O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 90 – yillarda Abdulla Oripovning qaysi to’plamlari e’lon qilindi?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə171/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   187
467. 90 – yillarda Abdulla Oripovning qaysi to’plamlari e’lon qilindi? 
 
90-yillarda Abdulla Oripovning “Sen bahorni sog’inmadingmi”, “Qush tili” 
(1991), “Munojot. Saylanma”, “Haj daftari” (1992), “Hikmat sadolari” (1993), 
”Dunyo” (1995), “Ibodat”, “Saylanma”, “Sohibqiron” (1996), “Savob” (1997), 
“Bedorlik” (1999) kabi o’ndan ortiq she’riy to’plamlari e’lon qilindi.  
Bu davrga kelib shoir ijodida falsafiy ohanglar kuchaydi. 90-yillar avvalida 
vujudga kelgan imkoniyatlar, mustaqillik, dindagi hurfikrlilikning qaytishi shoir 
ilhom buloqlarining ko’zini ochdi.
468. Abdulla Oripovning “Sohibqiron” she’riy dramasida qanday mavzu 
qalamga olingan? 
Abdulla Oripovning “Sohibqiron” she’riy dramasida sho’rolar hokimiyati dav-
rida qatag’on etilgan shavkatli Temur obrazi katta iftixor bilan qalamga olingan. 
Asarda bobomiz Amir Temur obrazi yaratilib, uning mamlakat va xalq tarixida 
tutgan o’rni badiiy ravishda ko’rsatib berilgan.Dostonda asosiy e’tibor bosh qahra- 
monning hayot va inson haqidagi o’y-xayollari, fikr-mushohadalari, g’azabu mehri 
aks ettirilgan.
Abdulla Oripov asarda Amir Temur obrazini ideallashtirmagan. Uning podshoh 
sifatidagi xato ishlarini, dunyoqarashidagi ziddiyatlarni, qismatidagi fojiali jihatlar- 
ni ham ochiq ko’rsatgan. Amir Temur asar oxirida umr bo’yi qilgan savobu gunoh-
larini kuyinib eslaydi va sarhisob etadi: 
Tinsiz jangu jadal bilan o’tdi hayotim, 
 
 
 
Balki qancha umrlarga zomin bo’lganman. 
 
 
 
Oxiratda etagimdan tutmasmi ular?   
469. Abdulla Oripovning “Sohibqiron” she’riy dramasida Turkistonning
qaysi mashhur va aziz avliyosi obrazi yaratilgan? 
 
“Sohibqiron” she’riy dramasida Turkistonning mashhur va aziz avliyosi va 
shoiri Ahmad Yassaviy obrazi ham yaratilgan. Ahmad Yassaviy buyuk mutafakkir 
sifatida cheksiz ixlos va hurmat bilan tasvirlangan. Amir Temur Xitoyga yurish 
qilishdan oldin Turkistonga borib alloma maqbarasini ziyorat qiladi, ulug’ avliyo- 
dan oq fotiha olmoqchi bo’ladi. Asarda bu voqea g’oyat ta’sirli va dramatizmga 
boy qilib aks ettirilgan. Dramaturg bu sahnada qabrda yotgan Yassaviy hazratlari 
ruhini jonlantirib, uni Amir Temur bilan muloqot qildiradi. Muloqotda Ahmad 
Yassaviy sohibqiron savollariga javoban: 
Niyat qancha jozibali bo’lsa ham, Temur, 
 
 
 
Qilich bilan murod hosil bo’lmog’i gumon, –  
deydi. 



Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin