davlati inqirozi. O‘zaro elchilik aloqalari. Mo‘g‘ul
urug‘ va qabilalari qud
ratli davlatga
birlashuvi va jipslashuvi Temuchin (1155–1227) nomi bilan bog‘liq.
1206- yil da Onon daryosi bo‘yida cha-
qi ril gan mo‘g‘ul urug‘ va qabila bosh-
liqlarining qurultoyida Temuchin ulug‘
xon (qoon) deb e’lon qilinadi, unga
“Chingiz” laqabi beriladi hamda Mo‘-
g‘ullar davlatiga asos solinadi.
Chingizxon olib borgan urushlar
na
ti
jasida Gobi sahrosining sharqiy
che ga rasidan to Tangritog‘ (Tyanshan) tiz ma sining g‘ar biy
etaklarigacha bo‘lgan vi
loyatlar Mo‘g‘ullar davlati hukm-
ronligi ostida birlashtirilgan edi. endilikda Mo‘
g‘ul
lar dav-
latining g‘ar
biy hududlari Sul ton Muhammad Xorazmshoh salta natining chegarasiga bevosita tutashib ketgandi.
Chingizxon va Xorazmshoh o‘rtasida bir-birining kuch-
qud
ratini bilib olishga va bu haqda ma’lumotlar to‘plashga
harakat qilinadi. Ikki o‘rtada hatto elchilik aloqalari o‘rnatiladi.
Dastavval, 1216-yilda Chingizxon huzuriga Xorazmshoh
Bahouddin Roziy boshchiligida o‘z el
chi
larini yuboradi.
elchi larni Chin giz xon iltifot bilan qabul qiladi. Hatto elchi-
lardan u Sulton Muhammadni G‘arb ning sohibqironi (G‘arb
mamlakatlari yerlarining sultoni), o‘zini esa Sharqning podshosi
deb hisoblashini Xorazmshohga yetkazishlarini so‘raydi.
Chingizxon qimmatbaho sovg‘alar va mollar ortilgan katta
karvon bilan o‘z el
chilarini Xorazmga yuboradi. elchi
lar
ga
xorazmlik savdogar Mahmud Yalavoch boshliq qilib tayin-
lanadi. Chingizxon elchilarini Sulton Muhammad 1218-yilning