Budjet tashkiloti kontragentdan tovarlar sotib olish (ishlar
bajarish, xizmatlar ko`rsatish) to’g’risida ofertani (taklifi) qabul
qilganidan so`ng, shartnomani akseptlaydi (imzolaydi) va
g`aznachilikka ro`yhatdan o`tkazish uchun taqdim etadi. Yuridik
majburiyat vujudga kelishi uchun bu shartnomaning Budjet
tashkilotlari va budjet mablag`lari oluvchilarning budjetdan
ajratiiadigan
mablag`lar
bo`yicha
tovarlarni
(ishlarni,
xizmatlarni) yetkazib beruvchilar
bilan tuzgan shartnomalari,
shuning-dek, ularga kiritilgan o`zgartirish va qo`shimchaiar, ular
g`aznachilik bo`linmalarda ro`yhatdan o`tkazilganidan keyin
kuchga kiradi. Yuridik majburiyatning g`aznachilikva uning
hududiy bo`linma-larida majburiy tarzda ro`yhatga olinishidan
maqsad - shartnomalarning to`g`ri tuzilganligi, ularning
tasdiqlangan smetalar doirasida tuzilganligi, narxlar to`g`ri
belgilanganligini nazorat qilishdan iborat. Bu faoliyatning to`g`ri
amalga oshirilishi g`aznachilik faoliyatining
samaradorligini
ko`rsatadi, budjet mablag`larining maqsadli sarflanishini
ta`minlaydi, budjetdan mablag` oluvchilar va ularga mol
yetkazib
beruvchilarning
shartnomaviy-huquqiy
munosabatlarining to`g`ri yoiga qo`yilishini talab etadi.
Vazirliklar, davlat qo`mitalari va idoralari o`zlari uchun belgi-
6.3-rasm. Budjetdan mablag` oluvchilar shartnomalarini ro
(
yxatdan o`kazish tartibi
3
91
langan budjetdan tashqari jamg`armalari mablag`lari hisobidan
ham tovar (ish, xizmat) yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar
tuzadi. Budjet Kodeksida belgilanishicha, budjetdan tashqari
jamg`armalar mablag`lari hisobidan ijro etilishi lozim bo`lgan
yuridik majburiyatlar g’aznachilik bo`linmalari
tomonidan
vazirlik va idoralarning daromadlar va xarajatlar smetalarida
nazarda tutilgan mablag`lar doirasida hisobga olish uchun qabul
qilinadi. "Davlat budjeti g’azna ijrosi qoidalari”ga muvofiq,
budjet tizimining tegishli bo`g`inidan (respublika budjeti,
viloyat, tuman va shahar budjetlaridan) mablag` oluvchilarning
budjet hisobidan mah-sulot yetkazib beruvchilar bilan tuzgan
shartnomalari, shuningdek kapital qurilish buyurtmachilarining
shartnomalari g`aznachilik bo`linmalarida majburiy tartibda
ro`yhatga olinadi. Budjet tashkilotlari va budjetdan mablag`
oluvchilar tomonidan qabul qilmadigan yuridik majburiyatlar
hajmi ular xarajatlar
smetalarida nazarda tutilgan, ajratilgan
budjet mablag`lari bilan, kapital qo`yilmalar xarajatlari bo`yicha
esa - har bir obyekt bo`yicha o`rnatilgan tartibda tasdiqlangan
kapital qo`yilmalar bilan chegaralanadi. Budjetdan mablag`
oluvchilar mahsulot yetkazib beruvchilar bilan vaqtinchalik
smetada nazarda tutilgan summalardan oshmagan summalarga
shartnomalar tuzadi. Budjetdan mablag`" oluvchilarning asosiy
smetasi ro`yhatga olingandan so`ng, oldingi qabul qilingan
yuridik majburiyatlar
summasini hisobga olgan holda, oldingi
shartnomalarga qo`shimcha kelishuvlar tuzilishi mumkin.
Smetaning I va II guruh xarajatlari bo`yicha yuridik
majburiyatlar ish haqi va unga tenglashtirilgan xarajatlarni
to`lash uchun naqd pul olishga so`rovnomalar asosida ro`yhatga
olinadi. Budjetdan mablag` oluvchilarning budjet mablag`lari
hisobidan shartnomalari faqat xarajatlarni qoplashga manbaning
mavjudligi to’g’risidagi tasdiqnoma va ushbu maqsadlarga
ajratilgan budjet mablag`lari (limitlari) mavjud boigan xarid
hajmigagina tuzilishi mumkin. Budjetdan mablag` oluvchilar
bilan mahsulot yetkazib beruvchilar (pudratchilar) o`rtasidagi
shartnomalarning amal qilish muddati tegishli moliya yilining 31
-dekabridan kechikmagan
muddatga tuzilishi lozim, bajarish
muddati bir necha yilni tashkil qilishi mumkin boigan (kapital
qo`yilmalarning bir necha yilga moijallanganligini tasdiqlovchi
manzilli ro`yhatlar asosida) kapital qo`yilmalar (kapital qurilish,
rekonstruksiya) bo`yicha shartnomalar bundan mustasno.
Manzilli ro`yhatlar asosida bir necha yil davom etadigan kapital
qo`yilmalar
bo`yicha
yuridik
majburiyatlar
g’aznachilik
bo`linmalari tomonidan qurilish pudratchi tashkilotiga to`lab
berilishi nazarda tutilgan mablag` 1arning joriy moliya yili
uchun to`g`ri keladigan qismi doirasida, tasdiqlangan manzilli
ro`yhat asosida "G
6
aznachilik" dasturiy majmuida hisobga
olinadi.
Shartnomaning qolgan summasi, ulami tegishli
obyektlar va yillar bo`yicha manzilli va titul ro`yhatlarda aks
ettinlishi sharti bilan keyingi yillarning yuridik majburiyatlarida
hisobga
olinadi.
Tovar(ish,
xizmat)lar
uchun
to`lovlar
mablag`larning bir nechta manbai hisobidan amalga oshirilishi
nazarda tutilgan hollarda, shartnomalarda ushbu manbalar
bo`yicha rekvizitlar va har bir manba hisobidan to`lanishi lozim
bo`lgan sumraalar majburiy tartibda alohida ko`rsatiladi.
Budjetdan mablag` oluvchilar tovar-moddiy boyliklarni sotib
olishda mahsulot yetkazib beruvchilardan tegishli faoliyat turi
uchun litsenziya(ruxsatnoma)sinmg
notarial tasdiqlangan
nusxasini va tegishli organlarda davlat ro`yhatiga olinganligi
to’g’risidagi
hujjatlarni
so`rab
oladi.
Ushbu
hujjatlar
g`aznachilik bo`linmalariga ro`yhatga olish uchun taqdim
etiladigan shartnomalar bilan birga taqdim qilinadi. Taqdim
etilgan shartnomalarda yoki ularga ilovalarda tovar(ish,
xizmat)lar miqdori, narxi va umumiy summasi ko`rsatilgan
tafsilotli ro`yhati aks ettirilishi lozim.
Budjetdan mablag'
Dostları ilə paylaş: