Jaloliddin Manguberdi haqida Shihobiddin Muhammad an-Nasaviy o‘zining asarida shunday yozadi: “Jaloliddin qo ra chadan kelgan, o‘rta bo‘yli, turkiy qiyofalik va turkiyda gapiradigan odam edi, shu bilan birga forsiyda ham so‘zlasha olardi. U mard, jasur bo‘lib, sherlar orasida eng zo‘r sher edi, qo‘rqmas chavandoz, lashkarlar ora sida eng botir edi. U yuvosh, mu loyim odam edi, jahldor emasdi, haqoratomuz so‘zlarni aytmasdi. U nihoyatda jiddiy edi, kulmasdi, faqat jilmayib qo‘yardi, kam gapirardi. U haqgo‘ylikni, adolatni ulug‘lardi”.
Muhim manbalardan yana biri mash hur tarixnavis Ibn al- Asirning “
al-Komilfit-tarix” (“Tarix haqida mukammal ki tob)”
asaridir. “
Al-Komilfit-tarix” Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari
tari
xi
ning islom tarqalishidan to 1231-yilgacha bo‘l
gan davr
haqida ma’lumot beruvchi eng qim matli manbalardan biri sana-
ladi. Muallif Jaloliddinning faoliyatiga keng o‘rin ajratadi va
ko‘pincha o‘zining muhim va aniq ma’lumotlari bilan boshqa
manbalarni sezilarli darajada to‘ldiradi.
Jaloliddin Manguberdi haqida muarrix va yirik davlat arbo-
bi Alouddin Atomalik Juvayniy tomonidan yozilgan “Tarixi ja hon kusho” (“Jahon fotihi tarixi”) asari muhim manbalardan
biri sifatida e’tirof etilgan. Bundan tashqari, Mirxond “Ravzat
us-safo”, Mirzo Ulug‘bekning “Tarixi arba’ ulus” (To‘rt ulus
tarixi) asarlarida Jaloliddin Manguberdi haqida ma’lumotlar
yozib qoldirilgan. U haqdagi ma’lumotlar, shuningdek, xi
toy,
mo‘ g‘ul, arman va boshqa tillardagi manbalarda ham uch raydi.
Mashhur shoir va adib Maqsud Shayxzoda1944-yilda
“Ja lo lid din Manguberdi” tarixiy dramasini yozgan. Adib asa-
rida o‘z yurtining ozodligi va mustaqilligi uchun mo‘g‘ul
isti
lochilariga qarshi kurashgan so‘nggi Xorazm shohining
jangovar jasoratini tarixan aniq va haqqoniy tasvirlagan. Biroq
sobiq sho‘rolar davrida Jaloliddin Manguberdining sarkardalik
faoliyati va uning Vatan ozodligi uchun olib borgan kurashi
haqida bir yoqlama yoki umuman fikr bildirilmasdi.