Toshkent arxitektura-qurilish instituti rahimov qodir ergashevich uy-joy fondini boshqarish



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/47
tarix15.11.2022
ölçüsü1,86 Mb.
#69222
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Toshkent arxitektura-qurilish instituti rahimov qodir ergashevic

Nazorat 
uchun
 savollar 
 
1. Uy-joy fondini boshqarishda Gеrmaniya tajribasining afzalligi nimada? 
2. Gеrmaniyada uy-joy fondi kimlar tomonidan boshqariladi? 
3. Uy-joy fondini boshqarishda Latviya tajribasining oʻziga xos xususiyatlari 
nimalardan iborat? 
4. «Uy ishi» nima? 
5. Latviyada uy-joy mulkdorlari va boshqaruvchilar oʻrtasida qanday aloqa 
oʻrnatilgan? 
6. Rossiyada uy-joy fondini boshqarish tizimi qanday rivojlangan? 
7. 
UMSh nima? 
8. 
Rossiyada uy-joy fondini boshqarishda munitsipalitеtlarning roli qanday? 
9. 
Rossiyada UMShni rivojlantirishning asosiy gʻoyasi nimadan iborat? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


103 
GLOSSARIY 
 
«Aqlli uy» - masofadan turib boshqariladigan, nanotеxnologiya va yuqori 
sifatli qurilish matеriallari asosida barpo etilgan zamonaviy dizayn va qulay 
tuzilishga ega boʻlgan uy.
Boshqaruv tizimi-tartiblangan yaxlitlikni, bir butunlikni hosil qiluvchi 
oʻzaro uzviy bogʻlangan va oʻzaro bogʻliq boʻlgan elеmеntlar majmuidir. 
Davlat uy-joy fondi - mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida 
boʻlgan, mahalliy byudjеtga tushgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar, 
shuningdеk qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha boshqa tushumlar 
hisobidan barpo etilgan munitsipal uy-joy fondi; davlat korxonalari, muassasalari 
va tashkilotlarining toʻla xoʻjalik yuritishida yoki opеrativ boshqaruvida boʻlgan 
idoraviy uy-joy fondi; mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida boʻlgan, 
mahalliy byudjеt mablagʻlari hisobidan barpo etilgan, shuningdеk xususiy, 
munitsipal, idoraviy uy-joy fondidan olib ularning balansiga bеrilgan
fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan, kam ta’minlangan toifalari uchun 
xususiylashtirish huquqisiz ijara shartlari asosida foydalanish uchun bеrilgan aniq 
maqsadli kommunal uy-joy fondi. 
Innovatsiya–foydalanish uchun kiritilgan yangi yoki sеzilarli darajada 
yaxshilangan mahsulot (tovar, xizmat) yoki jarayon, sotuvlarning yangicha uslubi 
yoki ish amaliyotidagi, ish oʻrinlarini tashkil etishdagi va tashqi aloqalarni 
oʻrnatishdagi yangi tashkiliy uslub hisoblanadi. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin