120. G’afur G’ulom she’rlaridagi sifatlashlarni kim “ideallashtiruvchi
sifatlashlar” deb baho bergan?
G’afur G’ulom she’rlari badiiy tasvir vositalariga boyligi bilan ham kishiga
xush yoqadi, xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi. Ayniqsa, shoir sifatlashlari, rus
she’rshunos olimi va tanqidchisi B. Tomashevskiy iborasi bilan aytganda, “
ideal
lashtiruvchi sifatlash”lardir. Chunki ular shoirning voqelikni yuqori pardada – lirik
usulda tasvirlashiga mos keladi.”Ulug’ tempalar”, “bo’ron armiyamiz”, “vulqonli
sevgi”). Shoirning sifatlashlari qorong’i tunda narsalarni kunduzgidek ko’rsatuvchi
chaqmoqqa o’xshaydi…
121. “G’oliblar bayrami” she’ri kimniki?
G’afur G’ulom
urush yillarida xalqimizni, jangchilarimizni g’alabaga
chorlovchi ko’plab she’rlar yozgan. Bular qatoriga “Bizning ko’chada ham
bayram bo’lajak”, “G’oliblar”, “G’oliblar bayrami”, “G’oliblar sharafiga”, “Chin
arafa” kabi she’rlarini ko’rsatishimiz mumkin. Shoirning “G’oliblar bayrami”
she’ri 1945-yil 8-mayda yozilgan bo’lib, vatandoshlarimizning g’alabasi
ulug’langan:
G’alaba bayraming muborak bo’lg’ay,
To’rt yil urush qilgan vatandosh o’rtoq.
Ko’ngillar agarchi loladek xandon,
Musibat tamg’asi qalb ustiga dog’.
Sevimli shoirimiz g’alaba qozongan xalqimizni buyuk kashfiyotlar va
mo’jizalar ko’rsatishiga chin dildan ishonadi va deydi:
Asrlar taqdiri qo’limizdadir,
Vatan qayta boshdan bo’ladi obod.
Otashlar ichida yengib chiqolgan
Xalqim mo’jizalar qilolgay ijod.
Dostları ilə paylaş: