14
4-§. O‘RTA OSIYO XALQLARI TURK
XOQONLIGI DAVRIDA
Tayanch tushunchalar: Turk xoqonligi, xoqonlik boshqaruvi,
Eftallar davlatining barham topishi, xoqonlikning bo‘linishi.
Xoqonlikning tashkil topishi.
VI asr o‘rtalarida
Oltoy va
Janubiy Sibirda yashagan turkiy qabilalarni birlashtirgan yangi
davlat vujudga keldi. Bu davlat tarixga Turk xoqonligi nomi
bilan kirgan.
Uning asoschisi Bumin edi.
552-yilda
Bumin
“
xoqon” deb e’lon qilindi.
Oltoy xoqonlikning markazi qilib belgilanadi. Turklarning
g‘arbga tomon yurishlariga
Istami boshchilik qiladi. Unga
“Yab g‘u xoqon” degan unvon beriladi. Tez
orada Yettisuv
va Shar qiy Turkistonga tutashgan yurtlarda yashovchi turkiy
qabilalar bo‘y sundiriladi.
555-yildayoq turklar Sirdaryo va Orol
dengizi bo‘ylarigacha cho‘zilgan keng o‘lkalarni egallaydilar.
Xoqonlik che garasi eftallar davlati hududlariga tutashib ket-
gan. Natijada eftallar davlatining shimo
liy
hududlari xavf
osti da qoldi. Bunday qulay vaziyatdan foyda langan sosoniylar
Toxariston va Chag‘oniyonni eftallardan tortib oladilar.
Turk xoqonligining eftallar bilan to‘qnashishi muqarrar edi.
Bunday
murakkab siyosiy vazi
yat xoqonlikni eron, so‘ngra
Vizantiya bilan yaqinlashtiradi. Uzoq
vaqt eftallar tazyiqida
yashagan sosoniylar bu davlatning tamomila barbod bo‘lishidan
manfaatdor edi.
Xusrav I Anu shervon (531–579)
tashabbusi
bilan yuzaga kelgan o‘zaro har
biy ittifoq eron shohining
Dostları ilə paylaş: