qilguvchilar, ro‘za tutguvchilar, ruku’-sajda qilguvchilar, yaxshilikka buyurguvchilar, yomonlikdan to‘xtatguvchilar va Alloh belgilab qo‘ygan qonun- qoidalarga doimiy rioya qilguvchi (mo‘minlar)dir. (Ey Muhammad alayhissalom), bu mo‘minlarga jannat xushxabarini yetkazing!» (Tavba surasi,
112-oyat.)
Yana Alloh aytadi:
«Faqat Alloh (nomi) zikr qilinganida qalblariga qo‘rqinch tushadigan, Uning oyatlari tilovat qilinganida iymonlari ziyoda bo‘ladigan va yolg‘iz Parvardigorlarigagina suyanadigan kishilar haqiqiy mo‘mindirlar» (Anfol surasi,
2-4-oyatlar).
Yana Alloh taolo aytadi:
«Rahmonning (suyukli) bandalari yerda tavozu’ bilan yuradigan, johil kimsalar ularga (bema’ni) xitoblar qilgan vaqtida ham «Omon bo‘linglar», deb javob qiladigan kishilardir» (Furqon surasi, 63-oyat).
Qaysi bir insonga o‘zining holi mavhum bo‘lsa (ya’ni, qandayligini bilmasa), o‘z nafsini
yuqoridagi oyatlarga ro‘para qilsin. Unda bu sifatlarning hammasi topilishi xulqining
chiroyli ekani alomatidir. Bu sifatlarning hammasi yo‘q bo‘lishi xulqining yomon ekani
alomatidir. Unda ushbu sifatlarning ba’zisigina topilishi husni xulqning ham ba’zisigagina
ega bo‘lganiga dalolat qiladi. Unday kishi bor sifatini asrab, yo‘qlarini esa hosil qilish
bilan mashg‘ul bo‘lsin.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mo‘minni ko‘p sifatlar bilan sifatlaganlar. Bu
sifatlarning hammasi bilan chiroyli xulqlarga ishora qilib aytadilarki: «Mo‘min kishi o‘z
nafsiga yaxshi ko‘rgan narsasini birodari uchun ham yaxshi ko‘radi» (Imom Buxoriy va
Muslim rivoyatlari). Yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Kim Allohga
va qiyomat kuniga iymon keltirgan bo‘lsa, mehmonini hurmat qilsin» (Imom Buxoriy va
Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy