O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Pirimqul Qodirov “Avlodlar dovoni”romanida qaysi voqealarni



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   187
437. Pirimqul Qodirov “Avlodlar dovoni”romanida qaysi voqealarni 
tasvirlagan? 
Yozuvchi boburiylar avlodi tarixini bu romanida davom ettirdi. Buyuk Bobur 
ning nabirasi Akbarshohning Hindistonda bobosi tuzgan davlatni mustahkam lash 
va rivojlantirish yo’lida olib brogan sa’y-harakatlari va adolatli kurashlari keng 
miqyosda qiziqarli tarzda tasvirlab berilgan. 
438. Pirimqul Qodirovning “Ona lochin vidosi” nomli romani qanday mavzu 
haqida? 
Yozuvchining “Ona lochin vidosi” (yoki “Gavharshodbegim”) nomli romanida 
tarixga yangicha nazar bilan qaralib, ajdodlar hayoti va ruhiyati badiiy tadqiq 
etilgan. Sho’rolar davrida hayot qarama-qarshilik va ziddiyatlar asosidagina 
taraqqiy etadi, degan tasavvurga tayangan markscha falsafa tufayli, har bir tarixiy 


shaxs qaysidir boshqa shaxsga qarshi qo’yilib tasvirlanish an’anasi shakllangan 
edi. Shunga ko’ra Navoiy Boyqaroga, Ulug’bek Xo’ja Ahrorga, hatto onasi 
Gavharshodbegimga qarshi qo’yilar edi. P. Qodirov tarixiy manbalar bergan 
guvohliklarga, eng muhimi, yozuvchining uchqur xayolotiga tayangan holda sulton 
Ulug’bek Mirzo va uning onasi Gavharshodbegim o’rtasidagi munosabatlar 
tamomila o’zgacha asoslarga qurilganligini ko’rsatib bergan.
439. Pirimqul Qodirovning qanday sahna asarlarini bilasiz? 
Pirimqul Qodirov dramaturg sifatida “Insof” pyesasi va “Sening izlaring” 
nomli kinosenariylarini ham yozgan. Ular o’z vaqtida sahnalashtirilib, respublika 
teatrlarida ko’p marta namoyish etilganini ham yaxshi bilamiz.
Mavzu: Erkin VOHIDOV 
 
440. O’zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning adabiyot maydoniga kirib 
kelishi qaytarzda bo’ldi? 
Erkin Vohidov ma’rifatli, ziyoli xonadonda tug’ilgan. Onasi Roziyaxon, otasi 
Cho’yanboy Vohidov qishloq o’qituvchilari va faollaridan bo’lishgan. Ularning 
umri qisqa ekan, juda erta olamdan o’tishgan. Shuning uchun Erkin Vohidovga 
nisbatan ikki qisqa umrning yolg’iz yodgori iborasi ishlatiladi. 
 Ota-ona vafotidan so’ng Toshkentga – tog’asinikiga ketadi, tog’asi qo’lida 
tarbiyalanadi. She’r yozishga yoshligidan qiziqdi, shoir G’ayratiy bosh bo’lgan 
adabiy to’garakka qatnay boshladi. Bu to’garak bo’lajak shoir uchun badiiy ijod 
bobida ilk saboq dargohi xizmatini o’tadi. So’ng ToshDU (hozirgi O’zMU) 
filologiya fakultetida ta’lim oldi (1955-1960). Shu vaqtlarda yosh iste’dod 
tarbiyasiga e’tibor kuchaygan bir davr edi. Erkin Vohidov shoir Mirtemir bosh 
bo’lgan ijodiy seminarga qatnay boshladi. Bu voqealarni shoir shunday eslaydi: 
Mening she’riyatga oshno bo’lishimda G’ayratiy to’garagi, Mirtemir seminari, 
dorilfunundagi ijodiy muhit katta ta’sir qilgan”. 
 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin