O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asrgacha)



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/154
tarix15.11.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#69337
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   154
O\'zbekiston tarixi 7-sinf

Soliq turlari.
 
Sug‘orma dehqonchilik yerlaridan olinadigan 
asosiy soliq “xiroj” deb atalgan. Xiroj mahsulot yoki 
pul bilan to‘langan. U hosilga va yerning unumdorligiga 
qarab belgilangan. Chunonchi, daryo va buloq suvlari bilan 
sug‘oriladigan obikor yerlardan xiroj hosilning uchdan bir 
qismi (33%) miqdorida olingan. Lalmikor yerlardan hosilning 
oltidan bir, ya’ni 16,5% dan to sakkizdan bir, ya’ni 12,5% 
miqdorida soliq undirilgan.
Mulk yerlarining bir qismidan “ushr”, ya’ni hosilning 
o‘ndan bir qismi (10%) miqdorida soliq olingan. Bunday 
yerlar odatda zamonasining ilm-fani, ma’rifati va ma’naviy 
hayotida muhim nufuzga ega bo‘lgan ulamolar va mashoyixlar 
tasarrufida bo‘lgan. Chorva mollaridan qirqdan bir, ya’ni 2,5% 
miqdorida zakot olingan.
Asosiy soliqlardan tashqari mahalliy aholi begor ishlarida 
ham qatnashganlar. Begorda qatnashgan har bir kishi ishlash 
uchun kerakli asbob-uskuna va yetarli yemaklarni o‘zi bilan 
olib kelishi lozim bo‘lgan.
* Begor – mahalliy aholiga yuklatilgan saroy, 
jamoat binolari, mudofaa va sug‘orish inshootlarini 
hamda yo‘l qurilish ishlarida ommaviy ishlab 
berish majburiyati, an’anaviy ommaviy hashar


145
1. Temuriylar davrida hunarmandchilikning qanday turlari rivoj-
landi?
2. Yog‘ochsozlik, qog‘oz ishlab chiqarishning rivojlan ganligiga 
misollar keltiring.
3. Savdo aloqalari qanday yo‘lga qo‘yilgan edi?
4. Ulug‘bekning pul islohoti va uning natijalari haqida nimalarni 
bilib oldingiz?
5. Temuriylar davrida dehqonchilik qay tariqa rivojlangan edi?
6. Temuriylar davrida yer egaligining qanday turlari bo‘lgan?
7. Temuriylar davrida qanday soliq turlari bo‘lgan?

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin