Microsoft Word G`azna maruza


 Xo`jalik shartnomalari va ularning xususiyatlari



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/42
tarix17.11.2022
ölçüsü0,89 Mb.
#69528
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   42
6.1. Xo`jalik shartnomalari va ularning xususiyatlari 
Iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari hamda ijtimoiy soha 
muassasa va tashkilotlari o`rtasidagi, ularning uzluksiz 
faoliyatini ta'minlash uchun zarur boigan tovarlar, ishlar va 
xizmatlarni yetkazib berish bilan bogiiq munosabatlar muayyan 
shartnomaviy-huquqiy munosa-batlar asosida tashkil etiladi. 
Bunday munosabatlarga kirishgan taraf-lar o`rtasida tovarlar 
(ishlar, xizmatlar) yetkazib berish xojalik shartnomasi asosida 
amalga oshiriladi. 
Xo`jalik shartnomasi deb taraflardan biri shartlashilgan 
muddatda tadbirkorlik faoliyati sohasida tovarlar yetkazib 
berish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko`rsatish majburiyatini 
oladigan, ikkinchi taraf esa tovarlarni, ishlarni, xizmatlarni qabul 
qilib olish va ularning haqini to`lash majburiyatini oladigan 
kelishuvga aytiladi. 
Xo
`
jalik shartnomalarini tuzish va bajarish jarayoni bir qator 
qonun 
hujjatlari 
bilan 
tartibga 
solinadi. 
O`zbekistoRespublikasining 
Fuqarolik 
Kodeksi, 
"Xo`jalik 
yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi 
to
`
g`risida"gi 0
`
zbekiston Respublikasi Qonuni (670-son, 
29.08.1998.) shular jumlasidandir. 
Fuqarolik Kodeksining 353-moddasiga muvofiq, 

Ikki yoki 
bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga 


keltirish, o
`
zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi 
shartnoma deyiladi". Shuningdek, Fuqarolik Kodeksi bilan 
fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkin 
ekanliklari, shartnoraa bo`yicha taraf o
`
z burchlarini bajarganligi 
uchun haq olishi yoki unga boshqa muqobil to`lov to`lanishi 
lozim boisa, bunday shartnoma haq evaziga tuzilgan shartnoma 
ekanligi, shartnoma bo`yicha bir taraf ikkinchi tarafga undan 
haq yoki boshqa muqobil to`lov olmasdan biron narsani berish 
majburiyatini olsa, bunday shartnoma tekinga tuzilgan 
shartnoma hisoblanishi, agar qonun hujjatlaridan, shartnomaning 
mazmuni yoki mohiyatidan boshqacha hol anglashilmasa, 
shartnoma haq evaziga tuzilgan shartnoma hisoblanishi kabilar 
belgilab qo`yilgan. 
Demak, shartnomaviy munosabatlarga kirishayotgan taraflar 
hech kimning tazyiqisiz, mustaqil va erkin ravishda, o`zaro 
manfaatdorlik 
asosida 
shartnoma 
tuzishlari, 
shartnoma 
shartlarida belgilangan talablarni so`zsiz bajarishlari, shartnoma 
shartlari buzilgan hollarda esa taraflar kontragent oldidagi o`z 
majburiyatlarini bajarishda mulkiy javobgar ekanliklari qonun 
bilan mustahkamlab qo`yilgan. 
Xo`jalik shartnomasi, qoida tariqasida taraflardan birining 
oferta (shartnoma tuzish haqida taklif) yo`llashi va ikkinchi taraf 
uni akseptlashi (taklifni qabul qilishi) yoii bilan tuziladi. Agar 
taraflar o`rtasida shartnomaning barcha muhim shartlari 
bo`yicha kelishuvga erishilgan boisa, xo`jalik shartnomasi 
tuzilgan deb hisoblanadi. 
Xo
4
jalik shartnomalari ularni 
imzolashga 
tayyorlash 
jarayonida xo`jalik yurituvchi subyektlarning yuridik xizmati 
yoki jalb etilgan advokatlar tomonidan qonun hujjatlariga 
muvofiqligi yuzasidan tekshirib ko`rilishi kerak. Shartnomalarni 
ularning imzolarisiz tuzishga yoi qo`yilmaydi. 
Qonun hujjatlanda belgilangan eng kam ish haqi 
miqdonning ikki yuz baravaridan ortiq summadagi xo`jalik 
shartnomalari xo`jalik yurituvchi subyektlar yuridik xizmatining 


85 
yoki jalb etilgan advokatlarning yozma xulosasidan keyingina 
tuziladi. 
Xulosada, qoida tariqasida, quyidagilar ko
`
rsatiladi: 
- xo`jalik shartnomasida ko`rsatilgan munosabatlar qaysi 
qonun hujjatlari bilan tartibga solinishi; 
- xo`jalik shartnomasi shartlarining qonun hujjatlari 
talablariga mos kelish-kelmasligi; 
- taraflarning javobgarligj me'yori va nizolarni hal etish 
tartibi qonun hujjatlari talablariga mos kelish-kelmasligi. 
Xo`jalikshartnomasi shartnoma shartlariga hamda qonun 
hujjatlarining talablariga muvofiq ravishda, bunday shartlar va 
talablar bo`lmagan hollarda esa ish muomalasi odatlariga 
muvofiq bajarilishi lozim. 
Tovarlarni 
yetkazib 
berish 
muddatlari 
kechiktirib 
yubonlgan, toiiq yetkazib berilmagan, ishlar bajarilmagan yoki 
xizmatlar ko`rsatilmagan hollarda, tovar yetkazib beruvchi 
(pudratchi) sotib oluvchiga (buyurtmachiga) kechiktirilgan har 
bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi 
miqdorida penya to`laydi, biroq bunda penyaning umumiy 
summasi yetkazib berilmagan tovarlar, bajarilmagan ishlar yoki 
ko`rsatilmagan xizmatlar bahosining 50 foizidan oshib 
ketmasligi lozim. Penyani to`lash shartnoma majburiyatlarini 
buzgan tarafni tovarlarni 
yetkazib 
berish 
muddatlarini 
kechiktirib yuborish, to`liq yetkazib bermaslik, ishlarni 
bajarmaslik yoki xizmatlarni ko`rsatmaslik oqibatida yetkazilgan 
zararni qoplashdan ozod etmaydi. 
Tashkilot tomonidan tuzilgan hamda uning bunday tashkilot 
o`z faoliyati xususiyatiga ko`ra o`ziga murojaat qiladigan har bir 
shaxsga nisbatan amalga oshirishi shart bo`lgan tovarlar sotish, 
ishlar bajarish yoki xizmatlar ko`rsatish sohasidagi vazifalarini 
(chakana savdo, umumiy foydalanishdagi transportda yoiovchi 
tashish, aloqa xizmati, energiya bilan ta^minlash, tibbiy xizmat, 
mehmonxona xizmati va sh.k.) belgilab qo`yadigan shartnoma 
ommaviy shartnoma deyiladi. Bunday tashkilot ommaviy 


shartnoma tuzishda bir shaxsni boshqa shaxsga nisbatan afzal 
ko`rishga haqli emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar 
bundan mustasno. 
Tovarlar, ishlar va xizmatlarning bahosi, shuningdek, 
ommaviy shartnoraaning boshqa shartlari harama iste'molchilar 
uchun 
bir 
xil 
qilib 
belgilanadi, 
qonun 
hujjatlarida 
iste'molchilarning ayrim toifalari uchun imtiyozlar berilishiga 
yoi qo`yiladigan hollar bundan mustasno. 
Tashkilotning iste'molchiga tegishli tovarlarni berish, 
xizmatlar ko`rsatish, uning uchun tegishli ishlarni bajarish 
imkoniyati boia turib ommaviy shartnoma tuzishdan bosh 
tortishiga yoi qo`yilmaydi. 
Qonunda nazarda tutilgan hollarda O`zbekistoRespublikasi 
Hukumati ornmaviy shartnomalarni tuzish va bajarishda taraflar 
uchun majburiy boigan qoidalar (namunaviy shartnomalar, 
qoidalar va h.k) chiqarishi mumkin. 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin