tomonidan o‘ziga xos tarzda in’ikos etilishidir", — deb hisoblaniladi. Bu mualliflar ijtimoiy
psixologiyaning barcha o‘rganish ob’ektlarini
sharhlar ekanlar, ko‘prok sotsiologik yondashish bilan
muammolarni yechishga harakat qilganlar.
Ijtimoiy psixologiyaning mavzu bahsini ta’riflashga aynan psixologik yondashuv A.V.Petrovskiy
va V.V. Shpalinskiylarning «Jamoaning ijtimoiy psixologiyasi» kitoblarida bayon etilgan. Bu
mualliflarning fikricha, «Ijtimoiy psixologiya — psixologiya fanining shunday tarmog‘iki, u turli
uyushgan va uyushmagan guruhlardagi odamlarning muloqati, o‘zaro ta’sir va munosabatlaridan
kelib chiqadigan psixik hodisalarni o‘rganadi."
Shuning uchun ham G.M.Andreyeva ijtimoiy psixologiyaning mavzu bahsi xaqidagi hozirgi
zamon qarashlarini
umumlashtirib, bu o‘rinda uch xil yondashish borligini e’tirof etadi. Birinchisi,
sotsiologik yondashish bo‘lib, uning tarafdorlarining fikricha, ijtimoiy psixologiya asosan ommaviy
psixologik jarayonlarni—xalqlar psixologiyasi, ommaviy marosimlar, udumlar, rasm-rusmlarning inson
ongiga singishi, ijtimoiy xulq-atvorda namoyon bo‘lishini o‘rganishi kerak. Ikkinchi—psixologik
yondashuv tarafdorlari asosan psixologlar bo‘lib, ular asosiy diqqatni shaxsning ijtimoiy psixologik
xislatlariga, uning turli guruhlarda tutgan o‘rni, mavqei, ijtimoiy
ustanovkalar va hokazolarga
qaratmoq lozim, deb hisoblaydilar. Shu bilan birgalikda, hozirda ham sotsiologik ham psixologik
qarashlarni birgalikda mujassamlashtirayotgan olimlar ham borki, ular ham ommaviy jarayonlarni,
ham shaxsninig shu jarayonlardagi xulq-atvorlari motivlarini o‘rganishni yoqlab tadqiqotlar
o‘tkazmoqdalar.
Amerika ijtimoiy psixologiyasida ham ijtimoiy psixologiyaning
mavzu bahsi borasida uzoq
tortishuvlar mavjud bo‘lgan. Chunki, shu paytgacha shaxs va jamiyat muammolari sohasida ikki
xil yondashuv bo‘lib kelgan edi: psixologiya inson tabiatini, uning psixikasini,
sotsiologiya esa,
jamiyat tabiati, psixikasini o‘rganib keldi. Ijtimoiy psixologiya paydo bo‘ldiki, u insonning
jamiyatga munosabatining psixologik tomonini o‘rganmoqda.
Demak, har bir shaxsning jamiyatda yashashi, uning ijtimoiy normalarga rioya qilgan
holda o‘ziga o‘xshash shaxslar bilan o‘rnatadigan murakkab o‘zaro
munosabatlari va ularning
ta’sirida hosil bo‘ladigan hodisalarning psixologik tabiatini va qonuniyatlarini tushuntirib berish
- ijtimoiy psixologiyaning asosiy vazifasidir. Bundan kelib chiqadigan umumiy ta’riflarga
binoan, ijtimoiy psixologiya ijtimoiy muloqotning murakkab shakl va mexanizmlarini
o‘rganuvchi fandir.
Dostları ilə paylaş: