1230-yil avgustda Ko‘niya, Jazira, Damashq va Misrning
birlashgan qo‘shinidan Jaloliddin Manguberdi kuchlari Arzin-
jon yaqinidagi jangda mag‘lubiyatga uch
radi. Jaloliddin Man gu berdining kuchsizlanganidan foy dalangan mo‘ g‘ul lar
katta qo‘shin bi
lan 1231-yil da Ozarbayjonga bostirib kirib,
Jalo liddin Mangu berdini ta’qib etishadi. Mo‘g‘ullar uning
qarorgohiga uyush
tirgan tungi hujum natijasida Jalo liddin Manguberdining oz son li qo‘ shi nini tor-mor keltiradilar, Jalo- lid din Manguberdini o‘zi esa ta’qibdan qutu
lib Kurdiston
tog‘lariga chiqib keta
di. Bu yerda qaroqchi kurdlar qo‘li
ga
asir tushib, fojiali halok bo‘lgan.
Atigi o‘ttiz uch yil umr ko‘rgan, ammo nomi ellarda mash-
hur bo‘lgan, Chingizxonni lol qoldirgan, o‘z yurtini beadad sev-
gan oxirgi Xorazmshoh Sul ton Jaloliddin Manguberdi yo rug‘
dunyo
dan ko‘z yumdi. Uning nomi asrlar davomida avlod
lar
uchun jaso rat va mardlik, vatanparvarlik ramzi bo‘lib keldi.
Sulton Jaloliddinning hayotligi dav
rida mo‘g‘ullar O‘rta
Sharqni bosib ololmadilar. Bu voqea ancha keyin – 1256- yili ro‘y berdi. Jaloliddin Man gu berdi o‘n bir yil davomida
mo‘g‘ullarni nafaqat O‘rta Sharq qa, balki Sharqiy Yev ropaga
ham qo‘ymadi.
1. Jaloliddin Manguberdi Shimoliy Hindiston hududini qay ta-
riqa egallaydi?
2. Ayting-chi, nega Jaloliddin Manguberdi Hindistondan ketishga
qaror qiladi?
3. Nega Bag‘dod xalifasi mo‘g‘ullarga qarshi kurashishdan ko‘ra
Jaloliddin Manguberdiga qarshi kurashishga intildi?
78
4. Ozarbayjon va Gurjistonga qarshi harbiy yurishlarning sabab-
lari nimalardan iborat edi?