ishlaydi. 1919-yilning iyunida Abdulla Avloniy RSFSR hukumatining topshirig’i
bilan Afg’onistonga boradi. 1919-yilning 28-sentabridan 1920-yilning
20-iyuligacha Hirotda (Afg’oniston) bosh konsul bo’lib turadi.
33. Olti qismdan iborat “ Adabiyot yoxud Milliy she’rlar” to’plami kimniki?
Avloniyning 1917-yilga qadar yozgan she’rlari “Adabiyot yoxud milliy
she’rlar” nomli olti qismdan iborat to’plamlaridan o’rin olgan. Bu to’plamlar
1909-1917-yillarda alohida kitobchalar shaklida bosilgan. Abdulla Avloniy
she’rlarida davrning muhim ijtimoiy masalalarini ko’targan, xalq ommasi o’rtasida
tarqalgan giyohvandlik, qimorbozlik kabi illatlarni fosh etib, uni jaholat botqog’i-
dan olib chiqish va ma’rifat chamanlaridan bahramand etishni orzu qilgan.
34. Quyidagi misralar kimning qaysi she’ridan olingan?
Umrini sarf etmish ota –bobolar,
Chekmishlar ilm uchun jabru jafolar,
Bizlar ham bo’lmayluk baxti qarolar,
Bitsun, yo’q o’lsun bu kayfu safolar.
Ey millat, uxlama, ilm olur chog’i,
Har millat ilm oldi-yondi chirog’i.
Yuqoridagi misralar Abdulla Avloniyning “Maishatimizdan bir manzara “
nomli she’ridan olingan. Shoir xalq ommasini ilmga da’vat etibgina qolmay, ota-
bobolarimizning o’tmishda fan va madaniyat ravnaqiga katta hissa qo’shib, maktab
va madrasalar bunyod qilganlari, ilmiy, badiiy va didaktik adabiyot yaratganlariga
ham jamiyat e’tiborini qaratishni lozim deb topdi.
Dostları ilə paylaş: