Microsoft Word G`azna maruza


 G`aznachilikda yuridik majburiyatlarni ro`yhatga



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/42
tarix17.11.2022
ölçüsü0,89 Mb.
#69528
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   42
6.3. G`aznachilikda yuridik majburiyatlarni ro`yhatga 
olish tartibi 
Budjet tashkilotlari va budjet mablag`lari oluvchilar 
tomonidan yuridik majburiyatlarni qabid qilish, ularni 
g`aznachilikda ro`yhatdan o`tkazish hamda hisobga olish ishlari 
O`zbekistoRespublikasi Budjet Kodeksi bilan, shuningdek, 
O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2007-raqam bilan 
ro`yhatdan o`tkazilgan "Davlat budjeti g’azna ijrosi qoidalari"
1
(16.09.2009.) bilan tartibga solinadi va amalga oshiriladi. 
Budjet Kodeksida: "Yuridik majburiyatlar - budjet 
tashkilotlarida va budjet mablag`lari oluvchilarda tuzilgan 
shartnomalar, shuningdek, tegishli davlat hokimiyati va 
boshqaruvi organlarining qarorlari asosida yuzaga keladigan 
majburiyatlar" deb belgilab qo`yilgan. 
Yuridik majburiyatlar budjet tasnifming turi boigan iqtisodiy 
tasnif kodlari bo`yicha budjetdan ajratiladigan mablag`lar 
doirasida budjet tashkilotlari va budjet mablag`lari oluvchilar 
tomonidan qabul qilinadi hamda g`aznachilikbo`linmalari 
tomonidan ro`yhatdan oikaziladi. 


Budjet tashkiloti kontragentdan tovarlar sotib olish (ishlar 
bajarish, xizmatlar ko`rsatish) to’g’risida ofertani (taklifi) qabul 
qilganidan so`ng, shartnomani akseptlaydi (imzolaydi) va 
g`aznachilikka ro`yhatdan o`tkazish uchun taqdim etadi. Yuridik 
majburiyat vujudga kelishi uchun bu shartnomaning Budjet 
tashkilotlari va budjet mablag`lari oluvchilarning budjetdan 
ajratiiadigan 
mablag`lar 
bo`yicha 
tovarlarni 
(ishlarni, 
xizmatlarni) yetkazib beruvchilar bilan tuzgan shartnomalari
shuning-dek, ularga kiritilgan o`zgartirish va qo`shimchaiar, ular 
g`aznachilik bo`linmalarda ro`yhatdan o`tkazilganidan keyin 
kuchga kiradi. Yuridik majburiyatning g`aznachilikva uning 
hududiy bo`linma-larida majburiy tarzda ro`yhatga olinishidan 
maqsad - shartnomalarning to`g`ri tuzilganligi, ularning 
tasdiqlangan smetalar doirasida tuzilganligi, narxlar to`g`ri 
belgilanganligini nazorat qilishdan iborat. Bu faoliyatning to`g`ri 
amalga oshirilishi g`aznachilik faoliyatining samaradorligini 
ko`rsatadi, budjet mablag`larining maqsadli sarflanishini 
ta`minlaydi, budjetdan mablag` oluvchilar va ularga mol 
yetkazib 
beruvchilarning 
shartnomaviy-huquqiy 
munosabatlarining to`g`ri yoiga qo`yilishini talab etadi. 
Vazirliklar, davlat qo`mitalari va idoralari o`zlari uchun belgi-
6.3-rasm. Budjetdan mablag` oluvchilar shartnomalarini ro
(
yxatdan o`kazish tartibi



91 
langan budjetdan tashqari jamg`armalari mablag`lari hisobidan 
ham tovar (ish, xizmat) yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar 
tuzadi. Budjet Kodeksida belgilanishicha, budjetdan tashqari 
jamg`armalar mablag`lari hisobidan ijro etilishi lozim bo`lgan 
yuridik majburiyatlar g’aznachilik bo`linmalari tomonidan 
vazirlik va idoralarning daromadlar va xarajatlar smetalarida 
nazarda tutilgan mablag`lar doirasida hisobga olish uchun qabul 
qilinadi. "Davlat budjeti g’azna ijrosi qoidalari”ga muvofiq, 
budjet tizimining tegishli bo`g`inidan (respublika budjeti, 
viloyat, tuman va shahar budjetlaridan) mablag` oluvchilarning 
budjet hisobidan mah-sulot yetkazib beruvchilar bilan tuzgan 
shartnomalari, shuningdek kapital qurilish buyurtmachilarining 
shartnomalari g`aznachilik bo`linmalarida majburiy tartibda 
ro`yhatga olinadi. Budjet tashkilotlari va budjetdan mablag` 
oluvchilar tomonidan qabul qilmadigan yuridik majburiyatlar 
hajmi ular xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan, ajratilgan 
budjet mablag`lari bilan, kapital qo`yilmalar xarajatlari bo`yicha 
esa - har bir obyekt bo`yicha o`rnatilgan tartibda tasdiqlangan 
kapital qo`yilmalar bilan chegaralanadi. Budjetdan mablag` 
oluvchilar mahsulot yetkazib beruvchilar bilan vaqtinchalik 
smetada nazarda tutilgan summalardan oshmagan summalarga 
shartnomalar tuzadi. Budjetdan mablag`" oluvchilarning asosiy 
smetasi ro`yhatga olingandan so`ng, oldingi qabul qilingan 
yuridik majburiyatlar summasini hisobga olgan holda, oldingi 
shartnomalarga qo`shimcha kelishuvlar tuzilishi mumkin. 
Smetaning I va II guruh xarajatlari bo`yicha yuridik 
majburiyatlar ish haqi va unga tenglashtirilgan xarajatlarni 
to`lash uchun naqd pul olishga so`rovnomalar asosida ro`yhatga 
olinadi. Budjetdan mablag` oluvchilarning budjet mablag`lari 
hisobidan shartnomalari faqat xarajatlarni qoplashga manbaning 
mavjudligi to’g’risidagi tasdiqnoma va ushbu maqsadlarga 
ajratilgan budjet mablag`lari (limitlari) mavjud boigan xarid 
hajmigagina tuzilishi mumkin. Budjetdan mablag` oluvchilar 
bilan mahsulot yetkazib beruvchilar (pudratchilar) o`rtasidagi 


shartnomalarning amal qilish muddati tegishli moliya yilining 31 
-dekabridan kechikmagan muddatga tuzilishi lozim, bajarish 
muddati bir necha yilni tashkil qilishi mumkin boigan (kapital 
qo`yilmalarning bir necha yilga moijallanganligini tasdiqlovchi 
manzilli ro`yhatlar asosida) kapital qo`yilmalar (kapital qurilish, 
rekonstruksiya) bo`yicha shartnomalar bundan mustasno. 
Manzilli ro`yhatlar asosida bir necha yil davom etadigan kapital 
qo`yilmalar 
bo`yicha 
yuridik 
majburiyatlar 
g’aznachilik 
bo`linmalari tomonidan qurilish pudratchi tashkilotiga to`lab 
berilishi nazarda tutilgan mablag` 1arning joriy moliya yili 
uchun to`g`ri keladigan qismi doirasida, tasdiqlangan manzilli 
ro`yhat asosida "G
6
aznachilik" dasturiy majmuida hisobga 
olinadi. Shartnomaning qolgan summasi, ulami tegishli 
obyektlar va yillar bo`yicha manzilli va titul ro`yhatlarda aks 
ettinlishi sharti bilan keyingi yillarning yuridik majburiyatlarida 
hisobga 
olinadi. 
Tovar(ish, 
xizmat)lar 
uchun 
to`lovlar 
mablag`larning bir nechta manbai hisobidan amalga oshirilishi 
nazarda tutilgan hollarda, shartnomalarda ushbu manbalar 
bo`yicha rekvizitlar va har bir manba hisobidan to`lanishi lozim 
bo`lgan sumraalar majburiy tartibda alohida ko`rsatiladi. 
Budjetdan mablag` oluvchilar tovar-moddiy boyliklarni sotib 
olishda mahsulot yetkazib beruvchilardan tegishli faoliyat turi 
uchun litsenziya(ruxsatnoma)sinmg notarial tasdiqlangan
nusxasini va tegishli organlarda davlat ro`yhatiga olinganligi 
to’g’risidagi 
hujjatlarni 
so`rab 
oladi. 
Ushbu 
hujjatlar 
g`aznachilik bo`linmalariga ro`yhatga olish uchun taqdim 
etiladigan shartnomalar bilan birga taqdim qilinadi. Taqdim 
etilgan shartnomalarda yoki ularga ilovalarda tovar(ish, 
xizmat)lar miqdori, narxi va umumiy summasi ko`rsatilgan 
tafsilotli ro`yhati aks ettirilishi lozim. Budjetdan mablag' 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin