Amaliy ishi №4 Mavzu



Yüklə 455,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix15.11.2022
ölçüsü455,34 Kb.
#69237
1   2   3   4
AMALIY ISH 4

странисы”“Ссылки”“Рассылки”“Ретсензирование”, va “Вид” deb 
nomlanuvchi bo`limlardan iborat dasturning menyu satri joylashgan. Ushbu 
menyu bo`limlari mos komandalardan tarkib topgan bo`lib, ularning har biri 
Word 2013 dasturining ma’lum vazifalarini bajaradi. 
Word 2013 dasturi interfeysning asosiy elementlarini ko`rib chiqamiz. 
Oynaning eng yuqori qismida hujjat va dastur nomidan iborat sarlavha satri 
joylashgan. Sarlavha satrining o`ng tomonida esa oynaning boshqarish 
tugmalari joylashgan, bular: 
• 
“Справка” — Microsoft Word 2013 haqida ma’lumot; 
• 
“Параметры отабражения ленти” –ko`rsatkichlarning tasmali 
tasviri; 
• 
“Свепнут” — oynani topshiriqlar paneliga tushirish; 
• 
“Развернут” — oynani ekranga qayta tiklash; 
• 
“Закрыт” — oynani yoki dasturni yopish. 
Interfeys o`lchamini o`zgartirish
 
Word 2013 dasturi oynasi doimo bir ko`rinishda bo`lmaydi. Uning ekranda 
joylashishini va o`lchamlarini xuddi Windows operatsion tizimi oynalari kabi 
o`zgartirishimiz mumkin. Buning uchun quyidagi amallarni bajaring: 


• 
Sarlavha satri o`ng tomonida joylashgan “ Развернут” tugmasini 
bosing va oynani kichiklashtiring; 
• 
Endi oyna o`lchamlarini o`zingizga qulay ko`rinishga o`zgartirishingiz 
mumkin, buning uchun: 
• 
Sichqoncha ko`rsatkichini oyna chegaralaridan biriga olib keling; 
• 
Sichqoncha chap tugmasini bosing va oyna o`lchamini o`zingizga 
ma’qul ko`rinishga o`zgartiring; 
Oyna o`lchamlarini eniga va bo`yiga barobar o`zgartirishingiz ham mumkin, 
buning uchun: 
• 
Sichqoncha ko`rsatkichini oyna burchaklaridan biriga olib keling va 
sichqoncha chap tugmasini bosgan holda, uning o`lchamlarini eniga 
va bo`yiga o`zgartiring; 
Oyna o`lchamlarini o`zgartirib bo`lganingizdan so`ng, uni ekranning 
o`zingizga qulay bo`lgan joyiga joylashtiring: 
• 
Sichqoncha yordamida oynaning sarlavha satridan tuting va uni yangi 
joyga o`tkazing; 
Dasturning menyu satrida “Быстрого доступа” tugmasi joylashgan. Bu 
tugma yordamida dasturda ko`p foydalaniladigan amallar ya’ni buyruqlarni 
joylashtirishimiz mumkin, masalan: hujjatni saqlash, bajarilgan amallarni 
qaytarish, tayyor xujjatni ochish, yangi hujjat yaratish kabi bir qancha 
amallarni joylashtirishimiz mumkin. 
Dasturni yopish
 
Ixtiyoriy dasturni yopish uni kompyuter xotirasidan yuklashni anglatadi. 
Boshqa dasturlarda bo`lgani kabi Word 2013 dasturining ham bir nechta 
yopish usullari mavjud. 
Birinchi usul: 
Word 2013 dasturini yopish uchun uning yopish tugmasidan foydalanish. 
• 
Interfeys sarlavha satrining o`ng yuqori burchagida 
joylashgan “Закрыт” tugmasini bosing; 

Yüklə 455,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin