izdan
ichish uchun eritmalar).
Korxonada faqat yuqori sifatli xom
ashyolardan foydalaniladi. Preparatlar
ingredientlari malakali texnologlar tomonidan
juda kuchli nazoratdan o’tadi va tanlab olinadi.
O’rnatilgan me’yorlar va talablarga diqqat
bilan rioya qilish, korxona ishlab chiqarish
quvvatlari, mahsulotlar sifati nazorati, xodimlar
yuqori professioanalligi - yuqori samarali,
havfsiz va hamyonbop preparatlarni ishlab
chiqarish imkoniyatini beradi.
Korxonaning
nazorat-analitik
laboratoriyasi eng ilg’or texnika tizimlari
(UF-spektrofotometriya, yo’qori-samarali
suyuqliklar xromatografiyasi va boshqalar). Bu
o’z vaqtida ishlab chiqarishni har bir etapini
nazorat qilish va tayyor preparatlarni kimyoviy
tarkibini tekshirish qilish imkonini beradi.
Bundan tashqari, kombinat
infrastrukturasida laborotoriya kichik tajribali,
qishloq xo’jalik, uy hayvonlari va qushlarini
saqlaydigan Vivariya bo’limi mavjud bo’lib,
unda nazorat-analitik bo’limi xodimlari tayyor
preparatlarini bezararligi va samaradorligi
sinovlarini o’tkazishadi.
KADRLAR
Mahsulotlarimiz sifatini aniqlovchi
asosiy omillardan biri bu veterinar va
immunobiologik preparatlar ishlab chiqarishda
yuqori ilmiy potensialga va boy tadqiqot
tajribasiga ega yuqori malakali hodimlardir,
bu esa ishlab chiqarish jarayonini xom ashyo
kelishidan tortib tayyor mahsulot chiqishigacha
to’liq nazorat qilish imkonini beradi. Xodimlar
malakasini muntazam oshirish o’z vaqtida yangi
zamonaviy preparatlarni tadqiq qilish va joriy
etishga imkoniyat beradi.
Bundan tashqari, hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasining ilmiy-tadqiqot muassasalari
(O’zVITI, O’zR FA O’VXI, Sam QXI, O’zDMKL va boshqalar), shuningdek S.N. Vishelesskiy nomidagi
Belorussiya tajribaviy veterinariya instituti (Minsk shahri) bilan mustahkam ish va ilmiy aloqalar
o’rnatilgan.
BIZNING MAQSAD VA VAZIFA
Biz yuqori sifatli, qulay narxli mahsulot
to’plamini, yuksak xizmat ko’rsatish darajasini va
Sizning hayvonlaringiz sog’lig’ini himoya qilishga
eng yangi texnologik yondashuvlarni taklif etamiz.
Biz doimo sizning hayvonlaringizni parvarish
qilishda yordam beradigan mahsulotlarni
tanlashda sizga sifatli xizmat ko’rsatishdan
mamnunmiz.
Bizning ishlab chiqarishimiz xalq farovonligi
manfaatlariga qaratilgan, uning darajasi ko’p
jihatdan aholining oziq-ovqat mahsulotlariga
bo’lgan iste’molchilik ehtiyojlarini qondirish bilan
belgilanadi.
KORXONA HAQIDA
4
5
info@biokombinat.uz
www.biokombinat.uz
6
Barcha batafsil ma’lumotlar
www.biokombinat.uz saytida
7
QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
Ivermektin-10 hayvonlarga araxno-entomozlar va nematodozlarda
davolash va profilaktika maqsadida belgilanadi:
•
yirik qoramolga - strongilyatozlar, trixotsefalyoz, strongiloidoz, telyazioz, sifunkulyatozlar,
gipodermatoz, psoroptoz, sarkoptoz va xorioptoz holatida;
•
mayda shoxli molga (qo’ylar va echkilar) - diktiokaulyoz, protostrongilyoz, myullerioz, gemonxoz,
ostertagioz, nematodiroz, marshallagioz, kooperioz, xabertioz, ezofagostomoz, bunostomoz,
trixotsefalyoz, strongiloidoz, malofagoz, estroz, psoroptoz va xabertioz holatida;
•
cho’chqalarga - trixotsefalyoz, askaridoz, metastrongilyoz, ezofagostomoz, strongiloidoz,
stefanuroz, gematopinoz va sarkoptoz holatida;
•
otlarga - paraskaridoz, oksiuroz, strongilyatozlar, gastrofilyoz va sarkoptoz holatida;
•
itlarga va mushuklarga – toksokaroz va toksaskarioz, ankilostomoz va untsinarioz, notoedroz,
sarkoptoz va demodekoz holatida.
1 ml preparat tarkibi:
Ivermektin
10 mg
IVERMEKTIN
10
Inyeksiya uchun eritma
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
Preparat hayvonlarga aseptika qoidalariga rioya qilgan holda teri ostiga kiritiladi:
cho’chqalarga – bo’yni yoki sonining ichki yuzasi sohasiga, boshqa hayvonlar turlariga – sag’ri
yoki bo’yni sohasiga quyidagi dozalarda:
- yirik qoramol va mayda shoxli molga, otlar, itlar, mushuklarga – hayvonlarning 50 kg
tana vazniga 1,0 ml dan (1 kg vazniga 0,2 mg ivermektin) bir marotaba. Og’ir sarkoptoidoz
kasalligi holatida dori bilan ishlov berish ikki marotaba, 8-10 kun oralig’i bilan o’tkaziladi;
- cho’chqalarga - hayvonlarning 33 kg tana vazniga 1 ml dan (1 kg vazniga 0,3 mg ivermektin)
bir marotaba. Og’ir sarkoptoz kasalligi holatida dori bilan ishlov berish ikki marotaba
o’tkaziladi.
Agar dozaning umumiy kiritiladigan hajmi 10 ml dan oshsa, preparat hayvonning ikkita
turli joyiga kiritilishi kerak. Mayda hayvonlarga aniq doza berish uchun preparatni kerakli
darajada steril suv bilan suyultirish mumkin.
Nematodalarga qarshi preparat hayvonlarga molxonada boqishga qo’yishdan avval va
bahorda, yaylovga olib chiqishdan avval, so’na lichinkalariga qarshi – so’nalar mavsumi tugashi
bilan, araxno-entomozlar qo’zg’atuvchilariga qarshi – qo’llash lozim bo’lganda, qo’llanadi.
Antiparazitar
preparatlar
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
Preparat oshqozon-ichak tizimi va o’pka nematodalari, teri osti,
burun-halqum va oshqozon so’nalarining lichinkalari, qon so’ruvchi bitlar va sarkoptoid kanalarning
lichinka va voyaga yetgan bosqichlariga kuchli parazitlarga qarshi ta’sir ko’rsatadi.
Ivermektin gamma-aminomoy kislotasining tormozlash neyromediatorini ishlab chiqarishni kuchaytiradi,
bu parazitlarning nerv impulslarini uzatish buzilishiga, falajiga va o’limiga olib keladi.
Preparat kiritish joyidan tez so’riladi, hayvonning a’zolari va to’qimalarida taqsimlanadi, 10-14 kun
davomida parazitni qiruvchi ta’sirini ta’minlaydi.
Ivermektin issiq qonli hayvonlar uchun tavsiya etilgan dozalarida kam zaharli, va sensibilirlovchi,
embriotoksik, teratogen va mutagen ta’sir ko’rsatmaydi. Ivermektin organizmdan siydik va o’t bilan, sut
emizayotgan hayvonlarda shuningdek sut bilan chiqariladi.
NOJO’YA TA’SIRLAR:
Preparatga yuqori individual sezgirlik bo’lganda, ba’zi hayvonlarda
qo’zg’aluvchanlik, so’lak oqishining kuchayishi (itlarda
qusish), ich ketishi va tez-tez siyish, ataksiya kuzatiladi.
Ushbu belgilar, odatda, o’z-o’zidan, terapevtik dorilar
qo’llanmagan holda o’tib ketadi.
MAN ETILGAN HOLATLAR:
Boshqa gelmintlarga qarshi
vositalar bilan bir vaqtda qo’llash mumkin emas. Holsiz
va kasal hayvonlarga, shuningdek homilador hayvonlar
tug’ruqqacha 28 dan kam kun qolganda dori berilishi
mumkin emas. Preparat itlarga va mushuklarga tug’ruqdan
2 hafta oldin va keyin, Kolli, Shelti, Bobteyl zotli itlarga va
6 oygacha yoshdagi itlarga qo’llanmaydi. Sog’iladigan
sigirlarga ivermektin-10 qo’llanishi ruxsat etilmaydi.
MAHSUS KO’RSATMALAR:
Preparatning har bir partiyasi
avval hayvonlarning kichik guruhida (7-10 bosh) sinaladi. 3
kun davomida asoratlar bo’lmaganda, barcha mollarga dori berish boshlanadi.
KUTISH DAVRI:
Preparat bilan ishlov berilgan hayvonlarni go’sht olish uchun so’yish preparatni
qo’llashdan keyin kamida 28 kun o’tganidan so’ng ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan
muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning go’shti etxo’r hayvonlarni ovqatlantirish uchun
ishlatilishi mumkin. Preparat bilan ishlov berilgan hayvonlardan olingan sutni preparatni oxirgi
kiritishdan keyin 7 kun davomida oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatish taqiqlanadi. Bunday sut
hayvonlarni ovqatlantirish uchun ishlatilishi mumkin.
UMUMIY MA’LUMOTLAR:
Hayvonlarning endo- va ektoparazitar kasalliklarini davolash
va profilaktika qilish uchun vosita.
QADOQLANISHI:
10, 50 va 100 ml. li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi.
SAQLASH SHAROITI:
Preparat ehtiyotlik bilan ishlab chiqaruvchining o’ramida, quruq,
yorug’likdan pana joyda, issiqlik manbalari va alangadan uzoqda, 0°C dan +25°C gacha
haroratda saqlanadi.
YAROQLILIK MUDDATI:
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.
8
Barcha batafsil ma’lumotlar
www.biokombinat.uz saytida
9
QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
Yirik qoramolga preparat oshqozon-ichak nematodozlari (gemonxoz, bunostomoz, ezofagostomoz,
strongiloidoz, trixotsefalyoz, kooperioz va hokazo), fastsiolyoz, paramfistomatidozlar, telyazioz, qo’tirlar
holatida va iksod kanalari bilan kurashish uchun qo’llanadi.
Echkilar va qo’ylarga preparat oshqozon-ichak nematodozlari, fastsiolyoz, paramfistomatidozlar,
dikrotselioz, qo’tirlar va estroz holatida qo’llanadi.
1 ml preparat tarkibi:
Klozantel
50 mg
KLOZANTEL
50
Inyeksiya uchun eritma
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
Preparat kavsh qaytaruvchi hayvonlarga mushak ichiga yoki teri ostiga
kiritiladi. Fastsiolalar ko’p miqdorda yuqqan holatda preparatning bir marotabalik dozasi ikkiga bo’linadi
va hayvonlarga preparatning yarim dozasi ikki kun ketma-ket kiritiladi.
Preparatni hayvonlarga qo’llash dozalari.
Hayvon turi va parazitozning nomi
Dozalari
YIRIK SHOXLI QORAMOL
- fastsiolyoz, paramfistomatidozlar, oshqozon-ichak nematodozlari (gemonxoz,
ezofagostomoz, bunostomoz, strongiloidoz, trixotsefalyoz, kooperioz va hokazo),
telyazioz
Hayvonlarning 10 kg tana vazniga 0,5 ml
- iksod kanalari hujum qilganda
Hayvonlarning 10 kg tana vazniga 0,5 ml
- qo’tirlar: sarkoptoz, psoroptoz, xoriopoz (yosh yirik qoramollarda)
Hayvonlarning 10 kg tana vazniga 1 ml dan,
ikki marotaba, 7 kun oralig’i bilan
- 2 va 3-bosqichdagi lichinkalar tomonidan qo’zg’atilgan gipodermatoz
Hayvonlarning 10 kg tana vazniga 1 ml, bir
marotaba
MAYDA SHOXLI MOL:
- fastsiolyoz, paramfi-stomatidozlar, dikrotselioz
Hayvonlarning 10 kg tana vazniga 1 ml
- oshqozon-ichak nematodozlari (gemonxoz, ostartagioz, strongiloidoz,
ezofagostomoz, xabertioz, bunostomoz, trixostrongilyoz)
Hayvonlarning 20 kg tana vazniga 1 ml
- qo’tirlar (psoroptoz va xoriopoz)
Hayvonlarning 10 kg tana vazniga 1 ml dan,
ikki marotaba, 7 kun oralig’i bilan
- estroz
Hayvonlarning 20 kg tana vazniga 1 ml
Agar dozaning umumiy kiritiladigan hajmi 10 ml dan oshsa, preparat ikkita turli joyiga kiritiladi.
Antiparazitar
preparatlar
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
Klozantelning ta’sir etish mexanizmi parazitning oksidlovchi
fosforillash jarayonining to’xtatilishidan iborat. Preparatning o’ziga xos ta’siri ATF fermentini
kuchaytirishdan iborat, bu esa fosforillash va elektronlarning o’tishi jarayonining to’xtashiga olib keladi,
bu holat parazitning energetik metabolizmini o’limiga olib keladigan tarzda o’zgartiradi.
Parenteral kiritilganidan keyin preparat inyeksiya joyidan tez so’rilib, hayvonlarning a’zolari va
to’qimalariga o’zlashadi..
Preparatning qondagi maksimal konsentratsiyasi kiritishdan keyin 12 soat ichida yetadi va 24-36 soat
davomida saqlanadi. Preparatning davolash konsentratsiyasi hayvon organizmida 10-11 sutka davomida
saqlanadi.
Klozantel organizmda amalda biotransformatsiya bo’lmaydi va asosan o’zgarmagan shaklida chiqariladi.
NOJO’YA TA’SIRLAR:
Ba’zi holatlarda inyeksiya joyida
achishish paydo bo’lishi mumkin, u davolashsiz tuzalib
ketadi.
MAN ETILGAN HOLATLAR:
Preparatning komponentlariga
yuqori sezgirlik.
Preparat kuchsizlangan va yuqumli kasalliklarga uchragan
hayvonlarga qo’llanmaydi.
Boshqa parazitlarga qarshi preparatlar bilan birga
kiritilmasin.
Parazitlarga qarshi xlororganik va fosfororganik preparatlar
bilan bir vaqtda qo’llashga yo’l qo’yilmaydi.
MAHSUS KO’RSATMALAR:
Sog’iladigan sigirlarga va
homiladorlikning oxirgi uchdan bir qismida qo’llash
taqiqlanadi.
KUTISH DAVRI:
Sutni oziq-ovqat maqsadlari uchun hayvonlarga preparatni oxirgi marta kiritishdan
14 kundan keyin, go’shtni 28 kundan keyin ishlatish mumkin.
UMUMIY MA’LUMOTLAR:
Hayvonlarning endo- va ektoparazitar kasalliklarini davolash
uchun antigelmint vosita.
QADOQLANISHI:
50 va 100 ml li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi.
SAQLASH SHAROITI:
Preparatni quruq va qorong’i joyda, bolalar yeta olmaydigan joyda,
+4°C dan +25°C gacha haroratda saqlash lozim.
YAROQLILIK MUDDATI:
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 1 yil.
10
Barcha batafsil ma’lumotlar
www.biokombinat.uz saytida
11
QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
Preparatlar qo’llanadi:
•
yirik qoramolga - diktiokokaulyoz, gemonxoz, bunostomoz, ezofagostomoz, nematodiroz, ostertagioz,
xabertioz, kooperioz, strongiloidoz holatida;
•
mayda shoxli molga - diktiokaulyoz, protostrongilyoz, gemonxoz, strongiloidoz, ezofagostomoz,
kooperioz, trixostrongilyoz, nematodiroz, trixotsefalyoz, xabertioz holatida;
•
cho’chqalarga - askaridoz, ezofagostomoz, strongiloidoz, trixotsefalyoz, xiostrongilyoz, metastrongilyoz
holatida;
•
itlarga – toksokaroz va ankilostomoz holatida.
1 ml preparat tarkibi:
Levamizol
75 mg
LEVAMIZOL
75
Inyeksiya uchun eritma
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
Preparatlar bir marotaba, teri ostiga yoki mushak ichiga,
hayvonning 1 kg tana vazniga 75 mg levamizol hisobidan dozasida kiritiladi, bu quyidagilarga
mos keladi:
Hayvon turi
Preparatlar dozasi
Izoh
Yirik qoramol
(teri ostiga yoki mushak ichiga)
10 kg ga 1,0 ml
Vazni 300 kg dan ortiq hayvonlarga
ko’pi bilan 30,0 ml
Qo’ylar, echkilar (teri ostiga)
10 kg ga 1,0 ml
Vazni 65 kg dan ortiq hayvonlarga
ko’pi bilan 4,5 ml
Cho’chqalar (teri ostiga yoki mushak
ichiga)
10 kg ga 1,0 ml
Vazni 150 kg dan ortiq hayvonlarga
ko’pi bilan 20,0 ml
Itlar (mushak ichiga yoki og’iz orqali)
10 kg ga 1,0 ml
Kiritiladigan eritmaning hajmi 15 ml dan ko’p bo’lsa, uni hayvonning 2-3 joyiga kiritish kerak.
Antiparazitar
preparatlar
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
Ta’sir etuvchi vositasi - levamizol (gidroxlorid shaklida)
nematodalarning hayotiy muhim fermentlarini (fumarat va suktsinatdegidrogenaza) ingibirlaydi. Keng
ta’sir etish doirasidagi preparat buning oqibatida parazitlarning yetilgan va lichinka shakllarining
o’limini keltirib chiqaradi.
Parenteral kiritilganidan keyin levamizol kiritish joyidan tez o’zlashadi, a’zolarda va to’qimalarda davolash
kontsentratsiyasiga 30 daqiqa ichida yetadi va 6-9 soat davomida saqlanadi. Levamizol organizmdan
asosan siydik bilan chiqariladi.
Gelmintlarga qarshi ta’siridan tashqari, levamizol gidroxlorid hayvonlarning immunitetiga
rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi. U qon zar-dobining bakteritsid faolligini, leykotsitlarning fagotsitar
faolligini, immunoglobulinlar miqdorini, T-limfotsitlar miqdorini oshiradi.
NOJO’YA TA’SIRLAR:
Hayvonlar preparatning terapevtik dozalarini yaxshi ko’taradi. Levamizolga
yuqori individual sezgirlik bo’lganda, ba’zi hayvonlarda qo’zg’aluvchanlik, so’lak oqishining
kuchayishi, ich ketishi va tez-tez siyish, ataksiya kuzatiladi. Ushbu belgilar, odatda, o’z-o’zidan,
terapevtik dorilar qo’llanmagan holda o’tib ketadi.
Levamizol bilan zaharlanishda zaharni kesuvchi vosita atropinni qo’llanishi bo’yicha yo’riqnomaga
muvofiq qo’llash lozim.
MAN ETILGAN HOLATLAR:
Preparat bilan gelmintsizlashtirilmaydi:
- kuchsizlangan, holsiz, yuqumli kasalliklarga uchragan hayvonlar;
- jigar va buyrak kasalliklariga uchragan hayvonlar;
- homiladorlikning oxirgi uchdan bir qismida va tuqqanidan keyin 2 hafta davomida hayvonlar;
- vazni 10 kg dan oshmagan yosh hayvonlar.
Bundan tashqari, preparatni fosfororganik preparatlar, pirantel, morantel, fenotiazin, levomitsetin
(xloramfenikol) qo’llanishidan avval va keyin 10 kun davomida qo’llash mumkin emas.
MAHSUS KO’RSATMALAR:
Yoppasiga gelmintsizlashtirishdan avval har bir preparat partiyasi
hayvonlarning kichik guruhida (5-10 bosh) sinovdan o’tkaziladi. 3 sutka davomida asoratlar
bo’lmaganda, barcha mollarga dori berish boshlanadi.
KUTISH DAVRI:
Hayvonlarni go’sht olish uchun so’yish preparatni qo’llashdan keyin kamida 7 sutka
o’tganidan so’ng ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan
hayvonlarning go’shti mo’ynali hayvonlarni ovqatlantirish uchun yoki go’sht-suyak unini ishlab
chiqarish uchun ishlatilishi mumkin. Levamizol bilan ishlov berilgan sog’iladigan hayvonlardan
olingan sutni gelmintsizlashtirishdan keyin 48 soat davomida oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatish
taqiqlanadi. Bunday sut hayvonlarni ovqatlantirish uchun ishlatilishi mumkin.
UMUMIY MA’LUMOTLAR:
«Levamizol-75» – imidazotiazol guruhidagi gelmintlarga qarshi
preparat, hayvonlarning gelmintlarini qirish uchun.
QADOQLANISHI:
100 ml. li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi.
SAQLASH SHAROITI:
Preparat ehtiyotlik bilan, zavod o’ramida, yorug’likdan pana joyda,
bolalar yeta olmaydigan joyda, +5°C dan +25°C gacha haroratda saqlanadi.
YAROQLILIK MUDDATI:
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.
12
Barcha batafsil ma’lumotlar
www.biokombinat.uz saytida
13
QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
Preparat yirik qoramol, qo’ylar, echkilarni gelmintsizlashtirish uchun
quyidagi kasalliklarda qo’llanadi:
- fastsiolyoz, dikrotsiolyoz, moniyezioz, diktiokaulyoz, ostertagioz, gemonxoz, trixostrongilyoz, kooperioz,
ezofagostomoz, edemagenoz;
Preparat shuningdek yirik qoramolga gipodermatozda, qo’ylarga oestroz va psoroptozda ishlov berish
uchun qo’llanadi.
1 g preparat tarkibi:
Albendazol
50 mg/100mg
Klozantel
50 mg/100mg
Dostları ilə paylaş: |