Sug’d va Toxariston mahalliy voha davlatlarining tashkil topishi Reja: I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 32,63 Kb.
səhifə1/3
tarix26.04.2023
ölçüsü32,63 Kb.
#102665
  1   2   3
14.Omonov Sanjar




Sug’d va Toxariston mahalliy voha davlatlarining tashkil topishi
Reja:
I. Kirish
II. Asosiy qism
1. Ilk o’rta asrlarda mahalliy hokimliklarning tashkil topishi
2. Sug’d mahalliy hokimligi
3. Toxariston mahalliy hokimligi
III. Xulosa


V-VII asrlarda mamlakat 15 dan ortiq hokimliklarga bo‘linib ketgan edi. Bu viloyat hokimliklari avval eftallar, so‘ngra Turk xoqonligiga bo‘ysundirilgan bo‘lsada, ammo eftallar ham, turk xoqonlari ham ularning ichki hayotiga deyarli aralashmaganlar. Markaziy hokimiyatga boj to‘lab turish bilan ular o‘z mustaqilliklarini ma'lum darajada saqlab qoladilar. Bu viloyat hokimliklari avval eftallar, so‘ngra Turk xoqonligiga bo‘ysundirilgan bo‘lsada, ammo eftallar ham, turk xoqonlari ham ularning ichki hayotiga deyarli aralashmaganlar. Markaziy hokimiyatga boj to‘lab turish bilan ular o‘z mustaqilliklarini ma'lum darajada saqlab qoladilar.
Sugʻd, Soʻgʻd, Sugʻud - Markaziy Osiyodagi qadimiy tarixiy-madaniy viloyat. Ilk bor miloddan avval VII-VI asrlarda qadimiy "Avesto"da tilga olingan. Bu nom 20-asr boshlarigacha saqlangan.
Miloddan avval VI asrda Ahamoniylar sulolasi vakillarining qoyatosh xotirot bitiklarida Suguda shaklida qadimiy Eron saltanatiga tobe qilingan satrapliklardan biri, mamlakat nomi sifatida qayd etilgan. Yunon manbalarida — Sogdianoy. Bu shakl yunonlar tomonidan soʻz tarkibidagi — anaka — tegishlilik, mansublik maʼnosini bildiruvchi nisbat qoʻshimchasini soʻz oʻzagiga qoʻshib yuborishdan paydo boʻlgan. Xitoy manbalarida — Suli. Sugʻd yozuvi yodgorliklari mamlakat nomini Sug'd yoki Sgʻud shaklida koʻrsatadi.
"Sugʻdiy" kabi maʼnolarda qoʻllanadi. O'rta asrlarda arabiy, forsiy, turkiy manbalar mamlakat nomini "Sug'd" shaklida qoʻllaydi.
"Sugʻd" soʻzining maʼnosi fanda har xil talqin qilib kelinadi. Masalan, Soʻch —GʻGʻ Soʻz — "kuymoq, yonmoq, porlamoq" deb izohlangan. Bundan Sugʻdni "Muqaddas ilohiy olov (Zardushtiylik tasavvuriga koʻra) bilan poklangan yer" kabi maʼnoda talqin etishga harakat qilingan (V. Tomashek). Yana bir izohga koʻra, "Sug'd" soʻzi sernam, unumdor yer deb tushuniladi. Bunga hozirga qadar pastlik, suv yigʻiladigan yer "S, Sugʻut" deb nomlanishini dalil qilib koʻrsatiladi. Avestoda Sug'd mamlakat nomi sifatida bir marta uchraydi. "Ardvisura Yashti" —("Obon Yasht") va Ardvi (Amudaryo) Ishkata, Paruta, Mouri, Suguda va Xvarazm tomon hayotbaxsh suvlarini eltadi, deya taʼkidlanadi. Avestoning Videvdat naskida esa Axuramazda yaratgan ezgu yurtlardan biri Gava deyiladi va u yerda sugdlar yashaydi deb koʻrsatiladi.
Turli manbalardagi Sug‘da, Sug’uda, Sug’diyona nomlarining kelib chiqishi va ularning ma’nosi hozircha noma’lum. «Avesto»ning Yasht kitobida tilga olingan «Sug’d makoni Gava» — Sug’diyonaning eng qadimgi viloyati bo’lishi mumkin. Ba’zi ma’lumotlarga ko'ra, Gava (Gau - «buqa», «poda»), Qashqadaryo vohasi bilan bog'lanadi. Bu atama mazkur viloyatning juda ko‘p geografik nomlarida takroran saqlangan (Gavdara, Gavxona, tog‘lar Gau, cho‘qqi Gau va boshqalar). Ehtimol, «Gava Sug‘da» atamasida «qudratli Sug‘d» tushunchasi o‘z aksini topgan. Qashqadaryoda qadimgi aholi dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullangan manzilgohlar va uy-qo‘rg‘onlaming qoldiqlari mil. avv. X-VIII asrlar bilan belgilanadi. Shular jumlasidan Sangirtepa, Yangitepa, Chiroqchitepa, Yerqo‘rg‘ondir. Mazkur davrga oid Yasht ma’lumotlari Gava Sug‘da haqida e’lon qiladi. Ilk yunon tarixchilari Sug‘diyonani Baqtriya yoki sak-massagetlarga nisbatan kamroq tilga olishan. Makedoniyalik Aleksandr yurishlaridan so‘ng Sug’diyona haqida tarixiy-geografik ma’lumotlar ancha to‘liq bo‘lib, kengayib boradi. Sug'diyona — Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida joylashib, ja nubi-sharqda Baqtriya va shimoli-g‘arbda Xorazm bilan chegaradosh bo'lgan.[5. B, 45] Qadimgi zamonlarda Sugcdiyona muhim savdo yo’llarining chorrahasida joylashgan. Sug‘diyona haqida «Avesto», Gerodot va ahamoniylar davri yozuvlari xabar qiladi. Sug’diyonaning markazi yunon tili shaklida Maroqanda shahri. (VIIVIII asrlarga oid sug‘d tili yozuvlarida Smarokansa – “uchrashuv, anjumanlar joyi” deb taijima qilinadi). Maroqanda - bu hozirgi Afrosiyob ko’hna shaxar xarobalaridir. Ahamoniylar davrida uning maydoni 219 gektardan iborat bo‘lib, shahar mudofaa devorlari bilan o'ralgan edi.[6. B, 67] Yunon tarixchilarining ma’lumotlariga ko‘ra, Maroqandaning mudofaa devori va ichki qal’asi bo'lgan. Sug’diyonaning boshqa shahar markaziari — Qarshi vohasida Yerqo’rg’on, Qashqadaryoning sharqiy qismidagi Uzunqir (maydoni 70 ga) va Samarqanddan 30 km shimolda joylashgan Ko‘ktepa (maydoni 100 ga) yodgorliklaridir. Bu yodgorliklarda o‘tkazilgan arxeologiya tadqiqotlar qadimgi Sug‘diyona aholisining xo‘jaligi va madaniyatini chuqurroq o‘rganish imkonini berdi. Topilgan arxeologik manbalar Sug‘diyona va Baqtriyaning binokorligi, moddiy madaniyatining birbiriga ancha o‘xshash va yaqin ekanligidan dalolat beradi. So‘nggi ahamoniylar davrida Baqtriya va Sug‘d bir ma’muriy o‘lka – satraplik tarkibida birlashgan. Ahamoniylat yozuvlari Sug‘diyonadan Persepol saroyiga lojuvard olib borilganligidan xabar beradi, ammo lojuvard konlari faqat Baqtriyaning Badaxshon tog'larida mavjudligi ma’lum. Sug‘diyona hududiga odamlar qadimgi tosh asridayoq kirib kelib, undan keyingi davrlarda tog‘, daryo vohalari bo‘ylab keng tarqala boshlashgan. Qulay tabiiy-geografik sharoitda ibtidoiy xo‘jaliklar va moddiy madaniyat rivojlangan. Tosh davrga oid Omonqo‘ton, Qo‘tirbuloq, Zirabuloq va Samarqand makonlari topib tekshirilgan. Mil. Avv. V-IV mingyilliklarga kelib Zarafshon quyi oqimida Chorvador qabilalarga mansub Samarqand yaqinidagi Mo'minObod, Zarafshon tog'lari yonbag‘ridagi Jom yodgorliklari topib tekshirildi. Mil.avv. VII asrga kelib, Sug’d ziroatchi aholi Sharqiy Qashqadaryo, Quyi Qashqadaryo, O'rta va Quyi Zarafshon vohalarida joylashgan. Sug‘diyona hududi Nurota va Hisor tizmalari hamda g‘arbda dashtlar bilan chegaralangan. o'troq viloyatlar markazlari Uzunqir, Yerqo‘rg‘on va Ko‘ktepa o‘rnida joylashgan. Mil. avv. VII-VI asrlarda Sug‘d hududida davlatchilik tizimi rivojlangan.
Xulosa o’rnida shuni aytish kerakki, So’g’diyona va Baqtriya qadimdan eng rivojlangan davlartalardan biri bo’lgan. Ayniqsa, yuqorida sanab o’tilgan hunarmandchilik, kulolchilik, qurilish sohalarida ham o’z davrining eng yetakchi davlatlaridan sanalgan. Bundan tashqari, hozirgi davrda ham bu ikki buyuk davlatlarni o’rganish nihoyasiga yetganicha yo’q. Bu o’rganishlar natijasida ham hozirgacha topilmagan ma’lumotlar ilmfan sohasiga yana bir yangilik bo’ladi v bu bilan vatanimiz tarixini yanada chuqurroq o’rganishimiz uchun imkon yaratiladi.
Sug'd mamlakati (poytaxti — Samarqand, 645—654 yillarda Kesh) 3 ta tarixiy-geografik hududni birlashtirgan. Samarqand Si, Buxoro Si va Kesh-Naxshab Si. Har 3 qism oʻzaro tabiiy chegaraga ham ega edi: Zarafshon togʻ tizmalari Samarqand va Kesh-Naxshab oʻrtasini Karmanadan keyin Malik choʻli Buxoro va Samarqand Sini ajratib turgan.
Buyuk ipak yoʻlining markaziy tarmoqlari Sugʻd orqali oʻtgan. Natijada Sugʻd xalqaro savdo munosabatlarida muhim oʻrin tuta boshlagan. Buyuk ipak yoʻli boʻylab Sug'd savdogarlarining qishloqlari, shaharlarida esa ularning mahallalari paydo boʻlgan. Sugʻdiy tili xalqaro til rolini oʻynagan. Bu hol Xitoy sayyohlari tomonidan Sugʻd chegaralari haqida notoʻgʻri tasavvurlar hosil qilgan (Syuan Szan).
Sug'd miloddan avval VI-IV asrlarda avval ahamoniylarga, soʻngra miloddan avval 329-yilda Iskandar Maqduniy saltanatga, uning davomchisi Salavk davlatiga, Yunon-Baqtriyaga tobe boʻlgan.
Miloddan avval II-I asrlardan boshlab Sugʻd oʻz mustaqilligini tiklashga kirishgan. Uning markaziy va mahalliy tangalari zarb qilina boshlagan. Sugʻd asta-sekin har 3 qismni oʻz atrofiga toʻplagan konfederativ davlat uyushmasiga aylanib borgan.
Milodiy I-V asrlarda Sugʻd kushonlar, xioniylar, abdallar, kidarlar taʼsirida boʻla turib, oʻz nisbiy mustaqilligini saqlab keldi. Sug'd konfederatsiyasi milodiy VI asr oʻrtalaridan VIII asr boshlarigacha siyosiy jihatdan kuchayib borgan. Arab istilosining boshlangʻich davridan (VIII asr 1-chorak), to Sug'd podshohi Turgʻar davri oxirigacha (738—759 yillar) Sug'd oʻzining konfederativ xususiyatini saqlashga harakat qilgan. Turgʻardan keyin Sug'dda ixshidlik siyosiy hokimiyat tugab, mamlakat xalifalik tarkibiga singdirilgan.
IV-VIII asrlarda soʻgʻdlar Uzoq Sharq, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq mintaqalari savdosida asosiy vositachi boʻlganlar va butun Buyuk ipak yoʻli boʻylab muntazam xalqaro karvon savdosini tashkil etganlar. Soʻgʻd bu davrlarda bekliklar va erkin shaharlar hamdoʻstligidan iborat boʻlgan va ular orasida Samarqand, Maymurgʻ, Kesh, Naxshab, Ishtixon, Kushaniya, Buxoro, Amul va Andxoy ajralib turgan. Xitoygacha boʻlgan butun yoʻl boʻylab, janubdagi Xotan va Sharqiy Turkiston orqali Lob Nor va Yettisuv shimoligacha soʻgʻd mulkiy hududlari tarkib topgan va ular XII asrgacha mavjud boʻlgan. Soʻgʻdlarning Turon va Xitoydagi eng yirik mulklari ularning alohida jamoalar boʻlib yashagan Kucha, Chanan, Lanchjou, Dunxuan, Loyan kabi shaharlarda mavjud boʻlgan. IV asrda Dunxuanning oʻzida soʻgʻd jamoasi taxminan 1000 kishidan iborat boʻlgan. Samarqandning sharqiy darvozalari "Xitoy" nomi bilan ataladi. Xalqaro savdo aloqalari Samarqand, Paykend va boshqa yirik shaharlardagi boy soʻgʻd uylari tomonidan nazorat qilinar edi. Ular oʻz vositachilari orqali kreditlar berishgan, savdo kelishuvlarini boshqarishgan. Tan sulolasi tarixida qayd etilishicha, Kan hukmdorligida "yangi tugʻilgan oʻgʻil chaqaloq shirinsoʻz boʻlishi hamda pulni mahkam ushlashi uchun uning tiliga tosh asal, kaftlariga esa yelim surtilgan. 20 yoshga toʻlgan erkak xorijga ketgan va qaysi joyda manfaat koʻrsa, oʻsha yerga borgan". Olis safarlar, Chin, Hindiston, Eron, Kichik Osiyo xalq hunarmandchiligi va anʼanalari bilan tanishuv orqali Gʻarb va Sharq yutuqlarini oʻzida mujassam etgan noyob va ochiq soʻgʻd madaniyati shakllangan. Soʻgʻd hunarmandchiligi markazi va savdo yoʻllari - Samarqand, Panjikent, Paykent, Buxoro va Varaxshi xavfsizligini taʼminlash ehtiyoji kuchli davlatlar bilan ittifoq tuzishga qaratilgan siyosiy yoʻnalishni belgilab bergan. VI asrda Soʻgʻd Eftaliylar davlati, keyinchalik Turk xoqonligi tarkibiga kirgan, 630-yildan buyon esa Chinning Tan sulolasi hukmdorligini tan olgan. Xoqonlik yuksalishi davrida soʻgʻdlar turkiylarning Xitoydan oʻlpon sifatida olgan shoyi bilan savdo qilish imkoniyatiga ega boʻlishgan. VI asr 70-yillarida turkiy hukmdorlar farmoni bilan soʻgʻd savdogari Maniax savdo kafolatlari yuzasidan muzokaralarni avvaliga Eron Shahanshohi, soʻngra Vizantiya imperatori bilan olib borgan. Oʻrta asrlarda soʻgʻd tili Buyuk ipak yoʻlidagi asosiy muloqot tiliga aylangan. Buddaviylar, nasroniylar, manixeylar oʻzlarining diniy matnlarini soʻgʻd tiliga tarjima qilishgan. Bunda ular oʻzlarining yozma anʼanalaridan foydalanishgan: buddistlardan hind alifbosi, manixeylardan arameys bosmasi, nasroniy-suriyaliklardan dastlabki umumiy maktubot, nestoriyan va yakovitlardan diniy eʼtiqod alifbolarini oʻzlashtirishgan. Ammo ular aramey alifbosiga asoslangan va keyinchalik uygʻurlar tomonidan foydalanilgan ilk soʻgʻd yozuvi oʻrnini egallay olmadi. Mazkur yozuv namunalari bilan Dunxuandagi mulkiy hududlardan yoʻllangan "koʻhna maktublar" va Zarafshon vodiysidagi Mug togʻida topilgan hujjatlar yordamida tanishish mumkin. VIII asr boshida Soʻgʻd Qutayba ibn Muslimning musulmon qoʻshinidan magʻlubiyatga uchraydi va halifalikka itoat etgan holda islom dinining jugʻrofiy-siyosiy makonida qudratli savdo-hunarmandchilik markazi boʻlib qoladi.



Yüklə 32,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin