Baxtiyor Nazarov, Naim Karimov
28
, Salohiddin Mamajonov
29
, Sherali Turdiyev,
Dilmurod Quronov
30
kabi munaqqidlarning turli maqola va risolalarida
Cho’lponning she’riy va nasriy asarlari hozirgi kun talablari darajasida tahlil
etilgan.
Ozod Sharafiddinov “Cho’lponni anglash” risolasida shoir ijodi haqida
shunday xulosaga kelgan: “
Cho’ponni anglash – so’z san’atining botiniy
qonuniyatlarini teran anglash, ularning shoir ijodida qanday zohir topishini
anglashdir. Cho’lponni anglash-uning buyuk umumbashariy g’oyalarini, yuksak
insoniy tuyg’ularini yurakka singdirib olishdir. Cho’lponni anglash-Vatanni,
ko’hna Turkistonimizni Cho’lpon ko’zi bilan ko’rib, Cho’lpon yuragi bilan seva
bilmoqdir...”
31
.
85. Cho’lponning birinchi nasriy asari qachon va qaysi gazetada chop
etilgan?
Cho’lponning birinchi nasriy asari (she’r va maqolalari ham shu yildan chiqa
boshlagan) “Sadoyi Turkiston”ning 1914-yil 29-aprel sonida
chop etilgan
“Qurboni jaholat” hikoyasidir. Dastlabki asarlari “Abdulhamid Sulaymon”,
“Abdulhamid Sulaymoniy” imzolari bilan bosildi. So’ngroq “Qalandar”, “Q.”,
“Mirzaqalandar”, “Andijonlik” nihoyat, “Cho’lpon” taxalluslari bilan chiqdi.
Adabiyotimiz tarixiga “Cho’lpon” nomi bilan kirgan.
86. Cho’lponning shoirlik faoliyati haqida nimalar bilasiz?
Cho’lpon adabiyotning juda ko’p tur va janrlarida samarali ijod qilgan
bo’lsa-da, shoir sifatida ko’proq shuhrat topdi. U XX asr o’zbek adabiyotining
zabardast vakili, yangi o’zbek she’riyatining boniysidir. Cho’lpon chaqmoqdek
she’rlari bilan 20-yillar o’zbek she’riyatining yulduziga aylandi.
Shoirning
“Uyg’onish” (1922), “Buloqlar”(1924), “Tong sirlari”(1926), “Soz” (1935)
to’plamlari o’zaro raqqoslansa, Cho’lpon she’riyatidagi g’oyaviy-badiiy fazilatlar,
ijodiy kamolot yo’lidagi izlanishlar, turfalik va ziddiyat ochiq ko’rinadi. Shoir
so’nggi she’riy kitobiga quyidagi serma’no satrlarni epigraf qilib keltirgan edi:
Bir esib o’tdilar “Uyg’onish” yellari,
Bir qaynab toshdilar ko’zyoshi – “Buloqlar”.
Ey, tongda qaltirab o’ynashgan yaproqlar,
Tek turing, yoyilsin endi “Tong sirlari”.
Haqiqatan ham, 20-yillarning jang-u jadallar millatni uyg’otdi. Sevinch va
alam yoshlari to’kildi. “Buloqlar” o’sha ko’z yoshlaridir. Hammasi o’tdi. Endi
o’tganni anglamoq va anglatmoq zamonidir. “Sirlar”ni ochmoq zamonidir. Shoir
28
Dostları ilə paylaş: