Amaliy ishi № 4
Mavzu:
Mantli axborotlarni yaratish va ishlov berish
texnologiyalari.
Ishning maqsadi:
Zamonaviy mantli axborotlarni yaratish
va ishlov berish texnologiyalari haqida tushunchalar hosil
qilish.
Ishning vazifalari:
1. Zamonaviy matn muharrirlari va ularning turlari.
2. MS Word matn muharriri imkoniyatlari.
3. MS Word dasturining menyu bo’limlari va ularning
vazifalari bilan tanishish.
Nazariy qism:
Ta'rif
Matn muharrirlari - bu maxsus dasturlar bo'lib, ularni yaratish, formatlash,
tahrir qilish, saqlashga imkon beradi va matndan tashqari, zamonaviy
hujjatlarda boshqa ob'ektlar (jadvallar, ro'yxatlar, diagrammalar, rasmlar va
boshqalar) bo'lishi mumkin
MS WORD yordamida ixtiyoriy ko’rinishdagi hujjatni juda tez va yuqori
sifatda tayyorlash mumkin. Dasturning yana bir qulaylik tomoni shundan
iboratki,unda bir nechta hujjatlar bilan, ya’ni ularni qo’shish, biridan ikkinchisiga
kerakli joyni olib ko’chirish, matn yoniga tasvir tushurish, harflarni istalgan shaklda
yetarlicha katta formatda chop etish mumkin.
MS Word matn muharriri imkoniyatlari.
1 Matnlarni kiritish va tahrir qilish;
2 Matnni chop etishda avval ekranda uning shaklini ko’zdan kechirish;
3 Hujjatlarning tayyor shakllari bilan ishlash ;
4 Formatlash usullaridan foydalanish ;
5 Xatlarni amaldagi qoidalar asosida tayyorlash;
6 Blankalarni tayyorlash ;
7 Jadvallar bilan ishlash;
8 Zarur holda yordamchi ko’rsatma berish;
9 Formulalar yozish;
10 Imloni tekshirish;
11 So’zlarni bo’g’inlab ko’chirish;
12 Windows ilovalari ma’lumotlaridan foydalanish;
13 Word Art yordamida reklamali matnlar tayyorlash;
14 Diagrammalar va grafiklar, rasmlar va hokazolar chizish.
Matn muharrirlarida matnli hujjatlarni yaratish va tahrirlash usullarini
Microsoft Word 2013 varianti orqali bayon etamiz (word so’zi inglizchadan
o’zbekchaga ― “so’z” degan ma’noni beradi).Microsoft Word 2013 dasturini ishga
tushurishning quyidagi ikki usulini ko’rib chiqamiz.
1. “Пуск” → “Все программы” → “Microsoft Office 2013” → “Word 2013” va
Enter tugmasi bosiladi.
2. Ish stoli (Рабочий стол) dan “Контекстное меню” → “Cоздать” →
“Документ Microsoft Word” obyekti tanlanadi va ishga tushuriladi.
Microsoft Word 2013 dasturini ishga tushurgandan keyin foydalanuvchiga
quyidagi ishchi oyna hosil bo’ladi.Microsoft Word 2013 dasturi matn
muharrirlarining oldingi variantlaridan foydalanuvchilar uchun ancha qulay. Sababi
endi matnlar ustida bajariladigan amallarni menyu bo’yicha qidirish uchun vaqt
sarflanmaydi. Chunki wordda lentalarda hamma amallar ochib berilgan va aniq
bo’limlarga bo’lingan.Word oynasi 4 qismdan, sarlavha, lentalar, ishchi maydon,
holat satridan iboratdir.
Sarlavha satrida 4 ta qism bor. a)Microsoft Office tugmasi – matnli hujjatlarni
yaratish, ochish, saqlash, chop etish, yopish kabi bir qancha amallarni bajaradi.
b)Tez foydalanish paneli – foydalanuvchiga qulaylik yaratish uchun tez – tez
foydalanib turiladigan buyruqlarni belgisini joylashtirish va zarur bo’lganda
foydalanish imkoniyatini beradi. Unga yangi buyruqlarni qo’shish uchun, panelning
oxiridagi tugmaga kelib sichqonchani bosish kerak. So’ng ro’yxatdan kerakli
buyruqlarni tanlash lozim. Sizga kerakli buyruq bu ro’yxatda bo’lmasa, boshqa
buyruqlar bo’limidan qo’shiladi. c) Tayyorlanayotgan hujjatning nomi. d) Word
oynasini yig’ishtirish, kattalashtirish (kichiklashtirish), yopish tugmalari joylashgan
tizimli tugmachalar.
Ishchi maydon – Word matn muharririda matnlar ustida amallar bajarishda, kerakli
hujjatlarni tayyorlashda foydalaniladigan ish joyi. Ishchi maydon atrofida chizg’ich
bo’lishi mumkin. Chizg’ichni o’rnatish va olib tashlash uchun menyular qatoridan
“ВИД” → buyrug’i tanlash kerak. Ishchi stolning o’ng tomonida hujjat betlarini
yuqoriga-pastga harakatlanuvchi tugmalar bor. Shu tugmalarning pastida - 1 bet
yuqoriga, - 1 bet pastga, o’tish belgilari mavjud.
Holat satri – tayyorlanayotgan hujjatning holatlari haqida ma’lumot beradi.
Hujjatning necha betligi va kursorning joylashgan beti haqida ma’lumot beradi.
MS Word 2013 dasturida holat satrini ekranga chiqarish uchun
“ГЛАВНАЯ”→ “Заменить” buyrug’i yoki [Ctrl]+[H] tugmalar birikmasidan
foydalaniladi.
Microsoft Word 2013 dasturi matnlar bilan ishlovchi eng qulay dasturlardan
biridir. Bu dastur hujjatlarga rasmlarni, grafik ob’ektlarni, jadvallarni va
giperbog‘lanishlarni qo`yish imkoniyatiga ega bo`lgan matn muharriri
hisoblanadi.
Word 2013 dasturi ishga tushirilgandan so`ng, “Документ1” nomli bo`sh
hujjatdan iborat Word dasturining oynasi эkranda paydo bo`ladi.
Ko`rib turganingizdek, Word dasturi interfeysi qatorlar, panellar, tugmalar
va yozuvlar to`plamidan tarkib topgan. Interfeysdagi har bir element o`z
nomiga, ko`rinishiga va shakliga egadir.
Sarlavha satrining
tagida “Файл”, “Главная”, “Вставка”, “Дизайн”, “Разметка
Dostları ilə paylaş: |