64
bahorida Buxoro shahrida qabul qiladi. elchilar Chingizxon
Sulton Muham madni qudratli
podshoh sifatida bilib, uni o‘zining
eng ardoqli o‘g‘illari qatorida ko‘rishi hamda u bilan do‘stona
shart noma tuzishga roziligini aytadi. eng ardoqli o‘g‘illari qa-
to rida ko‘rish “iltifoti”, shubhasiz, Sharq ustamonligida “Chin-
giz xonning Xorazmshohni o‘ziga qaram qilib olish niyati bor”
degan ma’noni anglatardi. O‘zini Iskandari soniy (Ikkinchi
Iskandar) deb hisoblab yurgan podshoga bunday “istiqbol”
sira yoqmas edi. Xorazmshoh
Mahmud Yalavochni tunda
xufiyona o‘z huzuriga chaqirtirib keladi. Elchiga xorazmlik
bo‘lgani uchun
Chingizxonga emas, balki Xorazm shohiga
xizmat qilishini, Chingizxon to‘g‘risidagi bor haqiqatni
aytishini, keyinchalik xon qarorgohida Xorazmshohning josusi
bo‘lib qolishini talab qiladi. Chingizxon o‘z elchilarining ish
natijalaridan mamnun bo‘ladi. Chunki
Mahmud Yalavoch
Xorazm davlati va uning podshosi to‘g‘risida Chingizxonga,
mo‘g‘ullar to‘g‘risida Xorazmshohga aytgan ma’lumotlaridan
ko‘proq axborot to‘plab qaytgan edi.
Munosabatlarning keskinlashuvi.
Chingizxon ikki buyuk
qo‘shni davlatlar o‘rtasida shartnoma
tuzish uchun 1218-yilning
o‘zidayoq Xorazmga juda katta savdo va elchilar karvonini
jo‘natadi. Karvon ko‘p miqdorda oltin,
kumush buyumlar,
xitoy ipak matolari, suvsar va qunduz mo‘ynalari va boshqa
har xil qimmatbaho mollar ortilgan 500 tuyadan hamda 450
musulmon savdogarlardan tashkil topgan edi.
Bu ulkan savdo
karvoni mamlakat poytaxti Urganch shahri tomon borar edi.
Ammo karvon yo‘lda chegara shahar O‘trorda ushlanib qoladi.
Shaharning noibi
G‘oyirxon (Inolchiq) tomonidan karvon
talanib, savdogarlarning hammasi qirib tashlanadi. Faqat bir
tuyakashgina o‘limdan qutulib qoladi.
U Chingizxonning qa-
ror gohiga zo‘rg‘a yetib borib, karvonning dahshatli qis matidan
xabar beradi.
Chingizxon Xorazm ma’murlaridan hisoblangan O‘tror
noibi
ning xiyonatkorona xatti-harakatidan nihoyatda g‘azab-
landi. Ammo g‘azabini bosib,
Ibn Kafroj Bug‘roni ikki
65
ishonchli mulozim kuzatuvchilar bilan
Xorazmshoh huzuriga
elchi qilib yuboradi. Chingizxon Sulton Muhammaddan ayb-
dorlarni jazo
lashni va Inolchiqni tuttirib,
uning ixtiyoriga
jo‘na tishni talab qiladi. Xorazmshoh Chingizxonning talabiga
javo ban elchini o‘ldirishni va u bilan birga kelgan ikkita mu-
lozimning soqol-mo‘ylovlarini qirib, sharmanda qilib qaytarib
yuborishni buyuradi. Bu voqealar
ikkita eng katta davlatlar
o‘rtasida savdo aloqalari va elchilik munosabatlari tamomila
uzilganini bildirar edi. Xorazmshoh uyushtirgan bu voqea har
ikki buyuk davlatlar o‘rtasida urush boshlanishiga bahona
bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: