21-noyabrida Samarqanddan jo‘natib yuboriladi. Kla
vixo
Ispaniyaga 1406-yilning mart oyida qaytib boradi. Klavixoning
safar taassurotlari “Buyuk Temur tarixi”, “Temur qarorgohi” va “Samarqandga sayohat kundaligi” nomlari ostida ispan
tilida bir necha bor nashr qilinadi.
Tashqi savdo. Amir Temur o‘z davlati poytaxti Samarqand atrofida qad ko‘targan bir qancha yangi qishloqlarni Sharqning
mashhur shaharlari Dimishq (Damashq), Misr (Qohira),
Bag‘dod, Sultoniya va Sheroz nomlari bilan atadi. Chunki
Samar qand kattaligi, go‘zalligi hamda tevarak-atrofining obod
etilganligi jihatidan dunyodagi eng yirik shaharlardan ham
ustunroq turmog‘i lozim edi.
Tashqi savdoda ham Samarqand katta o‘rin tutgan. Samar-
qandga turli mamlakatlardan, xususan, Xurosondan ma’danlar,
Hind va Sinddan yoqut, olmos, Xitoydan atlas, choy, mushk
va boshqa mollar, o‘zga mamlakatlardan oltin va kumush olib
kelinardi. Klavixo Xitoy poytaxti Xonbaliqdan 800 tuyalik
savdo karvoni kelganini o‘z kundaligida qayd etgan. Bu davrda
Amir Temur va uning mahalliy noiblari Xitoy va Hindistondan
O‘rta Osiyo orqali Yaqin Sharq va Yevropa mamlakatlariga
boradigan xalqaro savdo yo‘li – Buyuk Ipak yo‘lida savdo
karvonlari qatnovi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha muhim
chora-tadbirlar ko‘rganlar. Sharq bilan G‘arb o‘rtasida sav-
do-sotiq va elchilik aloqalari kengaydi. Bu esa Amir Temur
davlatining tashqi iqti
sodiy va elchilik aloqalarining bar-
qarorligiga olib keldi.
127
1. Ayting-chi, Amir Temur davlati bilan qaysi davlatlar iqtisodiy,
siyosiy va madaniy aloqalar o‘rnatdilar?
2. Amir Temur tashqi siyosatda o‘z oldiga qanday vazifalarni
qo‘ygan?