Taniqli adib O’tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasi kitobxonlar
qalbidan chuqur joy olgan asardir. Unda asar voqealari muallif nutqi bilan emas,
balki personaj nutqi, ya’ni hikoyachi qahramon tilidan hikoya qilinadi.
“Dunyoning ishlari” bir qarashda avtobiografik qissaga o’xshaydi. Unda muallif
o’z onasi to’g’risida, urush yillarida kechgan bolaligi to’g’risida so’z yuritadi.
Lekin yozuvchining asosiy niyati o’zi uchun eng aziz siymo – Onaning portretini
chizish, uning hayot yo’lini bayon etish, sha’niga maqtovlar aytib, xotirasini
abadiylashtirish va shu yo’l bilan farzandlik burchini o’tashdangina iborat emas.
Unda onaga bag’ishlangan ko’pgina asarlardan farq qilmaydigan oddiy asar bo’lib
qolardi. Zero, unda ona degan buyuk zotga xos barcha sifatlar mujassam.
474. O’tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasidagi qaysi hikoyada
Dostları ilə paylaş: