O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asrgacha)



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/154
tarix15.11.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#69337
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   154
O\'zbekiston tarixi 7-sinf

Savdo aloqalari. 
XV asrda temuriylar uzoq va yaqin 
qator qo‘shni mamlakatlar: Xitoy, Hindiston, Tibet, eron, 
Rus, Volga bo‘yi va Sibir bilan muntazam savdo-sotiq qilardi. 
Chet davlatlar bilan o‘zaro savdo-sotiqni kengaytirishda 
temuriylarning qo‘shni mamlakatlar bilan olib borgan elchilik 
aloqalari katta rol o‘ynaydi. Ulug‘bek va Shohrux Xitoy 
bilan muntazam ravishda elchilar almashib turishgan. Ular 
zamonida Tibet va Hindiston bilan ham yaxshi qo‘shnichilik 
munosabatlari o‘rnatiladi. 
Pul muomalasi.
 
Iqtisodiy taraqqiyot ma’lum darajada o‘sha 
davrda o‘tkazilgan pul islohoti bilan ham bog‘liq edi. Ma’-
lumki, Ulug‘bek 1428-yilda muomaladagi fulusiy pullar islo-
hotini amalga oshirdi. Ulug‘bek yengil vaznda zarb etilgan va 
muomalada yurgan chaqa pullar bilan ayirboshlashni man etdi. 
eski chaqalarni yangisiga almashtirib, ichki savdoning fulusiy 
pullarga bo‘lgan talabini qondirish uchun bir vaqtning o‘zida u 
Buxoro, Samarqand, Qarshi, Termiz, Toshkent, Shohruxiya va 
Andijon shaharlarida zarbxonalar tashkil etib, bir xil vazndagi 
salmoqdor fuluslar zarb ettiradi va muomalaga chiqaradi. Xalq 
o‘rtasida “fulusi adliya”, ya’ni “adolatli chaqa” nomi bilan 
shuh rat topgan Ulug‘bekning bu yangi fuluslari ichki chakana 
savdo uchun keng yo‘l ochadi.
Shu bilan birga Ulug‘bek tashqi savdodan davlat xazinasiga 
tushadigan daromadni ko‘paytirish maqsadida tamg‘a solig‘ini 
birmuncha oshirdi.
* Tamg‘a – savdo boji, savdogarlardan olinadigan soliq
* Fulus – misdan yasalgan mayda chaqa pul


143
Shunday qilib, Ulug‘bek zamonida mamlakatda ichki va 
tashqi savdoning kengayishi hunarmandchilik mahsulotlarining 
hajmini oshirib, kasb-hunar tarmoqlarining rivojida asosiy 
omillardan biriga aylandi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin