O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Hamza ijodining bosh yo’nalishini tashkil etuvchi g’oyalar qaysilar?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   187
41. Hamza ijodining bosh yo’nalishini tashkil etuvchi g’oyalar qaysilar? 
Mehnatkash ommani bilim olishga, ma’rifatga chaqirish, milliy uyg’onishga 
da’vat, ma’rifatparvarlik, taraqqiyparvarlik, millatparvarlik, yurtsevarlik g’oyalari 
Hamza ijodining bosh yo’nalishini tashkil etadi. 
Hamza o’z davrining jarchisi sifatida “Yig’la, Turkiston”, “Yaxshi holin 
yo’qotgan oqibatsiz Turkiston”, “Dardiga darmon istamas” kabi she’rlarida chor 
mustamlakachilari va mahalliy zolimlar zulmi ostida ezilib, qoloqlikka va 
jaholatga mahkum etilgan Turkiston o’lkasini uyg’onishga, ma’rifatga, 
taraqqiyotga chaqiradi. “Uxlama ko’p, o’zbek eli, asri taraqqiy vaqtida”, “Uyg’on 
Turkiston, uyg’onish vaqti keldi”,- deb xitob qiladi: 
Turg’il, darddan jismingni sog’la, Turkiston, 
 
Donish o’tiga bag’ring dog’la, Turkiston. 
 
Belga himmat kamarin bog’la, Turkiston, 
 
Ma’rifatga yetmoqni chog’la, Turkiston. 
 
42Hamza asarlarida milliy uyg’onish mavzusi qaytarzda ko’rsatilgan? 
Hamza asarlarida milliy uyg’onish mavzusi “o’lkani uyg’otish”, “xalqning 
ko’zini ochish” g’oyalari xalqlar do’stligi tamoyillariga zid ravishda 
ifodalanmaydi. Hamza xalqlar va millatlar do’stligi tamoyillariga sodiq qolgan 
holda chor Rossiyasining mustamlakachilik siyosatiga salbiy munosabatda 
bo’lgan. Hamzaning 1915-1916-yillarda nashr etilgan “Oq gul, “Qizil gul”, “Sariq 
gul”, “Yashil gul”, “Pushti gul”,”Safsar gul” nomli she’riy to’plamlarida, “Ilm 
hidoyati”, “Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari “ kabi pyesalari va “Yangi 
saodat” nasriy asarida mustamlakachilik siyosatiga qarshi ma’rifatparvarlik, 
xalqparvarlik g’oyalari yorqin ko’rinib turadi. 


43. Hamzaning dramaturglik sohasidagi yutuqlari nimalardan iborat? 
Hamza dramaturgiya sohasida ham samarali ijod qildi va o’zbek 
dramaturgiyasiga asos soluvchilardan biri sifatida tanildi. “Zaharli hayot yoxud 
ishq qurbonlari”, “Boy ila xizmatchi”, “Maysaraning ishi”, “Paranji sirlaridan bir 
lavha yoki yallachilar ishi”, “Jahon sarmoyasining so’nggi kunlari”, “Tuhmatchilar 
jazosi”, “Kim to’g’ri”, “Farg’ona fojiasi”, “Loshmon fojiasi”, “Saylov oldidan”, 
“Mulla Normuhammad domlaning kufr xatosi”, “Burungi saylovlar” kabi qirqqa 
yaqin katta-kichik sahna asarlari muallifidir. Bu asarlarda o’sha davr uchun muhim 
bo’lgan xarakterli voqealar qalamga olingan. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin