“tongda qaltirab o’ynashgan yaproqlar”ni – g’ofil, chorasiz avlodni tinglashga,
idrok etishga undaydi.
87. Cho’lponning qanday tarjima asarlarini bilasiz ?
Shekspirning “Hamlet”, Karlo Gotsining “Malikayi Turandot”,
Pushkinning 25 she’ri va “Boris Godunov” va “ Dubrovskiy”, Gogolning
“Tergovchi”, Gorkiyning “Ona “ romanini, “Yegor Bulichov”, Andreyevning
“Osilgan yetti kishining hikoyasi” ni hamda Lоhutiyning “Yevropa safari” kabi
asarlarni o’zbek tiliga tarjima qilib, zamonaviy o’zbek tarjima maktabiga asos
soldi.
88. Cho’lponning qanday sahna asarlarini bilasiz?
Cho’lpon teatrchilik bilan ham shug’ullandi. Buxoro va Moskvada lik
chog’ida bir qator dramalar yozdi. “Boy”, “Xalil farang”, “ Yorqinoy”,”Cho’pon
sevgisi”, “Cho’rining isyoni”, “Zamona xotini ”( yoki ”Mushtumzo’r”) , “O’rtoq
Qarshiboyev”,”Hujum” (V.Yan bilan hamkorlikda )
kabi sahna asarlari yozgani
haqida mutaxassislar ma’lumotlar beradilar. Afsuski, ularning ko’pi bizga yetib
kelmagan. Bu pyesalar orasida eng mukammali “Yorqinoy” (1920) dramasidir. Bu
yirik sahna asari folklor materiallari asosida yaratilgan. Bu ertak-pyesa 1921-yilda
Mannon Uyg’ur truppasi tomonidan sahnaga qoyilgan.
89. “ – Aylanay, mehmon, kimdan xafa bo’lib tushdingiz? Kim ozor berdi
sizga? Ayting. Qovog’ingizni ochsangiz-chi! Yorug’ dunyoga keldingiz!
Dostları ilə paylaş: