Toxariston, Toʻxoriston - hozirgi Janubiy Oʻzbekiston, Janubiy Tojikiston, Shimoliy Afgʻonistonni oʻz ichiga olgan tarixiy viloyat.
Hozirgi Janubiy O‘zbekiston va Janubiy Tojikiston, Shimoliy Afg‘onistonni o‘z ichiga olgan bu tarixiy viloyat shimolda Hisor tog‘lari, janubda Hindikush, g‘arbda Murg‘ob va Xerirud vodiysi, sharqda Pomir bilan chegaralangan. Toxariston Balx, Qunduz, Termiz, Chag‘oniyon, Xuttal va boshqa 27 ta tog‘ va tog‘oldi viloyatlaridan iborat bo‘lgan. Toxariston poytaxti Balx shahri bo‘lgan.
Toxariston nomi qadimda Yunon-Baqtriya davlatini qulatgan chorvador qabila - yuechjilar nomidan olingan. Toxariston hukmdorlari dastlab “malikshoh”, keyinchalik “yabg‘u” nomi bilan atalgan.
Toxariston aholisi budda diniga e’tiqod qilgan. Toxariston 25 harfli yozuvigaega boTgan. U ko'ndalangiga chapdano'nggayozilgan. Aholisi ip va ipak matolardan klyingan. Tog'liklari esa po'stin va jun chakmon kiyishgan. Aholining asosly qismi o'troq dehqonchilik bilan shug'ullangan. Toxaristonda, ayniqsa, quroisozlikyuksalgan. Chokarlari kamon, gurzi, cho'qmor, xanjar, shamshlr va sovutlar bilan qurollanardi. Toxaristonda shishasozlik vato'qimachilik ham ancha rivoj topgandi. Toxariston ko‘p mamlakatlar bilan savdo aloqaiari olib borgan, o‘z chaqa tangalari ichki savdo muomalasida yurgan.
Toxariston aholisining asosiy qismi o‘troq dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Hunarmandchilikda qurolsozlik, shishasozlik, to‘qimachilik yuksalgan.
Toxariston Hindiston, Yaqin va Uzoq Sharq mamlakatlari bilan savdo-madaniy aloqalar o‘rnatgan, o‘z chaqa-tangalari ichki savdo muomalasida yurgan.
Shim.da Hisortogʻlari, Jan.da Hindukush, Gʻarbda Murgʻob va Herirud daryolari, Sharqda Pomir bilan chegaralangan. "T." nomi mil. av. 2-asrda YunonBaqtriya podsholigini tugatgan koʻchmanchi qabilalardan biri — toxarlar nomidan olingan. Fors va arab tarixchi, geograflari (9—13-asrlar) "T." atamasini 5-asrdan 13-asrgacha qoʻllagan. T. mil. 1—4-asrlarda Kushon podsholigi tarkibiga kirib, uning oʻzagini tashkil qilgan. Kushon podsholigi parchalangach, T. alohida mulklarga boʻlinib ketgan. 7-asr boshida Syuan Szanning soʻzlariga koʻra, T. 27 ta alohida mulk: Balx (Baqtriyaning sobiq poytaxti), Qunduz (Shim. Afgʻonistonda), Termiz, Chagʻoniyon, Xuttal va boshqalardan iborat boʻlgan. 5 —6 a.larda T. mulklari eftaliylarta, 7-asrda Turk xoqonligiga tobe bulgan. 618 y. turk xoqoni Tun yabgʻu (618 — 630) T.ni toʻngʻich oʻgʻli Tardushodga topshirgan. U yabgʻu unvoni bilan T.da hukmronlik qilgan turkiy sulola asoschisi boʻlgan. 8-asrning 1yarmida T.ni arablar zabt etgan. Keyinchalik u Tohiriylar, Safforiylar, Somoniylar, Gʻuriylar davlati tarkibiga kirgan. 13-asr boshida T. moʻgʻullar istilosi natijasida vayron qilingan. Oʻzbek va tojik arxeologlari, Fransiya, Italiya, Yaponiya va boshqa mamlakatlarning olimlari olib borgan tadqiqotlar T. Oʻrta Sharqning yirik iqtisodiy va madaniy markazi boʻlganligini koʻrsatdi. T. Oʻrta Osiyoning boshqa viloyatlari, Hindiston, Yaqin va Uzoq Sharq bilan savdomadaniy aloqalar oʻrnatgan. Kushonlar va ilk oʻrta asrlarda T. Markaziy Osiyoda buddaviylik, shuningdek, moniylikning rivojlanishi va tarqalishida muhim rol oʻynagan. 9—13-asrlarda T. islom madaniyati va ilmining markazlaridan biri boʻlgan. Turli manbalardagi Sug‘da, Sug’uda, Sug’diyona nomlarining kelib chiqishi va ularning ma’nosi hozircha noma’lum. «Avesto»ning Yasht kitobida tilga olingan «Sug’d makoni Gava» — Sug’diyonaning eng qadimgi viloyati bo’lishi mumkin. Ba’zi ma’lumotlarga ko'ra, Gava (Gau - «buqa», «poda»), Qashqadaryo vohasi bilan bog'lanadi. Bu atama mazkur viloyatning juda ko‘p geografik nomlarida takroran saqlangan (Gavdara, Gavxona, tog‘lar Gau, cho‘qqi Gau va boshqalar). Ehtimol, «Gava Sug‘da» atamasida «qudratli Sug‘d» tushunchasi o‘z aksini topgan. Qashqadaryoda qadimgi aholi dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullangan manzilgohlar va uy-qo‘rg‘onlaming qoldiqlari mil. avv. X-VIII asrlar bilan belgilanadi. Shular jumlasidan Sangirtepa, Yangitepa, Chiroqchitepa, Yerqo‘rg‘ondir. Mazkur davrga oid Yasht ma’lumotlari Gava Sug‘da haqida e’lon qiladi. Ilk yunon tarixchilari Sug‘diyonani Baqtriya yoki sak-massagetlarga nisbatan kamroq tilga olishan. Makedoniyalik Aleksandr yurishlaridan so‘ng Sug’diyona haqida tarixiy-geografik ma’lumotlar ancha to‘liq bo‘lib, kengayib boradi. Sug'diyona — Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida joylashib, ja nubi-sharqda Baqtriya va shimoli-g‘arbda Xorazm bilan chegaradosh bo'lgan.[5. B, 45] Qadimgi zamonlarda Sugcdiyona muhim savdo yo’llarining chorrahasida joylashgan. Sug‘diyona haqida «Avesto», Gerodot va ahamoniylar davri yozuvlari xabar qiladi. Sug’diyonaning markazi yunon tili shaklida Maroqanda shahri. (VIIVIII asrlarga oid sug‘d tili yozuvlarida Smarokansa – “uchrashuv, anjumanlar joyi” deb taijima qilinadi). Maroqanda - bu hozirgi Afrosiyob ko’hna shaxar xarobalaridir. Ahamoniylar davrida uning maydoni 219 gektardan iborat bo‘lib, shahar mudofaa devorlari bilan o'ralgan edi. Yunon tarixchilarining ma’lumotlariga ko‘ra, Maroqandaning mudofaa devori va ichki qal’asi bo'lgan. Sug’diyonaning boshqa shahar markaziari — Qarshi vohasida Yerqo’rg’on, Qashqadaryoning sharqiy qismidagi Uzunqir (maydoni 70 ga) va Samarqanddan 30 km shimolda joylashgan Ko‘ktepa (maydoni 100 ga) yodgorliklaridir. Bu yodgorliklarda o‘tkazilgan arxeologiya tadqiqotlar qadimgi Sug‘diyona aholisining xo‘jaligi va madaniyatini chuqurroq o‘rganish imkonini berdi. Topilgan arxeologik manbalar Sug‘diyona va Baqtriyaning binokorligi, moddiy madaniyatining birbiriga ancha o‘xshash va yaqin ekanligidan dalolat beradi. So‘nggi ahamoniylar davrida Baqtriya va Sug‘d bir ma’muriy o‘lka – satraplik tarkibida birlashgan. Ahamoniylat yozuvlari Sug‘diyonadan Persepol saroyiga lojuvard olib borilganligidan xabar beradi, ammo lojuvard konlari faqat Baqtriyaning Badaxshon tog'larida mavjudligi ma’lum. Sug‘diyona hududiga odamlar qadimgi tosh asridayoq kirib kelib, undan keyingi davrlarda tog‘, daryo vohalari bo‘ylab keng tarqala boshlashgan. Qulay tabiiy-geografik sharoitda ibtidoiy xo‘jaliklar va moddiy madaniyat rivojlangan. Tosh davrga oid Omonqo‘ton, Qo‘tirbuloq, Zirabuloq va Samarqand makonlari topib tekshirilgan. Mil. Avv. V-IV mingyilliklarga kelib Zarafshon quyi oqimida Chorvador qabilalarga mansub Samarqand yaqinidagi Mo'minObod, Zarafshon tog'lari yonbag‘ridagi Jom yodgorliklari topib tekshirildi. Mil.avv. VII asrga kelib, Sug’d ziroatchi aholi Sharqiy Qashqadaryo, Quyi Qashqadaryo, O'rta va Quyi Zarafshon vohalarida joylashgan. Sug‘diyona hududi Nurota va Hisor tizmalari hamda g‘arbda dashtlar bilan chegaralangan. o'troq viloyatlar markazlari Uzunqir, Yerqo‘rg‘on va Ko‘ktepa o‘rnida joylashgan. Mil. Avv. VII-VI asrlarda Sug‘d hududida davlatchilik tizimi rivojlangan.
Toxariston yabgʻulari “yabgʻu” unvoniga ega boʻlgan gʻarbiy turkiy-eftaliy hukmdorlar sulolasi boʻlib, ular 625-758 yillarda Toxaristonda va 758 yilgacha Badaxshonning ayrim mulklarida hukmronlik qilganlar. 569-570 yillarda turklar Sosoniylar saltanatiga qarshi hujum uyushtirdilar va Amudaryoning janubidagi eftaliy knyazliklarini bosib oldilar. Sosoniylar saltanatining vassali boʻlgan eftaliylar bekliklari turkiylar hukmronligini qabul qilib, Gʻarbiy Turk xoqoniga vassalga aylanadilar.
625-yilda Tun Yabgʻu xoqon Toxaristonga bostirib kirib, Eftalit knyazliklarini boʻysunishga majbur qiladi. U Hind daryosiga yetib bordi va barcha mahalliy knyazliklarni oʻz nazoratiga oldi, eftaliylar hukmdorlarini turklar bilan almashtirdi . Bu knyazliklar: Zabuliston , Kapisa-Gandxara, Xuttal , Chagʻanyan , Shignan, Shuman, Bodgʻis, Vaxon, Gʻuzgan, Bomiyon, Kobodiyon va Badaxshon. Xuttal va Kapisa-Gandxara hududlari gʻarbiy turklar tomonidan vassal sifatida bosib olingan.
Tun yabgʻu xoqon oʻz oʻgʻli Tardu shadni poytaxti Qunduz shahridan Amudaryoning janubida joylashgan Turk saltanatini nazorat qilish uchun Toxaristonning birinchi yabgʻu etib tayinladi . Tardu shod Qunduzda Toxaristonning Yabg‘u unvoni bilan hukmronlik qilgan. Tardu Shad 630 yilda o'ldirilgan. Uning oʻgʻli Ishbara yabgʻu Toxaristonning yabgʻu lavozimini egalladi. U Kuhiston, Hirot va Shuburgʻonda tanga zarb qilgan birinchi toxaristonlik yabgʻu edi. 652-653 yillarda n. e. Abdulloh ibn Amir boshchiligidagi arablar butun Toxaristonni bosib olib, Balx shahrini egalladilar. Gʻarbiy Turk xoqonligining oʻzi 657 yilda Tan sulolasi tomonidan vayron qilingan.
Toxaristondagi yabgʻu hokimiyati 8-asr oʻrtalarida arablar tomonidan yoʻq qilingan.
Xulosa o’rnida shuni aytish kerakki, So’g’diyona va Baqtriya qadimdan eng rivojlangan davlartalardan biri bo’lgan. Ayniqsa, yuqorida sanab o’tilgan hunarmandchilik, kulolchilik, qurilish sohalarida ham o’z davrining eng yetakchi davlatlaridan sanalgan. Bundan tashqari, hozirgi davrda ham bu ikki buyuk davlatlarni o’rganish nihoyasiga yetganicha yo’q. Bu o’rganishlar natijasida ham hozirgacha topilmagan ma’lumotlar ilmfan sohasiga yana bir yangilik bo’ladi v bu bilan vatanimiz tarixini yanada chuqurroq o’rganishimiz uchun imkon yaratiladi.