O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


Н.Kaримов, С. Maмaжoнoв, Б. Нaзaрoв, У. Нoрматов, O. Шaрaфиддинов



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   187
Н.Kaримов, С. Maмaжoнoв, Б. Нaзaрoв, У. Нoрматов, O. Шaрaфиддинов. XX aср ўзбек адабиёти 
тарихи. Университетлар вa пeдaгoгика институтлари бакалавр ихтисосини олувчилар учун дарслик. 
Toшкeнт “Ўқитувчи”1999. Saydulla Mirzayev. XX asr o’zbek adabiyoti. Darslik. Toshkent “Yangi asr avlodi” 
2005. Sanjar Sodiq. Yangi o’zbek adabiyoti tarixi. Darslik. Toshkent “Universitet”, 2005. 
7
Adabiyot. Majmua. Akademik litseylarning uchinchi bosqich o’quvchilari uchun. Tuzuvchilar: Boqijon To’xliyev, 
Tohir Shermurodov, Shoira Isayeva. Toshkent, 2007. 


Mavzu: KIRISH. XX ASR O’ZBEK ADABIYOTI TARAQQIYOTINING
ASOSIY BOSQICHLARI
1. XX asr o’zbek adabiyotini yaxlit holda qanday atash mumkin?
XX asr o’zbek adabiyoti yaxlit holda har jihatdan yangi o’zbek adabiyoti deb 
atalishga loyiqdir. Atoqli munaqqid Ozod Sharafiddinov: “XX asrda bizda 
jahonning har qanday yuksak talablariga javob bera oladigan yuksak adabiyot 
yaratildi, deb baralla aytishimiz mumkin. Hikoyachilik, romannavislikda ham, 
she’riyatda ham, dramaturgiyada ham buning isbotini o’nlab uchratish mumkin
8

- deb yozgan edi. Bu adabiyotning rivojiga xos bosh xususiyat tinimsiz yangilanib 
borishi va shu yo’ldagi qiyinchiliklar, kurashlar, bahs-munozaralar, kashfiyot va 
yo’qotishlar tarixidan iborat. Yangi o’zbek adabiyotining tug’ilishi, shakllanishi, 
rivoji bir asr davomida uch xil ijtimoiy tuzum – rus chorizmi istibdodi, sho’ro 
hokimiyati va istiqlol davrida xilma-xil siyosiy, mafkuraviy oqimlar – jadidchilik, 
bolshevizm va milliy istiqlol mafkurasi ta’sirida taraqqiy etdi. 
2. Yangi o’zbek adabiyoti rivojiga xos muhim xususiyatlar qaysilar? 
Yangi o’zbek adabiyoti mamlakat, xalq hayoti, davrning ijtimoiy-siyosiy 
voqealari bilan mustahkam aloqadorlikda tug’ildi, shakllandi, rivojlandi. Ko’p 
asrlik tariximizda so’z san’ati hech qachon yurt qayg’usi, xalq turmushi bilan bu 
qadar yaqin aloqada bo’lgan emas. Bu haqda professor Naim Karimov 
quyidagilarni yozgan edi: “XX asr – insoniyat tarixidagi eng ulug’ asrlardan biri. 
Bu asrda qanchalik ko’p qon to’kilgan, qanchalik nohaqliklar va adolatsizliklar 
ro’y bergan bo’lmasin, insoniyat xuddi shu asrda kelajak sari qadam tashladi... 
XX asr o’zbek adabiyoti xalq va jamiyat hayoti bilan mustahkam aloqa o’rnatdi. 
Bu adabiyot xalq va jamiyatni o’z ortidan yetaklab, ularni hurriyat va milliy 
taraqqiyot manzillariga olib borishga intildi va bu intilishda muayyan yutuqlarga 
erishdi
9
. Bu bosqich adabiyotining kuchli tomonlari ham, ojiz jihatlari ham shu 
xususiyatlar bilan izohlanadi. Xalq hayotiga, kundalik turmush hodisalariga 
yaqinlik, bir tomondan, asarlarning hayotiyligini, haqqoniyligini oshirgan, 
realizmning qaror topishini ta’min etishda muhim o’rin tutgan bo’lsa, ikkinchi 
tomondan, adabiyotning vazifasini soddalashtirish, Abdulla Qahhor so’zlari bilan 
aytganda, adabiyotning atomga teng qudratini o’tin yorishga sarflashdek hollar 
ham yuz berdi. Eng muhimi, XX asr o’zbek adabiyotida realizm uzil-kesil qaror 
topdi, bizda ham zamonaviy jahon realistik adabiyotining durdonalari bilan 
tenglasha oladigan hikoya, qissa, roman, drama va she’riy asarlar paydo bo’ldi. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin